Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining ahamiyati va zaruriyati



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix11.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#127043
Omonova Zarina Xudoymurodovna



SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
322 
MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARINING AHAMIYATI 
VA ZARURIYATI 
Omonova Zarina Xudoymurodovna 
Termiz davlat universiteti magistranti 
Annotatsiya

Ushbu maqolada turli davlatlar tomonidan moliyaviy hisobotlarni 
xalqaro standartlar asosida tayyorlashning zarurati va ahamiyatli jihatlari yoritib 
berilgan. 
Kalit so‘zlar

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, Xalqaro Buxgalteriya 
Standartlari Qo'mitasini (IASC),korporatsiya, milliy hisob,transmilliy 
Abstract

This article highlights the need and important aspects of preparing 
financial statements based on international standards by different countries 
Key words

international standards of financial reporting, International Accounting 
Standards Committee (IASC), corporation, national account, transnational 
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari tarixan yangi bo„lib , yildan yilga 
takomillashib va takomillashtirilib borilmoqda. Sohada dunyoning turli mamlakatlaridan 
mutaxassislar jalb etilib, ish olib bormoqda. O„tgan yillar bir qancha standartlar joriy 
etilgan, birlashtirilgan, muomaladan chiqarilgan. Yangi standartlar joriy etilganda, faqat 
ruxsat etilgan muddatgacha eski standartlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‟lishini 
amaliyot ham tasdiqlab turibdi. 
BMT davlatlararo ekspert guruhi tanlab olingan bir qancha yirik korporatsiyalar 
buyicha hisob va hisobotni tashkil etish amaliyotini hamda 46 ta milliy hisob tizimi asosida
tayyorlangan hisobotlarni o‟rganib chiqib, ko‟pgina ko‟rsatkichlar bo‟yicha milliy hisob 
tizimlarini bir biri bilan taqqoslab bo‟lmasligi haqidagi o„rinli xulosaga keldi. Markaz 
hisobotida shunday xulosalar mavjud: ayrim rivojlangan mamlakatlarda ko‟p sonli 
kompaniyalar hisob davrining oxirigacha e‟lon qilingan foydaga tenglash maqsadida turli 
rezerv(zahira) tizimlarini ishlatadilar. Mutaxassislar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar 
natijasida shu narsa aniq bo‟ldiki, Milliy hisob tizimlarida amaldagi barcha belgilari 
bo‟yicha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda milliy tizimlarni ajratib turgan bir 
qancha farqlar mavjud. Mutaxassislar tomonidan 13 ta milliy hisob tizimining o‟rganilishi 
shuni kursatdiki, ulardan faqat 4 tasidagina resurslarni baholash uslubiyati davlat tomonidan 
qonuniy ravishda belgilab qo‟yilar ekan. Bu davlatlar Germaniya, AQSH, Yaponiya, 
Angliya bo„lib, 31 % ni tashkil etadi. Natija shuni ko„rsatadiki, resurslar eng kam baholash 
usulida hisoblanib, asosan davlatning foydasini ko‟zlaydi. Bu holatda kompaniya foyda 
summasini maksimal darajada ko‟rsatishga majbur bo‟ladi. Bunday milliy tizimlarning 
yana 23 tasi o„rganilganda, ulardan 8 tasida davlat uchun emas, balki korxonalar uchun 
qulay sharoit yaratilar ekan. Bu davlatlar Belgiya, Avstraliya, Kanada, Italiya,Fransiya, 
Shvesiya, Shveysariya, Norvegiya bo„lib, 35% ni tashkil etadi.Xulosa shuki, tashqi 
bozorda ham milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va qator boshqa sharoitlarni taqazo etadi. 
Milliy buxgalteriya hisobi yangi yunalishlarni ishlatish hisobiga mamlakat iqtisodi 


SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
323 
rivojlanishi ma‟lum taktik va strategik vazifalarini yechishga imkon berishini ishonch bilan 
aytish mumkin. 
Soha vakillarini Buxgalteriya hisobi milliy tizimlari tahlili nuqtai nazaridan 
firmalarning mablag‟ va resurslarini chet el valyutasida aks ettirilishi qiziqtiradi. 
Balans tuzilgan sananing joriy kursi bo‟yicha baholangan chet el valyutasida balans 
moddalarining kengayish darajasi bo‟yicha tahlil o‟tkazilib ma‟lumotlar tuzilganda, bu 
jihatdan firmalarga ko‟proq darajada qulayliklar Yaponiya, Norvegiya, Angliya, 
Niderlandiya, Shveytsariya, Frantsiya mamlakatlarida , va kamroq qulayliklar Avstraliyada
va AQSH firmalarida mavjud ekanligi aniqlangan. 
Milliy hisob tizimlarida iqtisodni tartibga solishga davlatning ta‟sir darajasi ham soha 
mutaxassislari tomonidan tahlil qilindi. Argentina, Meksika, Peru, Filippin, Venesuela 
milliy tizimlari iqtisodni tartibga solishda sezilarli darajada ta‟sir ko‟rsatuvchi davlatlar 
toifasiga kiradi. Kolumbiya, Nigeriya va Zairda milliy hisob tizimining ishlatilish vositasi 
bilan davlat iqtisodiga qisman ta‟sir etadigan davlatlardir. Qolgan mamlakatlarda turli 
darajada 20 dan 70% gacha davlatning oraliq ta‟siri kuzatiladi. Xalqaro hisob amaliyoti 
tahlili ularning shakllanishining davlatlararo tashkilotlar, buxgalteriya hisobi xalqaro 
professional tashkilotlari, xalqaro profsoyuz tashkiloti ta‟sirida shakllanishining turli 
yo‟nalishlarini ham ajratishga imkon yaratdi. Mamlakatlararo tizimning shakllanishi bilan 
parallel holda xalqaro buxgalteriya hisobi tizimi, yagona hisob va hisobot berish xalqaro 
tizimiga milliy regional hisob tizimlarining yaxlit bir butun qilib birlashtirilishi bo‟lib o‟tdi. 
Bizga ma‟lumki, XX asrning ikkinchi yarmi dunyoda xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarning kuchayishi, ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi mamlakatlararo va 
qit‟alararo mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va ixtisoslashuvi 
bilan xarakterlanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot, innovatsiya natijalaridan foydalanish 
natijasida 
chet 
el 
investitsiyasini 
jalb 
qilish, 
ishlab 
chiqarishning 
baymalmilalalashuvi(internatsiyaonallashuvi) 
transnatsional 
va 
multinatsional 
korporatsiyalarning paydo bo‟lishiga olib keldi. O„zbekistonda ham mashhur bo„lgan 
Toyota Motor (Yaponiya), Toshiba (Yaponiya), IBM (AQSH), Djeneral Motorz (AQSH), 
Dyupon (AQSH) Djeneral Elektrik (AQSH) Transnatsionatsional korporatsiyalarga misol 
bo„la oladi. Muhimi shuki, butun jahon miqyosidagi shu turdagi mahsulotlarning asosiy 
qismini ishlab chiqarish aynan 25 ta shunday yirik korporatsiyalarda hissasiga to„g„ri 
keladi. Iqtisodiyotning internatsionallashuvi o„z-o„zidan buxgalteriya hisobining ham 
internatsionallashuviga olib keldi. Va bu jarayonda bir qancha muammolar ham borligi
yaqqol ko„rinib qoldi. 
Birinchidan,xalqaro tajribalarga asoslanib moliyaviy hisobot tuzish; 
Ikkinchidan, xalqaro yoki milliy hisob qoidjalariga bo„ysunib amaliyotlarni bajarish; 
Uchinchidan, xalqaro biznes(tadbirkorlik)ga mos ravishda axborot(informatsion)-
boshqaruv tizimini tashkitl etish; 
To„rtinchidan joriy hisobotlar uchun kreditni chet el valyutasida yoritib berish. 
Qilingan ishlar natijasida BMT vakillari xulosaga kelishdiki, turli mamlakatlarda 
buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotni topshirishga xilma-xil qarashlar mavjud bo‟lsa 


SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
324 
ham, dunyo xo‟jaligi va moliyaviy bozorlarning internatsionalizatsiyalashuvini aks 
ettiruvchi umumiy tamoyillarni ishlab chiqish zarur. 
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining rivojlanish jarayoni 1973-yilga borib 
taqaladi.Xuddi shu yili Avstraliya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Meksika, 
Niderlandiya, Buyuk Britaniya,Irlandiya va Qo'shma Shtatlarning professional buxgalteriya 
organlari Xalqaro Buxgalteriya Standartlari Qo'mitasini (IASC) tuzadilar va transchegaraviy 
ro'yxatlar uchun Xalqaro Buxgalteriya Standartlarini qabul qilishga rozi bo'lishadi.Shunday 
keyin olib borilgan amaliy ishlar natijasi o„laroq 1989-yilda IASC moliyaviy hisobotlarni 
tayyorlash va taqdim etish asoslarini nashr etadi - bu birinchi xalqaro “kontseptual” asosdir. 
ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР: 
1.Tashnazarov S.N. Moliyaviy buxgalteriya hisobi va hisoboti: xalqaro va milliy 
jihatlari.Monografiya-T «Iqtisod va moliya» 2009-yil 
2. Международные стандарты финансовой отчетности: Издание на русском 
языке М.: АСКЕРИ-АССА, 2005. 
3. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari. Tarjima. A. Rizaqulov, B.Xasanov, 
A.Usanov, Z.Mamatov. T.: - 2004. 
4. Tashnazarov S.N. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliyaviy hisobot: 
muammo va yechimlar. Monografiya. - T.: ―Navro‟z‖, 2016 y. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə