Metallarning tabiatda uchrashi va olinish usullari. Fizik va kimyoviy xossalari



Yüklə 17,84 Kb.
tarix15.07.2023
ölçüsü17,84 Kb.
#119614

29-Mavzu: Metallarning tabiatda uchrashi va olinish usullari. Fizik va kimyoviy xossalari.

Metallarning tabiatda uchrashi. Metallardan “asl” metallar oltin, platina, kumush (ba’zan mis, qalay, simob) tabiatda erkin ya’ni tug’ma holda uchraydi.


Metallarning asosiy massasi Yer qobig’ida birikmalar holida uchraydi. Sof metallarni sanoat miqyosida hosil qilish uchun yarokli tabiiy xom ashyo metall rudalaridan foydalaniladi. Rudalar ko’pincha toza bo’lmaydi, ularga bekorchi. jinslar – qum, loy, ohaktosh va boshqalar aralashgan bo’ladi. Har qanaqa uda ishga tushirilishidan avval bekorchi jinslardan tozalanishi, boshqacha aytganda “boyitilishi” lozim. Ba’zan rudalarning boyitilgan shakli “konsentrat” deb ataladi. Rudalar turli usullar bilan, ko’pincha flotasion usulda boyitiladi.
Metall rudalarning birinchi turkumi oksid rudalardir. Bungatemir rudalaridan qizil temirtosh (Fe2Oz), qo’ng’ir temirtosh (Fe3O4),alyuminiy rudasi – boksit (A12O3·2H2O),marganes rudasi – pirolyuzit(MnO2), qalay rudasi (SnO2), vismut oxrasi (Bi2O3) va boshqalar.
Juda ko’p metallar tabiatda sulfidlar holida uchraydi. Bunday rudalar odatda Yer po’stlog’ining chuqurrok qismiga joylashgan bo’lib, ularga suv, CO2, havo kislorodi ta’sir etmagan (shuning uchun ular birlamchi tog’ jinslar deb yuritiladi). Misol uchun, mis kolchedani (Cu2S·Fe2S3), mis yaltirog’i (Cu2S), kinovar (HgS), qo’rg’oshin yaltirog’i (PbS), pyx aldamasi (ZnS ) va boshqalar. Ba’zan bir necha metallarning sulfidlari aralash holda uchrab, polimetall rudani tashkil etadi. O’rta Osiyo, Kavkaz va Uzoq Shimol rayonlarda polimetall rudalar uchraydi. Ba’zi bir metallar xloridlar, sulfat, karbonat va fosfatlar holida uchraydi. Masalan, karnalit (KC1·MgCl2·6H2O), silvinit (KCl·NaCl), toshtuz (NaCl), kainit
(MgSO4·KCl·3H2O), gips (CaSO4·2H2O)galmey (ZnCO3), oq qo’rg’oshin rudasi (PbSO3 ) va boshqalar.
Rudalardan metallar ajratib olishning bir necha usuli mavjud. Bu usullar qaytarilish, termik parchalanish va almashinish jarayonlariga asoslangan. Texnikada bu jarayonlar metallurgiyaning turli ko’rinishlari (pirometallurgiya, gidrometallurgiya, elektrometallurgiya) da amalga oshiriladi.
Metallar- (yun. metalleuo — qaziyman, yerdan qazib olaman) — oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. Metallar qattiq holatda kristall tuzilishda boʻladi. Bugʻ holatida esa bir atomlidir. Metallarning oksidlari suv bilan birikkanida koʻpincha gidroksidlar (asoslar) ga aylanadi. Metallar elektron tuzilishi tu-fayligina yuqorida aytib oʻtilgan oʻziga xos xususiyatlarga ega.
Metallar- (yun. metalleuo — qaziyman, yerdan qazib olaman) — oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. Metallar qattiq holatda kristall tuzilishda boʻladi. Bugʻ holatida esa bir atomlidir. Metallarning oksidlari suv bilan birikkanida koʻpincha gidroksidlar (asoslar) ga aylanadi. Metallar elektron tuzilishi tu-fayligina yuqorida aytib oʻtilgan oʻziga xos xususiyatlarga ega.
Metallar tabiatda keng tarqalgan moddalar bólib ularning kundalik hayotimizdagi ahamiyati ham juda katta va shuningdek ishlab chiqarish sohalarida ham metallarning kirib bormagan joyi yóq. Bunga asosiy sabab metallarning fizik va kimyoviy xossalari hisoblanadi bular metallarning qattiqligi, yuqori temperaturada suyuqlanishi, egiluvchanligi, issiqlikni va elektr tokini yaxshi ótkazishi va boshqalar.
Yüklə 17,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə