Namangan muhandislik pedagogika instituti



Yüklə 164,23 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix16.09.2023
ölçüsü164,23 Kb.
#122114
Namangan muhandislik pedagogika instituti



NAMANGAN MUHANDISLIK PEDAGOGIKA INSTITUTI 
 
“TEHNOLOGIYA” fakulteti 
 
 
“Ekologiya va mehnat muhofazasi” kafedrasi 
 
 
“Ekologiya” fanidan 
 
 
 
 
Bajardi: 16-OOT-11 talabasi 

Dedahonov.I 
Qabul qildi: ass.D.Igamberdiyeva
 
 
 
 
Namangan-2013 


 
O’SIMLIKLAR DUNYOSI VA HAYVONOT OLAMINI 
MUHOFAZA QILISh 
Reja: 
1. O’simliklar va hayvonlarning biosferadagi roli va ahamiyati.
2. Insonnning o
x
simlik va hayvonot dunyosiga ta'siri. 3. 
O’simlik va hayvonlarni muhofaza qilishda Qizil kitob va uning 
ahamiyati. 
4. O'zbekistonning biologik resurslari va ulardan foydalanishning 
ekologik muammolari. 
Tayanch so'zlar: 
Fotosintez, biomassa, yashil o’simlik, hashorot, umurtqali hayvon, 
umurtqasiz hayvon, sut emizuvchi, o'txo'r, yirtqich, qo’riqxona, 
zoopark, Qizil kitob. 
O’simlik va hayvonlar yerning hayot qobig'i-biosferaning asosiy 
komponentlaridan bolib, tabiiy resurslar orasida alohida o'rinni 
egallaydi. 
Oqilona foydalanilganda o’simlik va hayvonlar 
tiklanadigan va cheksiz mahsulot beradigan manbaga aylanishi 
mumkin. Biosferadagi o'ziga xos tabiiy muvozanat ko’p jihatdan 
o"simlik va hayvonlarning biologik rang-barangligini saqlanishi bilan 
bogliqdir. O’simliklar va hayvonlar sayyoramizning genofondi 
hisoblanadi va har bir tur tabiatdagi o'z o'rniga ega. Biosferada 
moddalarning aylanma harakati faqat tirik organizmlar ishtirokida 
amalga oshadi. Bu jarayonni biosferada uglerod (SO2 ) ning aylanma 
harakati misolida ham ko’rish mumkin. (O'simlik va hayvonlarning 
mahsulotisiz inson hayotini tasavvur qilib bo'lmaydi. 
O’simliklar 
yer 
yuzidagi 
hayotning 
asosi 
hisoblanadi. 
Sayyoramizda 500 mingdan ortiq o'simlik turlari mavjuddir. O’ 
simliklarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyatiga ko'ra bir necha 
guruhlarga bo'lish mumkin. Suv o’simliklaridan inson kam 
foydalanadi,lekin ular tabiatda kislorod va ozuqa manbai 
hisoblanadi. Bakteriyalar, ayrim qo'ziqorinlar va suv o'tlari tuproqda 
ham kcfplab uchraydi. Ular tuproqning unumdorlik xususiyatiga ta'sir 
ko"rsatadi, organizmlar qoldiqlarini parchalaydi. Turlar soni eng 
kami yer osti o"simliklari bo’lib ular asosan bakteriyalardan iborat va 3 
km gacha va undan ortiq chuqurliklarda uchraydi. Yer usti o’simliklari 
turlarga eng boy, shuning bilan birga eng ko'p ishlatiladigan va 


insonning kuchli ta'siri ostidagi o’simliklardir. 
O’simliklar fotosintez jarayoni natijasida havodan. karbonat 
angidrid gazini yutib, kislorod chiqaradi va yiliga 200 mlrd. tonadan 
ortiq organik mahsulot yaratadi. Inson va hayvonlar hayotida asosiy 
ozuqa va kislorodning manbai bo’lgan o'simliklarningahamiyati katta. 
Biosfera bioraassasining eng katta qismi o'rmonlarda to'plangan. 
O'rmon biosenozining hamma komponentlari o'zaro va atrof muhit 
bilan uzviy bog'langan. O'rmonlarda qimmatli hayvon va o'simlik 
turlari jamlangan. Yog'ochdan inson ehtiyoji uchun zamr bo'lgan 20 
mingga yaqin turli masulotlar olinadi. Inson hayotida dorivor 
o’simliklar ham muhim rol o'ynaydi. Shaharlarda yashil o'simliklar 
havoni tozalaydi, estetik zavq beradi, dalalarni shamollardan himoya 
qiladi. 
Insonning o’simliklarga ijobiy va salbiy ta'siri bcfladi. 
O'rmonlarni tiklash ko'kalamzorlashtirish, o’simliklarining navlarini 
yaratish va boshqalar ijobiy ta'sirga kiradi. Insonning salbiy ta'siri 
oqibatida oxirgi o'n ming yil ichida sayyoramizdagi o'rmonlarning 2-3 
qismi yo'q qilingan, ko’plab qimmatli o’simlik turlari yo'qolib ketgan. 
Hozirgi vaqtda o'rmonlar maydonining keskin qisqarish jarayonlari 
davom etmoqda. Yangi yerlarni o'zlashtirish, atrof muhitning 
ifloslanishi oqibatida kuniga o'nlab o’simlik turlari yo'qolmoqda. 
Hayvonlar biomassasi tirik mavjudotlar biomassasining 2 foizini 
tashkil qilishiga qaramasdan ular biosferadagi modda almashinuvi va 
boshqa turli jarayonlarda muhim rol o'ynaydi. Biosferadagi hayvon 
turlarining aniqlangan soni 1,5 mln.dan oshadi. Sodda hayvonlar 
tuproq hosil bo'lishda muhim rol o'ynaydi. Hayvonlar o’simliklar 
hayotiga ham katta ta'sir ko’rsatadi. Har bir hayvon turi biosferada 
o'zining ekologik ahamiyatiga ega. Inson uchun hayvonlar oziq, 
mahsuli, xom ashyo manbai, uy hayvonlari zotlarini yaxshilash va 
estetik zavq manbaidir. Hayvonlarning 1 mln.dan ortiq, turi 
hashoratlarga to’gM keladi. Hashoratlar o"simliklarni changlaydi, 
qushlar boshqa umurtqali hayvonlar inson uchun oziq manbaidir. Yer 
yuzidagi hayvonlar biomassasining 95 foizdan ortig'i umurtqasizlarga 
to"g'ri keladi. Umurtqali hayvonlar ichida sut emizuvchilar, qushlar, 
baliqlar, sudralib yumvchilar eng katta ahamiyatga egadir. Dunyo 
okeanida hayvonlar biomassasi o’simliklar biomassasidan kattadir. Yer 
yuzida inson uchun zararli bo’lgan yirtqichlar, turli kasallik tarqatuvchi 
hayvonlar, ekinlarning zararkunandalari ham mavjud-dir. Insonning 
bevosita ta'siri natijasida oxirgi ikki yuz yil ichida 300 dan ortiq sut 


emizuvchilar va qushlar turlari yo'q qilingan. O’rmonlarning kesilishi, 
yerlarning o'zlashtirilishi, hayot muhitining ifloslanishi orqali inson 
katta miqiyosda hayvonot dunyosiga bilvosita ta'sir ko^rsatadi. Yer 
yuzidagi hamma biologik turlar kerakli va ular o'ziga xos ekologik 
makonni egallaydilar. Ekosistemalarda organizmlar qanchalik rang-
barang bo'lsa, uning tashqi ta'sirga chidamliligi ham shunchalik kuchli 
bo’ladi. Shuning uchun biosferadagi mavjud rang-baranglikni saqlab 
qolish 
tabiatni 
muhofaza 
qilishning 
asosiy 
vazifalaridan 
hisoblanadi. Biosferadagi muvozanatni saqlab qolishda o’simlik 
va hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish katta 
ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun turli tadbirlar 
o'tkaziladi. XIX asrdan boshlab qo’riqxonalar, milliy bog'lar, 
zakazniklar tashkil qilish faoliyati jadallashgan. Bunday alohida 
muhofaza qilinadigan hududlarda yo'qolib borayotgan noyob o’simlik 
va hayvonlar muhofaza qilinadi. Noyob va yo'qolib borayotgan 
turlarning muhofazasiga e'tiborni kuchaytirish uchun 1966 yili Tabiatni 
muhofaza qilish Xalqaro Ittifoki tomonidan xalqaro «Qizil kitob» 
tashkil qilingan. Alohida yirik davlatlar o'z «Qizil kitobi»ga ega. 
«Qizil kitob» faqatgina xatar darakchisi bo'lmay, balki muhofaza 
harakatlarining dasturi hamdir. O'simlik va hayvonlarni muhofaza 
qilish faqatgina turli davlatlar o'rtasidagi hamkorlik yo'li bilangina 
muvaffaqiyatli olib borilishi mumkin. Ko'chib yuruvchi hayvonlar, 
dunyo okeani hayvonot va o’simlik dunyosi, ba'zi daryolarda 
yashovchi o’simlik va hayvonlar davlatlararo kelishuv yo'li bilan 
muhofaza qilinadi. 1992 yili Rio-de-Janeyroda biologik xilma-xillikni 
saqlash xalqaro konvensiyasi qabul qilindi. Yana boshqa bir qator 
muhim konvensiyalar ham mavjuddir. O’simlik va hayvonlarni 
muhofaza qilish alohida maxsus qonunlar orqali nazorat qilinadi. 
O’zbekiston Respublikasi o'ziga xos o’simlik va hayvonot dunyosiga 
ega. So'ngi yillarda insonning xo'jalik faoliyati natijasida flora va 
faunaga salbiy ta'sir kuchaydi. (Tzbekistonda mavjud 4 mingdan ortiq 
o'simlik turlarining 10-12 foizi muhofazatalab. O'rmon resurslari 
cheklangan va o'rmonlarni qayta tiklash ishlari talabga to'la javob 
bermaydi. Eng qimmatli tog' o'rmonlarining maydoni o'nlab marta 
qisqarib ketgan. To'qaylar va qayir o'rmonlari kcfplab kesib 
tashlangan. Tabiiy yaylovlarning holati yomonlashgan va ularning 
maydoni 6,5 mln.ga kengaygan. O’zbekistonda dorivor o’simliklarning 
turlari ham ko’plab uchraydi va ularning aksariyati hozirgi vaqtda 
muhofazatalab. 
Respublikamizda o’simlik 
resurslaridan oqilona 


foydalanish va ularni muhofaza qilishni ta'minlash maqsadida turli 
tadbirlar o'tkazilmoqda. 
O’zbekiston faunasi 682 tur umurtqali hayvonlar va 32484 tur 
umurtqasiz hayvon turlaridan iborat. Hali to'la o'rganilmagan 
umurtqasiz hayvonlar ichida muhofazaga muhtqjlari ajratilmagan. 1983 
yili e'lon qilingan (Tzbekiston « qizil kitob » iga umurtqali 
hayvonlarning 63 turi kiritilgan bo’lib baliqlar-5 tur; qushlar-31 tur; 
sut emizuvchilar-22 tur; sudralib yuruvchilar-5 turdan iboratdir. 
O’zbekistonda turon yo'lbarsi, qizil bo'ri, gepard, yo'l-yo'l giena kabi 
turlar qirilib ketgan. Ustyurt qo'yi> burama shoxli echki, qor barsi, 
buxoro bug'isi va boshqa ayrim turlar yo'qolish arafasidadir. Orol 
dengizining qurishi, daryolar suvining 
ifloslanishi va suv 
omborlarining qurilishi ko’plab qimmatli baliq turlarining kamayishiga 
olib keldi. (Tzbekistonda har yili o'n minglab turli hayvonlar ov 
qilinadi. Ruxsatsiz ov qilish ayrim noyob hayvon turlarining 
yuqolishiga olib kelmoqda. (Jzbekistonda noyob o^simlik va 
hayvonlar qonun tomonidan himoya qilinadi va ulardan oqilona 
foydalanish, muhofaza qilish uchun xilma-xil tadbirlar o'tkazilmoqda. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYHATI; 
1. Ergashev A. Ergashev T. Ekologiya, biosfеra va tabiatni muxofaza 
qilish. Toshkеnt “yangi asr avlodi” 2005 y. 
2. To’xtaеv A. Ekologiya. T., “O`qituvchi” 1998 y. 
O’zbekiston «Ekologiya xabarnomasi» jurnali sonlari. 
3. G'ulomov P. Inson va tabiat. T. O'qituvchi. 1990.
4. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. Qarshi. “Nasaf” 2003 
y. 
5. Ergashev A. “Umummiy ekologiya” T. O’qit. 2003 y. 

Yüklə 164,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə