|
Nutq va muloqot tayyorladi: Dilshodbek Abduqodirov
|
səhifə | 1/2 | tarix | 29.11.2023 | ölçüsü | 64,94 Kb. | | #140355 |
| NUTQ VA MULOQOT D.A Tayyorladi: Dilshodbek Abduqodirov Rustamov Diyorbek Qabul qildi: Farhod Mamajonov - Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi.
- Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir.
- Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar.
- Muloqot maqsadi – bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. Hayvonlarda muloqot maqsadi bo‘lib boshqa tirik jonzotni ma’lum harakatga chorlash, u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi ogohlantirish xizmat qilishi mumkin. Masalan, ona o‘z tovushi yoki harakati bilan bolasini xavfdan ogoh etishi mumkin; podadagi ba’zi hayvonlar boshqalarni ularga hayotiy muhim daraklar etib kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin.
- Muloqot, odatda, beshta: shaxslararo, kognitiv, kommunikativ-axborotli, emotiv va konativ tomonlarining birligida namoyon bo‘ladi.
- Muloqotning shaxslararo tomoni insonning bevosita atrof-muhiti: boshqa odamlar va o‘z hayotida bog‘liq bo‘ladigan umumiyliklar bilan o‘zaro ta’sirini aks ettiradi.
- Muloqotning kognitiv tomoni suhbatdoshning kim, qanday odam ekanligi, unlan nima kutish mumkinligi haqidagi, shuningdek, sherikning shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ko‘pgina savollarga javob berish imkonini beradi.
- Muloqotning kommunikativ-axborotli tomoni tasavvurlar, g‘oyalar, qiziqishlar, hissiyotlar, mayllar va sh.o‘.lari turlicha bo‘lgan odamlar o‘rtasidagi almashinuvdan iborat.
- Ta’kidlab o‘tish lozimki, odamlarning amaliy faoliyatida muloqotning quyidagi turlarini ajratadilar:
- 1. «niqoblar aloqasi» - suhbatdoshning shaxs xususiyatlarini tushunish va hisobga olishga intilish mavjud bo‘lmagan rasmiy muloqot bunda haqiqiy hissiyotlar, istaklar, munosabatlarni yashirish imkonini beruvchi rasmiy iboralar, odatiy xushmuomalalik, dimog‘dorlik niqoblari, yuz, imo-ishora ifodalarining to‘plami qo‘llaniladi.
- 2. Oddiy muloqotda boshqa odamga zarur yoki xalal beruvchi ob’ekt sifatida baho beradilar: agar zarur bo‘lsa, aloqaga faollik bilan kirishadilar, agar xalal beradigan bo‘lsa, – itarib yuboradilar, yoki tahdidli qo‘pol iboralarni qo‘llaydilar.
- 3. Rasmiy-rolli muloqot – bu sheriklarning ijtimoiy rollari darajasidagi muloqot (boshliq – qo‘l ostidagi xodim, sotuvchi – xaridor, servis xizmati xodimi – mijoz). Bunda ma’lum qoidalar va xohishlar asosida ish yuritilib, muloqot mazmuni va vositalari ularga bo‘ysundirilgan.
- 4. Boshqariladigan muloqot suhbatdoshning shaxs xususiyatlaridan kelib chiqib, turli usullarni ( xushomad, qo‘rqitish, aldov va boshqalar) qo‘llagan holda undan foyda olishga qaratilgan.
- 5. Dunyoviy muloqot – bu turning mohiyati biror mavzuga oid bo‘lmasligidan iborat, ya’ni, odamlar o‘z fikrlarini emas, balki bunday vaziyatlar uchun umumiy bo‘lgan fikrlarni bildiradilar.
- 6. Havoyi muloqot – bu muloqot uchun muloqot.
- 7. Do‘stlarning ma’naviy, shaxslararo muloqoti vaqtida istalgan mavzuni qo‘zg‘atish va bir-birlarini yuz ifodasi, tovush ohangi va harakatlar yordamida tushunish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |
|
|