Non hammasiga sarkor” ochiq mashg‘ulot Kirish



Yüklə 4,27 Mb.
tarix30.05.2023
ölçüsü4,27 Mb.
#114123
ochiq mashg\'ulot


Oktyabr oyining mavzusi: Kuz bo'yoqlari.
Oktyabrning 3- haftasi haftalik mavzusi:
Non hammasiga sarkor.
Faoliyatning borishi
Non hammasiga sarkor” ochiq mashg‘ulot
1 .Kirish: Bolalar musiqa zaliga " Marsh" musiqasi ohanglari ostida shahdam qadamlar bilan kirib keladilar.
Musiqa tinglash: “Qonun” Solo Aziz (Sulton Ali Rahmatov)
2. Qo'shiq kuylash: “Kulcha non” Po’lat Mo’min she’ri I.Hamroyev musiqasi.
Maqsad: Bolalarda vocal - xor malakalarini shakllantirish. Qo'shiqni baqirmasdan, zo'riqmasdan, tabiiy, yengil kuylashga o'rgatish.
Jamoada qo'shiq aytish ko'nimasini shakllantirish.

Kerakli jihozlar: Fortepiano, o'zbek xalq miliy cholg'u asboblari, texnika vositalari, asarning elektron varianti, mavzuga oid ko'rgazmalar.
Faoliyatning borishi:
1. Ovoz sozlash mashqlarini kuylash. Do, me lya.
2. Asar mualliflari haqida ma'lumot berish ;
Kompozitor Ibrohim Hamrayevich Hamroyev 1916 yil 25 dekabrda Buxoro shahrida tug`ildi.  1945 yili Toshkent konservatoriyasini, A.Kozlovskiy sinfida o`qib tugatgan.
1950-57 yillar mobaynida Toshkent musiqa bilim yurti direktori, 1977 yildan Toshkent konservatoriyasida dotsent bo`lib ishladi.
1975 yili Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, 1988 yili O`zbekiston xalq artisti, 1959, 1970 yillarda Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati unvonlariga sazovor bo`lgan



Poʻlat Moʻmin (taxallusi; asl ism-sharifi Poʻlat Moʻminov) (1922.24.12 – Toshkent – 2004.2.3) — bolalar shoiri

3. Musiqa rahbari qo'shiqni kuylab ijro etishi.


4. Musiqa rahbari bolalarga qo'shiq matnini o'rgatishi.
5. Qo'shiq mazmuni haqida suhbat o'tkazish. Qo‘shimchа: qo'shiq kuylash jarayonida nafas olish ko'nikmalarini shakllantirish. Alohida e'tibor qaratiladi: kuylash ko'nikmalarini shakllantirish.
Qo'shiqning badiiy ijrosi ustida ishlash Qo’shimchа: qo'shiq mazmuniga mos ko'rgazmani tanlash. Alohida e'tibor qaratiladi: qo'shiq ohangi va so'zlarining aniq talaffuz etilishiga e'tibor berish.


Bolalar musiqa cholg’u asboblari bilan tanishtirish va ularga jo‘r bo‘lish:
3.Raqs “Olma pishganda galing” (Xorazimcha raqs)
Maqsad: Bolalarda ritmni his qilib raqs harakatlarini bajarish qobiliyatlarini rivojlantirish. harakatlarda ritmik ifodalilikni shakllantirish, buyumlar bilan mashq bajara olishni qobiliyatlarini rivojlantirish. Kerakli jihozlar: Fortepiano, o'zbek xalq miliy cholg'u asboblari, texnika vositalari, asarning elektron varianti, mavzuga oid ko'rgazmalar.
Faoliyatning borishi:
1- mashg'ulot
1. Asar muallifi haqida ma'lumot berish ;
2. Raqs harakatlarini ko'rsatib berish ;
3. Musiqa rahbariga ergashib harakatlarni bajarish.
Qo'shimchа: raqs harakatlarini aniq va ifodali, usullarga mos bajarish.. Alohida e'tibor qaratiladi: raqs harakatlarini mustaqil ravishda ritmlarni his qilib aniq bajarilishiga e'tibor berish.
1. Musiqa rahbariga ergashib raqs harakatlarini bajarishni mustahkamlash.
2. O'zlashtirilgan raqs harakatlarini musiqaga mos ritmda bajarish. Qo'shimchа: yakka va birgalikda bolalar bilan musiqaga mos raqs harakatlarini bajarish. Alohida e'tibor qaratiladi: raqs harakatlarinning aniq bajarilishiga e'tibor berish.

Yüklə 4,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə