Mundarija: kirish I. Bob. Afrosiyob xarobalarining o’rganilishi



Yüklə 93,2 Kb.
səhifə1/8
tarix17.06.2023
ölçüsü93,2 Kb.
#117655
  1   2   3   4   5   6   7   8
afrosiyob me\'morchiligi va sa,ati


Mundarija:
KIRISH……………………………………………………………………….......3
I.BOB. AFROSIYOB XAROBALARINING O’RGANILISHI………………..6
1.1. Afrosiyob va uning topilmalariga qiziqish Chor Rossiyasi
tomonidan Samarqand bosib olingandan keyin boshlanishi……………………….6
1.2. Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar……………………………….…9
II.BOB. AFROSIYOB ME’MORCHILIGI VA SAN’ATI…………………15
2.1. Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar va yozma manbalar…………...15
2.2. Afrosiyob shaharchasi va muzeyi……………………………………………19 XULOSA……………………………………………………………………..…..27 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………...….….....29


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, mil. avv. II ming yillikka kelib qadimgi O’zbekistonning dehqonchilik vohalarida o’troq qabilalar rivojlanib aholinining alohida joylashuv manzilgohlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar - o’troq dehqonchilikning rivojlanishi, aholi zichligining yuqori darajasi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, ijtimoiy tabaqalanish va boshqaruv tizimining murakkablashib borishi, o’zaro almashinuv, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning kuchayishi hamda harbiy-siyosiy vaziyat O’zbekiston hududlarida dastlabki shaharsozlikning paydo bo’lishida asosiy omillardan hisoblanadi.
O’lkamiz hududlarida dastlabki shahar madaniyatining shakllanishi ham jamiyat taraqqiyotida bo’lgani kabi uzluksiz taraqqiyot yo’li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko’ra shaharsozlik madaniyatining shakllanishi uzoq va bosqichma-bosqich davrlarni bosib o’tgan. O’zbekistonning turli hududlarida tadqiqotchilar qadimgi shahar xarobalarini topib tekshirdilar. Ko’p sonli arxeologik topilmalarning dalolat berishicha bu ko’hna shaharlar ba’zilarining yoshi 2 700-3000 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob, Ko’ktepa (Samarqand), Qiziltepa (Surxon vohasi), Uzunqir, Yerqo’rg’on (Qashqadaryo vohasi) va boshqalar kiradi. Bu ko’hna shaharlar tarixi hozirgi Samarqand (Afrosiyob-Maraqanda), Kitob-Shahrisabz (Uzunqir) yoki Qarshi (Yerqo’rg’on) hududlarida davorn etdi.O’lkamiz hududlarida qadimgi shaharsozlik madaniyatining asoslari quyidagilardan iborat: » aholinining o’troq dehqonchilikka o’tishi va keng vohalar bo’ylab yoyilishi; » hunardmanchilik ishlab chiqarishining rivojlanishi natijasida iqtisodiy hamda madaniy aloqalar va savdo-sotiqning taraqqiy etishi; « tabiy-geografik hamda harbiy-strategik shart-sharoitlar.
Qadimgi shaharlar -tarixiy rivojlanishdagi urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bo’lgan jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy asosi hisoblanadi. Ko’pchilik tadqiqotlar natijalarini tahlil etar ekanmiz, shunday xulosaga kelish mumkinki, O’rta Osiyo hududlarida dastlabki shaharsozlik madaniyati mil avv. II ming yillikdayoq, ya’ni, bronza davridayoq shakllana boshlaydi. Bu davrda ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi natijasida mehnat unumdorligi ortib boradi. Natijada turli tarixiy viloyatlarda joylashgan yirik mustahkam manzilgohlar o’rni va atroflarida (Sopolli, Jarqo’ton, Namozgoh, Qiziltepa, Yerqo’rg’on, Bandxon, Uzunqir) dastlabki shahar markazlari shakllanib rivojlana boshlaydi.
Ilk shaharlarning paydo bo’lishi dastlabki davlatchilik shakllanishida eng muhim va asosiy omil bo’lib, bu ikkala jarayon uzviy bog’liq holda kechgan.
Ma’lumki, mil. avv. II ming yillikka kelib qadimgi O’zbekistonning dehqonchilik vohalarida o’troq qabilalar rivojlanib, aholining alohida joylashuv tizimi shakllanadi. Aholining alohida joylashuv manzilgohlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar-o’troq dehqonchilikning rivojlanishi, aholi zichligining yuqori darajasi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, ijtimoiy tabaqalanish va boshqaruv tizimining murakkablashib borishi, o’zaro almashinuv, savdo-sotiq va madaniy aloqalarining kuchayishi hamda harbiy-siyosiy vaziyat O’zbekiston hududlarida dastlabki shaharlarning paydo bo’lishida asosiy omillardan hisoblanadi.

Yüklə 93,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə