Milliy xalq o‘yinlari asosida bolalarda odob-axloqni o‘rgatish



Yüklə 43,48 Kb.
səhifə1/4
tarix23.12.2023
ölçüsü43,48 Kb.
#154595
  1   2   3   4
Milliy xalq o`yinlari asosida bolalarda odob-axloqni tarbiyalash-fayllar.org


MILLIY XALQ O‘YINLARI ASOSIDA BOLALARDA ODOB-AXLOQNI O‘RGATISH
Reja:

  1. Allomalarimiz o’yinlar haqida.

  2. Ajdodlarimiz merosida axloq odob tarbiyasi masalalari.

  3. O’zbek xalq o’yinlari va ularning darsda qo’llanilishi.

  4. Milliy harakatli o`yinlar va ularning bola tarbiyasida tutgan o`rni.

  5. Milliy sport o`yinlari bebaho qadriyat.



1. O’zbek halq o’yinlarining tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi.
O’yinlar xalqning o’zi singari qadimiy va boy tarixga ega. Xalq o’yinlarining nomlanishi va ularning o’ynalishi tarkibi to’g’risida turkiy zabon olim Maxmud Qoshqariy o’zini “Devonu lug’otit turk” asarida qimmatli ma’lumotlar keltiradi.
Qashqariy keltirgan ma’lumotlar o’yinlarning tarixiy zaminiga va asosga ega ekanligini ko’rsatadi. Darhaqiqat o’yin nomlari va o’yinlarning uynalishi tarkibi avloddan-avlodga o’tib kelgan. SHunday savol tug’iladi qanday o’yinlari bo’lgan? O’zbek halqining shox asari hisoblangan.”Devonu lug’atit turk” da o’yinlar to’g’risida muhim ma’lumotlar keltiriladi. Afsuski, qadimiy o’yin nomlari tadbiq etilmagan, o’yinlarning uynalishi tartibi tiklanmagan.
Qashqariy lug’atida zikr etilgan o’yinlar nomini va uning tartibini tiklash va tadbiq etish katta ahamiyatga ega. Zero, o’yinlar xalq madaniyatining ajralmas bir bo’lagidir. “Devonu lug’atit turk” da anchagina o’yinlarning nomlari keltirilgan. Ayrim o’yinlarning uynalish tartibi batafsil keltirilgan. Hozirgi kunda bolalar sevib uynayotgan yong’oq, poylama singari o’yinlar.
X-XII asrlarda ham ommaviy bo’lgan. Bu hodisaning hozirgi nomi do’l “Devonu lug’atit turk” da yong’oq o’yini bilan bevosita bog’liq bo’lgan anchagina hodisalarining nomlari qayd etilgan.
“CHavgon” haqidagi ma’lumotlarni A.Navoiy, Bobur, va boshqa klassiklar asarlarida ham uchratish mumkin. Firdavsiyning “SHoxnomasi” da esa chavgon haqida voqea bayon qilinadi. M.Qashqariy o’yin nomini chavgon to’pini uradigan cho’p nomidan olinganligini ta’kidlaydi.
CHavgon cho’pi shu nom bilan atalgan bo’lib fors-tojikcha so’zdir.
Uning ma’nosi “uchi egri, uzun tayoq” degani.
Qashqariy lug’atidan o’rin olgan bolalarning sevimli o’yinlaridan biri “Ko’chirma o’yini” ya’ni o’n to’rt degan o’yindir. Erga qo’rg’onga o’xshatib to’rtta eshik qilinadi. SHu eshiklardan yumaloq tosh yoki yong’oq tashlab uynaladi. Bu o’yinning uynalishi tartibi hozirda bolalar o’ynaydigan mak-mak ko’chmak o’yinlariga o’xshab ketadi. O’tmishda kattalar va kichiklar sevib o’ynagan o’yinlardan biri koptok o’yini bo’lgan. Qashqariy lug’atida koptok nomi tabiq deb berilgan. Koptok o’yinini ko’proq turk qavliga mansub aholi o’ynagan
O’yin boshida kimki koptokni tayoq ayrisi bilan qattiq ursa o’yinni o’sha boshlagan. Qadimda rezina koptoklar bo’lmagan. Albatta ijodkor xalqimiz yung va ipak matodan chiroyli koptoklar (bo’lmagan, albatta ijodkor xalqimiz) uynashgan.
Sigir, tuya, ot junidan koptok yasash uchun eng yaxshi xom ashyo hisoblangan. Koptok bilan uynaladigan uyinlarning turi xam ko’p bo’lgan.
Mungiz-mungiz degan bolalar o’yini qo’yidagicha uynaladi. Bolalar birorta unga chuqur bo’lmagan chuqurga atrofida o’tirishadi.
Sonlari orasida ho’l qum olib tuldiriladilar. So’ng qumni qo’llari bilan uradilar. Ulardan biri (ona boshi) munguz-mungiz) deydi.Qolganlar na mungiz deydilar. Ona boshi birin-ketin shoxli hayvonlar nomini aytadi, bolalar takrorlaydilar.
Ona boshi shu nomlar orasiga tuya, ot va boshqa shoxi yo’q hayvonlar nomini aytib chalg’itadi. Bolalarning birortasi uning ketidan shoxsiz hayvon nomini aytib yuborsa, o’yin shartiga muvofiq uni chuqurga itarib yuborishadi.
Bobokalonlarimiz Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino asarlarida ham bolalar ijodkorligi folklar o’yinlariga ta’luqli ma’lumotlar juda ko’p uchraydi.
2. Biz ko’p yllik tarixga egamiz. Bu tarix o’zzbek xalqining ilm-fandagi g’oyalarinin pishiqligi, yaratiuvchanligi, qahramonlikka to’la hayoti va faoliyati bilan ko’plab boshqa halqlarga o’rnak bo’lib hisoblangan. O’z zamonida endi esa o’tmishda bobolarimiz yaratib ketgan manbalardan xam begonalasha boshladek.
Biz o’zga xalqlar tarixiy, madaniyatini va udumlarini o’rganib hurmatini joyiga qo’yib keldigu, o’zimizning tariximiz fani, madaniyati, urf-odatimizni o’rganmadek. Unga hurmatsizlik qildek.
Natijada bugungi kunga kelib tarbiyaviy ishlarga ko’plab kamchiliklarimiz ko’rinib qoldi.
Xalqimiz ko’psohalarda millatchilikda ayblanib urf-odati va an’analari ta’qiqlab kelindi. Masalan: o’zbek milliy o’yinlarining uynalishiga yo’l qo’yilmadi.
Ta’kidlaganimizdek, har bir halqning sevimli milliy o’yinlari bo’lgani kabi, o’zbek xalqining ham o’yinlari bo’lgan.
Ularning yaratilishi tarixi uzoqlarda borib taqaladi. O’zbek xalqi milliy o’yinlarining yaratilishi halqning yashashi, mehnati, o’z-o’zini himoya qilish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu o’yinlar inson tarbiyasiga, sog’ligiga ijobiy ta’sir etib kelgan. O’z zamonasiga kuch va qudrati bilan butun dunyoni qoyil qoldirgan buyuk sarkarda davlat arbobi Amir Temur “Tadbirkor, baquvvat, ishjoatli bir kishi ming kishidan afzal”- deb aytgan edi. Milliy o’yinlarimiz serharakatligi barcha organizm va muskullarni o’stiruvchanligi, chidamlilikka o’rgatuvchi, chiniqtiruvchi harakatlardan tashkil topganligi bilan boshqa xalqlar o’yinlaridan tubdan farq qiladi.
Halqimiz orasida har bir faslga mos o’yinlar mavjud bo’lib o’ynalib kelingan.
O’zbek milliy o’yinlari hatiyligi, har tomondan yaratilganligi uchun xam katta-yu kichik va hatto xotin-qizlartomonidan sevib uynalgan. Ota-bobolarimiz o’z farzandlarini qiyinchiliklar oldida dovdiramaslik, qurqmaslik ruxida tarbiyalab uni yechishga o’rgatganlar. Ko’p yillar davomida yiqqan malakalariga tayanib o’z farzandlariga badan tarbiya va aqliy o’yinlardan foydalanish yo’l yo’riqlarini ko’rsatganlar Og’ir mehnatdan keyin kishilar bir joyga to’planishib turli milliy o’yinlar bilan mashg’ul bo’lganlar, dam olganlar .
Bu o’yinlar ular kayfiyatlarini ko’targan, tetiklashtirib kuch to’plaganlar. Ayniqsa bahorgi va kuzgi fasllarga mos bo’lgan o’yinlarni butun-butun qishloqlar uynashib, o’zlarini shod etishga harakat qilganlar. Bu o’yinlar hosil bayramlarida. Sayl va to’ylarda tantanali ravishda o’tkazilgan. Eng kuchli qurqmas botir chaqqon ishtirokchilar taqdirlangan va sovrinlar olgan. Bu esa o’zbek badantarbiya o’yinlarining rivojlanishiga katta yo’l ochib bergan.
Prezidentimiz Sh. Mirziyayev yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berib, Shunday degan edi; “ yosh avlodni tarbiyalash biz uchun eng asosiy vazifadir” Shundan kelib chiqib, hozirgi vaqtda O’zbekiston pedagogik jamiyati tarbiyaning odatiy bo’lgan shakllari va usullarini izlab topish, o’sib borayotgan avlodda mustahkam umuminsoniy ishonch va qarashlarini shakillantirish; shaxsda milliy madaniyat va milliy qadriyatlarni hurmat qilish,avaylab asrash tuyg’ularini o’stirishga diqqatiniqarratmog’imiz lozim. Yuqoridagi fikirlarga asoslanib, o’sib borayotgan avlodning tarbiya tizimida halq pedagogikasi tajribalari, jumladan, milliy halq o’yinlari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblash mumkin.
Milliy harakatli o’yinlardan foydalanish jarayonida boshlang’ich maktab o’quvchilarining quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak:

  1. Bola odamlarning foliyati, ularning predmetlarga munosabati va
    o’zaro muomalasiga, munosabatiga qiziqadi.

  1. Bolalar xalq o’yinlarida atrofdagi voqe’likning eng tashqi ifodali
    jo’shqin his-tuyg’uli jihatlarini aks ettiradilar.

  1. Milliy o’yinlarda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o’z istagini amaliyotga tadbiq qiladi.

  2. Kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo’lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o’chmas iz qoldiradi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, milliy xalq o’yinlaridan foydalanishda, ularni qo’llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab etadigan mayda harakatlarga qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil bo’ladilar. Buni bolalar yosh davrlarini ishlab chiqqan buyuk pedagog YA.N.Komenskiy ham o’z vaqtida ta’kidlagan edi. Umuman bu yoshda bolalar juda ham harakatchanligi bilan ajralib turadi. Harakatchanlik esa maxsus, oqilona tashkil etilishni, harakatga soluvchi yurish-turish shakllarining to’g’riligini talab etadi.


Bolalarning bu yoshida tormozlanish va qo’zg’alish jarayonlarini muvozanatligini yuzaga keltirishda kattalar talabining tizimliligi va o’zini tuta bilishga odatlantirish katta rol o’ynaydi. Milliy o’zbek o’yinlarini yoshlar, ayniqsa maktab o’quvchilari sevib, maroq bilan o’ynamoqdalar. Bunday o’yinlar jismoniy tarbiya darslaridagina emas, balki hovlilar va bog’, parklarda dam olish soatlarida o’ynaladi. Muhim sifatlarni rivojlantirishga mo’ljallangan umumiy rivojlantiruvchi va maxsus mashqlarga doir bayon qilingan material ko’proq o’yin tarzida beriladi, lekin mashqlarni tuShuntirish va faol dam olish uchun qisqacha pauzalar bo’lgan kichik dozada uzluksiz bajariladi. O’yin mashqlaridan keyin bo’shashtiradigan, ohista yuriladigan mashqlarni yoki diqqat-e’tiborini o’stiradigan mashqlarni berish lozim.
Xalqning sog’lig’ini mustahkamlash O’zbekistondagi jismoniy madaniyatning asosiy vazifasidan biridir. Istiklol davrida, ayniqsa, sport va jismoniy tarbiyaga e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Jismoniy tarbiya oldida jismoniy madaniyat va sportni xalqimizning hayotiga ko’proq singdirish; yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashda jimoniy tarbiya va sportning barcha turli-tuman shakllaridan, jumladan, xalq an’analaridan keng foydalani, insonlarning sog’ligini yaxshilash vaularni Ona Vatan mudofaasiga tayyorlash va Shu singari katta vazifalar turibdi. Xalqimizning milliy o’yinlari esa ana Shu maqsadda keng qo’llanib kelinayotgan muhim jismoniy va sport vositalaridan biridir. Shuning uchun xalq milliy harakatli o’yinlariga e’tiborni kuchaytirish zaruriyati yanada yaqqol ko’rinmoqda. Qadriyatlarga e’tibor qaratish SHarq xalqlari madaniyatining juda ko’p unsurlari (elementlari) ni saqlab qolishga va ulardn amaliy foliyatda foydalanishga imkoniyat yaratiladi. qadimgi mahalliy xalqlarimiz uchun an’anaviy milliy o’yinlar va milliy bellaShuvlar qachonlardir ular hayotining ajralmas bir qismi bo’lgan, ular xalq marosimlarida, rasm-rusumlarda va urf-odatlarda mustaqil bir soha sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan, mustahkam o’rin olgan jismoniy madaniyatning, rasm-rusumlarida va mustaqil bir soha sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan, mutahkam o’rin olgan. Jismoniy madaniyatning bunday o’ziga vositalar yordamida bobolarimiz o’sib kelayotgan avlodda chaqqonlik, epchillik, kuchlilik va sabr-toqat kabi xususiyatlarni shakllantirganlar. Farzandlarini hayot qiyinchiliklariga vatabiatning qiyinchiliklariga nisbatan bardoshli, baquvvat qilib tarbiyalaganlar. Yosh avlodning jismoniy jihatdan to’kis sog’lom mehnatga va Vatanni himoya qiluvchi tarzida o’sishidan xalq ham, jamiyat ham manfaatdor. Buning uchun o’quvchilar jismoniy madaniyat bilan chuqur Shug’ullanishlari, turli milliy o’yinlardan foydalanish mahoratini egallashlari kerak bo’ladi. Bu esa yosh avlod tarbiyasini yanada kuchaytirish, ularni o’z xalqi, mustaqil davlati vajamiyati oldidagi burchini his etish ruhida tarbiyalashdek g’oyat muhim vazifalar bilan bog’liqdir.
Bolalarda maktabda o’qiy boshlagan birinchi kundanoq mehnatga muhabbat, ishchanlik, boshlagan ishini oxiriga yetkazish, sabotlilik xususiyatlarini shakllantirish imkoni yaratiladi. Bunda jismoniy madaniyatning barcha zamonaviy vositalari bilan birga o’zbek xalq milliy o’yinlari juda qo’l keladi, chunki bu o’yinlar bolalarni jismoniy, ruhiy, ma’naviy jihatdan tarbiyalashning barcha jihatlarini o’z ichiga ola biladi. Zero, millatning kelajagi bo’lgan yoshlarni sog’lom, yetuk va komil inson qilib tayyorlash mustaqil O’zbekistonimiz keljagining zamini mustahkam bo’lishiga xizmat etadi. Milliy xalq o’yinlari va milliy sport turlari tarixiy taraqqiyot jarayonida jiddiy o’zgargani, har bir iqtisodiy tuzum ularning mazmun va qoidalarida o’zining muayyan izini qoldirgani haqida yuqorida to’xtalgan edik.ba’zi o’yinlarning nomi va qoidalari hozircha saqlanib qolgan. Ana Shunday o’yinlardan foydalanishda ularningbolalarga jismoniy ta’sirdan tashqari tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishini ham nazardan soqit qilmaslik, ijodiy qo’llashni maqsadga muvofiqlashtirish kerak. Masalan, “ Uloq” o’yini deganda odatda ot bilan o’ynaladigan, chavandozlar haqiqiy uloq uchun kurashadigan qadimiy ko’pkari o’yini tuShuniladi. Bolalarga mo’ljallangan “Uloq” o’yini otsiz o’tkaziladi, o’yinchilar bir parcha echki terisi yopishtrilgan to’ldirma to’pni olish uchun kurashadilar. O’yin qoidalarining ba’zi jihatlari kattalarnikiga o’xshab ketadi. Tezkorlik, chaqqonlik va kuchlilikni tarbiyalovchi bu o’yin katt tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, bunda bir-birini hurmt qilish, samimiy munosabat, qo’pollik qilmaslikka katta e’tibor briladi.
Xalq milliy harakatli o’yinlari bolalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. CHunki o’yinlar o’quvchilarning qiziqishlarini oshiradi, ularga zavq bag’ishlaydi, ish qobiliyatlarining tezroq tiklanishini ta’minlaydi. O’yinlar tufayli bolalar charchashni unutadilar, mashqlarni diqqat bilan bajarishga harakat qiladilar.
Xalq milliy o’yinlarining barchasi bolalarning organizmlariga yaxlit ta’sir o’tkazadi. Shuning uchun ham o’yinlarga umumiy jismoniy ta’sir ko’rsatuvchi sifatida qarash lozim. Bironta o’yin yo’qki, u ayrim jismoniy sifatni rivojlantiruvchi vosita bo’lib hisoblanmasin. Masalan, “Do’ppi kiyishda kim g’olib?” milliy o’yinida faqat chaqqon bo’libgina qolmay, balki epchil, sezgir bo’lishga ham da’vat etiladi.
Jismoniy madaniyat tizimidagi barcha soha va bosqichlarning birdan-bir va yagona maqsadi-insonni to’g’ri yashashga tayyorlashdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy tarbiyasining vazifalari bolalarning yoshiga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi, lekin bunda jismoniy madaniyatning umumiy maqsadi ko’zdan qochirilmaydi.
Maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy tarbiyasida sog’lomlashtirish, ta’lim berish va tarbiya berish vazifalarini amalga oshirish ko’zda tutiladi. Xalq milliy o’yinlari orqali bu vazifalarni yaxlit holda bajarish imkoniyatlari ko’proq ko’rinadi.

Yüklə 43,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə