Namangan muhandislik-qurilish instituti Mashinasozlik fakulteti 56-tvm-22 guruh talabasi Tursunboyev Davronbekning Ixtisoslashgan harakatdagi tarkib fanidan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 0,79 Mb.
tarix21.12.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#97540
davronbek 2

Namangan muhandislik-qurilish instituti Mashinasozlik fakulteti 56-TVM-22 guruh talabasi Tursunboyev Davronbekning Ixtisoslashgan harakatdagi tarkib fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI

Mavzu: Zamonaviy avtokranlar

Ko’tarish krani - yuklarni ko’tarib, ma’lum masofaga tashiydigan, davriy ishlaydigan mashina. Ko’tarish krani ko’tarish konstruksiyasi (ko’priksimon yoki konsol ferma, minora, machta, strela), asosiy yuk kutaruvchi mexanizm (chig’ir. telfer), kuch qurilmalari, elektr jihozlar, yo’valtiruvchi va tu-tib turuchi elementlar (zanjirlar, qavatlar), yukni qamrab oladigan qurilmalar (ilgak, elektromagnit, greyfer va boshqalar) dan tashkil topgan. Konstruktiv alomatlari va ishlash sxemalariga ko’ra, Ko’tarish kranining statsionar va Ko’chma; buriladigan va burilmaydigan xillari bor. Vertikal o’q atrofida aylanib ishlaydigan Ko’tarish krani buriladigan kran deyiladi; bo’lar o’zgarmas qulochli (quloch — aylanish o’qi bilan yukning osilit nuqtasi orasidagi gorizontal masofa) va o’zgaruvchan qulochli bo’ladi. Buriladigan Ko’tarish kranit. yilda harakatlanadigan, velosiped kran, pnevmatik gildiraqli, zanjir tasmali, avtomobilga o’rnatilgan, devorga o’rnatilgan, shuningdek, pontonga o’rvatiladigan (suzib yuradigan), kemaga o’rvatiladigan turlarga bo’linadi. Bunda kranning buriladigan qismi portalga (portal kran), qo’zg’aluvchi yoki qo’zg’almaydigan kolonvaga yoxud buriladigan doiraga tiraladi. Ba’zi kranlarda minora (minora kran) yoki machta (machtali kran) ko’rinishida bo’ladi. Burilmaydigan Ko’tarish krani ga ko’prik kran, kran balka, kabelli kran va boshqa kiradi. Yuklar gorizontal yo’nalishda to’g’ri chiziqli ilgarilama tashiladigan Ko’tarish krani ko’prik kran deyiladi. Ko’tarish krani tovar stansiyalari, omborlar va dengiz portlarida ko’prik kranning bir turi — to’rt oyoqli kranlar ishlatiladi. Ko’prik kranlar bir balkali va ikki balkali kran-balkalarga bo’linadi.

Texnik xarakteristikasi XCMG QY70K

  • Dvigatel modeli: – WD615.334
  • Dvigatelning nominal aylanish momenti – 247/(2200) kVt/ayl/d
  • Silindrlar soni – 5
  • Dvigatelning aylanish tezligi – 2200 (rpm.)
  • Ekologik sinfi: – Yevro-3
  • Umumiy nominal yuk ko‘tarish hajmi – 50 t
  • Minimal ishchi radius – 3,0 m
  • Burilish radiusi – 3.482 mm
  • Yuklangan holatdagi og‘irligi – 40400 kg
  • O‘qqa tushadigan yuklama old ko‘prik – 14500 kg
  • O‘qqa tushadigan yuklama orqa ko‘prik – 29500 kg
  • Asosiy strelaning maksimal yuk momenti – 1764 kN*m
  • Bo‘ylama autriger oralig‘i – 5.65 m
  • Yon tomonlar autrigeri oralig‘i – 6.6 m
  • Asosiy strela uzunligi – 10.7 m
  • To‘liq chiqarilgan asosiy strelaning uzunligi – 41 m
  • Gusyok uzunligi – 15 m
  • To‘liq chiqarilgan strela + gusyok uzunligi – 56 m
  • Ko‘tarish burchagi – 16 (°)
  • Og‘ish burchagi – 11 (°)
  • Tormozlanish yo‘li (30 km/soat tezlikda) – 10 m
  • Maksimal o‘ta olish xususiyati – 46 %
  • 100 km ga yonilg‘i sarfi – ~42 l

XCMG QY70K krani yuk ko‘tarish mexanizmi bo‘lib, u Shvetsiyaning Weldox 900 markasidagi mustahkam po‘latdan tayyorlangan besh seksiyali teleskopik strela bilan jihozlangan. Pog‘ona burchaklarining uchta turi bilan aylanadigan strela uchun ikki seksiyali uzaytirgichga va mexanizmning ishchi diapazonini ancha kengaytiruvchi qo‘shimcha ustki segmentga ega. Avtokranda strelani ko‘tarish uchun qo‘sh tsilindrlar, H-simon qo‘sh autrigerlar va strelaning 360 darajaga erkin burilishini ta’minlovchi qo‘shimcha beshinchi old stoyka mavjud. Avtokranning ushbu modeli ishonchli va qudratli texnika bo‘lib, turli iqlim sharoitlarida ishlashga tayyor. U baland tog‘li hududlarda, notekis qurilish maydonchalarida, kuchli shamol, izg‘irin sharoitlarida yoki jazirama issiqda yuklash-tushirish ishlarini bajarishga qodir.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə