Muqimiy (1850 1903)



Yüklə 2,77 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü2,77 Kb.
#166027
MUQIMIY

MUQIMIY (1850 - 1903)

  • Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li Muqimiy 1850 yilda Qo‘qondagi Begvachcha mahallasida novvoy oilasida tug‘ildi. Otasi Mirzaxo‘ja asli toshkentlik, onasi Bibioysha Xo‘jandlik edi. Muqimiyning she’rga havas qo‘yishida onasining xizmatlari katta. Bo‘lajak shoir dastlab o‘z mahallasidagi Mulla Abduxalil domla maktabida, so‘ngra Qo‘qon madrasasida, 1872-73 yillarda esa Buxorodagi «Mextar oyim» madrasasida o‘qiydi. 1876 yilda Muqimiy o‘qishni tamomlab, Qo‘qonga qaytadi va Sanambibi degan qizga uylanadi. Boshiga oila tashvishlari tushgach, u avval Qo‘qon yer mahkamasida mirzolik, Oqjar qishlog‘ida paromda pattachi, xattot bo‘lib ishlaydi.

Asarlari

  • «Navbahor», «Aroba», «Toleim», «Kim desun», «Zulm ila qahru g‘azab», «Podshoh yo‘qlatsalar nogoh, gado deb axtaring» (Muqimiyning zamon, turmush adolatsizliklaridan, taqdirdan shikoyat mazmunidagi hasbi hol g‘azali), «To‘y», «Dar shikoyati Laxtin» (yulg‘ich, uchar hajv qilingan), «Voqeai ko‘r Ashurboy hoji» kabi she’rlari. «Tanobchilar», «Moskovchi boy ta’rifida» kabi satiralari, «Sayohatnoma» (rajazi murabba’i solim vaznida yozilgan, jami 244 misra) asari, «To‘yi Iqonbachcha» hajviyasi, «Hajvi Viktor boy», «Hajvi Viktor» kabi muxammaslari, o‘z davri uchun yangi bo‘lgan «Ta’rifi pech», «Saylov» she’rlari, ma’lum bir munosabat bilan yozgan «Bezgak», «Ta’rifi Favti Noibi Toshkandiy» kabi asarlari va boshq.
  • TOLEIM
  • Ohkim, afsus, emas har ishda rahbar toleim,
  • Vojgundur, imtihon qildimki, aksar toleim.
  • Yuz tarafdin yetkurub gardi kudurat, zangi g’am,
  • Aylagay oinayi tab’im mukaddar toleim.
  • Har necha qilsam tavallo – zori qilmas, iltifot,
  • Ro’yigardon teskari, tobora badtar toleim.
  • Ro’zgorim tiyra, iqbolim zabun, baxtim qaro,
  • Bo’lsa ravshan, bormukin tadbiri digar toleim?
  • Nogahon bersam, Muqimiy, bir musulmonga salom,
  • Daf’atan ikki qulog’ini qilur kar, toleim.

Yüklə 2,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə