Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə1/5
tarix05.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#125687
  1   2   3   4   5
4-mavzu

  • OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI “MILLIY G’OYA VA MA’NAVIYAT ASOSLARI” KAFEDRASI
  • 4 – MA’RUZA MAVZUSI: QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASH VA SUD-HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH QILISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
  • TOSHKENT – 2020 YIL
  • REJA:
  • 1. Sud hokimiyatining chinakam mustakilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirishning mohiyati.
  • 2. Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ularning odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirishdagi o‘rni.
  • 3. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash.
  • 4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirishning ustuvor vazifalari
  • 1-reja: Sud hokimiyatining chinakam mustakilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirishning mohiyati.
  • Sudya lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini, ya’ni tuman va viloyat sudlari sudya lavozimlarini 65 yoshgacha, Konstitutsiyaviy va Oliy sud sudyalari lavozimlarini – 70 yoshgacha belgilash sudyalarning mustaqil-ligini kafolatlash bilan bir qatorda mamlakatimizda professional sudyalar korpusini shakllantirishga, sud tizimini yetuk, yuqori malakali, odil sudlov sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan, mustaqil fikrlaydigan, halol va benuqson obro‘-e’tiborli sudyalar bilan to‘ldirishga, ularning boy tajribalaridan keng foydalanishga hamda barqaror sudyalar maktabining yaratilishiga zamin yaratadi. Qolaversa, sud hokimiyatining boshqa hokimiyat organlari ta’siridan holi bo‘lishiga xizmat qiladi.
  • “Harakatlar strategiyasi”dagi sud hokimiyatining chinakam mustaqil-ligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi muhim tadbirlardan biri – sudyalar hamjamiyatining organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish, kengash tarkibining kamida yarmini sudyalar hisobidan shakllantirish va unga sud hokimiyatinng mustaqilligini ta’minlashga doir bir qator vakolatlar berilishi nazarda tutilganidir. “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunda ushbu tuzilmaning faoliyatiga oid masalalar to‘liq o‘z ifodasini topdi. Mazkur Kengash konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘ldi. Konstitutsiyaning 111-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi bo‘lib, u O‘zbekiston Respub-likasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashishi o‘z ifodasini topdi.
  • Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, jamiyatda sud organlarining nufuzini oshirish, sudyalarning chinakam mustaqilligini va faqat qonunlarga asoslanib ish yuritishini ta’minlash mamlakatimiz Konstitu-tsyaisi va shu asosda qabul qilinayotgan qonunlar muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishdagi muhim shartlardan biridir.
  • 2-reja: Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ularning odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirishdagi o‘rni.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son Farmonini ijrosi hamda Vazirlar Mahkamasining “S
    Yüklə 3,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə