Mundarija Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar



Yüklə 243,33 Kb.
səhifə1/13
tarix22.03.2024
ölçüsü243,33 Kb.
#183813
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar


Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar


2


Mundarija 


Kirish………………………………………………………………………………3 

I bob. Nazariy ma’lumotlar………………………………………………………6 
I.1 Oy haqida umumiy ma’lumotlar………………………………………………..6 
I.2 Yer haqida umumiy ma’lumotlar……………………………………..………13 
I.3 Yer va uning tabiiy yoʻldoshining paydo boʻlishi…………………………….16 
I.4 Yer va Oyning Quyosh atrofida harakati……………………………………...23 

II bob. Ilmiy-metodik boʻlim……………………………………………………31 
II.1 Pedagogik texnologiyalar…………………………………………………….31 
II.2 Fizika fanini oʻqitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini
qoʻllash……………………………………………………………………………42 
II.3 PhET interactive simulations dasturi haqida…………………………………48 
II.4 Yer va Oyning Quyosh atrofidagi harakatini oʻqitishda PhET interactive 
simulations dasturidan foydalanish……………………………………………….52 

III bob. Metodik boʻlim…………………………………………………………55 
III.1 Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida Yer va Oyning Quyosh atrofidagi harakati 
mavzusini oʻqitishning metodik jihatlari………………………………………….55 
III.2 Umumiy oʻrta ta’lim maktablari 9- sinflari uchun Yer va Oyning Quyosh 
atrofidagi harakati mavzusidagi 1 soatlik dars ishlanma………………………….57 
III.3 Akademik litseylar uchun Yer va Oyning Quyosh atrofidagi harakati 
mavzusidagi 2 soatlik dars ishlanma……………………………………………...65 

Xulosa…………………………………………………………………………….71 

Foydalanilgan manbalar………………………………………………………...72 




3
Kirish


Oʻquv-tarbiyaviy ishlarining sifatini yaxshilash maqsadida insoniyat taraqqiyot 
bosqichlarida bir qator dasturlar va qonunlar qabul qilinganligini shu sohaning
rivojlanish bosqichlarini belgilab beradi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va 
“Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonunlarning qabul qilinishi, mahalliy sharoit va milliy
qadriyatlarimizni hisobga olgan holda yangi oʻquv rejalari hamda oʻqitiladigan 
predmetlarning dasturi va darsliklarni ishlab chiqish kabi dolzarb masalalarni hal qilish zaruryatini yaratdi. Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi darajasiga yetish maqsadida umumiy oʻrta ta’lim maktablari hamda litsey, kollejlar tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi har bir ta’lim mutasaddisi, pedagoglar va ta’lim tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi shaxslar oldiga avvalo oʻzi shugʻullanadigan ta’lim yoʻnalishidagi fanlarni chuqur bilishi zarurligini bosh vazifa qilib belgilab berdi. Ikkinchi tomondan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus ta’lim vazirligining keyingi ikki yil davomida chiqargan buyruqlari boʻlajak yosh pedagoglar oldiga ham qator vazifalarni qoʻydi. Shu nuqtai nazardan bitiruvchi yosh mutaxassis pedogoglar avvalo zamonaviy pedagogik va ta’lim texnologiyalarini, innovatsion ta’lim texnologiyalarini, innovatsion ta’lim metodlarini, axborot-kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilib, ulardan amalda, pedagogik faoliyati davomida foydalana oladigan darajada malaka va koʻnikmalarga ega boʻlishini talab etmoqda. Shuning uchun bitiruv malakaviy ishlarni bajarish va yozishda albatta ushbu ma‘lumotlarni bilishi, tushunib yetgan oʻlishi, hech boʻlmaganda biror boʻlim yoki paragrflarda bu boradagi oʻz bilimlarini bayon etishi ham talab qilinadi. Shu jihatlarni inobatga olgan holda, bitiruv malakaviy ishim orqali « PhET Interactive Simulations dasturi yordamida Yer va Oyning Quyosh atrofidagi harakati mavzusini oʻqitish »ni yoritib berganman. Mavzu umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 9-sinflariga fizika darsligi orqali, akademik litsey talabalari uchun astronomiya kursi orqali oʻqitiladi. Fan dasturiga muvofiq, mavzu umumiy oʻrta ta’lim maktablarida « koinotning tuzilishi haqida tasavvurlar » bobi orqali oʻqitish belgilangan. Bobni oʻqitish uchun 10 soatlik dars ajratilgan. Mavzuni yoritishning ahamiyati shundaki, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qoʻllash bugungi kun talabidir. Qolaversa oʻquvchilarga osmon jismlari haqida ma’lumotlarni faqat quruq soʻzlar orqali emas, bu borada toʻliqroq ma’lumot bera oladigan bironbir axborot texnologiyalari, dasturlar, videolavhalarni qoʻllasak oʻquvchilarning mavzu yuzasidan chuqurroq bilim olishlariga erishgan boʻlar edik. Zero, inson olinadigan ma’lumotlarning 90 %ga yaqinini aynan koʻrish sezgi organi orqali oladi. Mavzuning dolzarbligi : Bugungi kunga kelib astronomiya sohasi(fani) oʻquvchilar qiziqishlaridan chetda qolib borayotgani ogʻriqli muammolardan biridir. Astronomik kuzatish asboblari, teleskoplar oʻquv oʻrinlarida yoʻqligi bu muammoga birinchi sabablardan biri boʻlsa, oʻquvchilarning axborot texnologiyalari va internet tarmogʻidan toʻgʻri foydalanmasliklari ikkinchi sabab deyishimiz mumkin. Zero, oʻquvchilar astronomik kuzatish asboblari orqali osmon jismlarini, ularning harakatlarini kuzatganlarida, yoki internet tarmogʻidan toʻgʻri foydalanib yangidan yangi ma’lumotlarni oʻqib, turli xil ilmiy dasturlarni ishlatib koʻrganlarida juda qiziqarli boʻlgan astronomiya faniga qiziqish uygʻonaredi. Uchinchi tarafdan dars oʻtish jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalari toʻgʻri qoʻllanilmaslik yoki umuman qoʻllanilmaslik oʻquvchilar qiziqishlarining pasayishigasabab boʻlmoqda.Shu jihatlarni hisobga olgan holda « Yer va Oyning Quyosh atrofida harakati » mavzusini bitiruv malakaviy ishim orqali yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yoritib bermoqchiman. PhET Interactive Simulations dasturi yordamida bu mavzuni tushintirish oʻquvchilarning diqqatini tortadi, chuqurroq ma’lumot beriladi va axborot texnologiyalaridan toʻgʻrifoydalanishlariga turtki boʻladi.



Yüklə 243,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə