Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi. Katta portlash va infillyatsiya nazariyalari



Yüklə 9,24 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü9,24 Kb.
#163068
Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi. Katta portlash va infil-fayllar.org


Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi. Katta portlash va infillyatsiya nazariyalari

Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi. Katta portlash va infillyatsiya nazariyalari.
Reja:
1.Olamning umumiy tuzilishi.
2. Koinot modellari.

3. Koinotdagi ob’yektlar.

Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi. Katta portlash va infillyatsiya nazariyalari

Hayot paydo bo’lgandan beri tungi osmondagi son — sanoqsiz yulduzlar, oy va quyosh tutilishlari, nur sochuvchi va boshqa kichik osmon jisimlari bilan bog’liq holatlar insoniyatni o’ylantirib kelgan. Hozirga kelib koinotdagi barcha modda yulduzlar, yulduzsimon tuzilmalar, planetalar, planetalararo gazlar va koinot nurlari ko’rinishda majudligi ma’lum. Astronomiya ma’lumotlariga ko’ra bu obyektlarning yoshi bir necha o’n milliard yilga tyeng. Agar bu vaqtni uzunlik birligida ifodalasak 1010йил= 1028см= пс ga tyeng bo’ladi. Bu kattalik signali bizgacha yetib kelishi mumkin bo’lgan osmon jismlarigacha bo’lgan masofadir. Koinotning bunday ko’rinadigan qismiga Metagalaktika deyiladi. Yulduzlar to’planib galaktikalar hosil qiladi. Koinot ning 1026 SM radiusli qismida 104 ta galaktigada joylashgan va ular orasidagi o’rtacha masofa sm ga tyeng. Galaktikalar turli formaga ega. Bizning galaktikamiz Somon yo’li deb ataladi va u qo’shni andromeda tumanligi, Katta va Kichik magellan bulutlari, hamda yana 20 tacha galaktika bilan birgalikda galaktikalarning mahalliy gruppasini tashkil qiladi. Koinotning dastlabki modeli statsionar model bo’lib, unga ko’ra koinotning bizga ma’lum qismi cheksiz davriy takrorlanib davom etadi. Lekin 1922 yili A.Fridman Eynshteynning nisbiylik nazariyasi asosida Metagalaktikaning kengayishini asosladi. 1929 yili esa Xabbl dopler — effekti yordamida galaktikalarining bir — biridan uzoqlashayotganligini ko’rsatdi. Unga ko’ra бунда doimiysi bo’lib, u faqat vaqtga bogliq. Bunga ko’ra metagalaktikaninig yoshi


yilga teng.
Koinot nurlari metagalaktikada haotik magnit maydoni ta’sirida sochilib, o’ziga xos trayektoriya bilan hapakatlanali. Bu harakat diffusion harakat ga o’xshaydi.
Diffuziya koeffitsiyenti ga tyeng bo’lib, u son jihatidan zarrachaning vaqt birligidagi siljishining o’rtacha kvadrati yarmiga teng, ya’ni ga kelamiz.
Agar yugurish yo’li va yil desak, yilga ga tyeng bo’ladi. Demak, metagalaktikamiz mavjud bo’lgandan beri Yerga yorug’lik yiliga tyeng masofalardagi signallar yet ib kelishi mumkin.
Metagalaktikadagi jarayonlar gigant portlash natijasi deb qaraladi. Dastlab juda yuqori zichlik va tyemperaturaga ega bo’lgan matyeriya portlashi sababli olam yaralgan deb taxmin qilinadi. Dastab energiyalarda leptokvarklar va unversal o’zaro ta’sir tashuvchilari mavjud bo’lgan. Keyinchalik tyemperaturaning sovushi sababli universal o’zaro ta’sir kuchsiz, elektromagnit va kuchli ta’sirlarga ajralgan. Bunda mavjud matyeriya kvarklar, glyuonlar, leptonlar va fotonlardan iborat bo’lgan. Ular barchasi tyermodinamik muvozanatda bo’lishgan. Temperaturaning keyingi pasayishi natijasida kvark —glyuon plazma adronlarga aylangan va yadro hamda yulduzlar hosil bo’lgan. Hozirda mavjud koinot relikt nurlanishni dastlabki davrda modda bilan muvozanatda bo’lgan elektromagnit nurlanishning «qoldig’i» deb qarash mumkin. Bu koinotning nostatsionar modelini asoslovchi fakt hisoblanadi.
Endi Galaktikamiz haqida gapiradigan bo’lsak, u 100 milliardga yaqin yulduzlardan tashkil topgan. U spiral ko’rinishga ega bo’lib, radiusi 30 Kps ga teng. Spiral aylanma harakatda bo’lib, Quyosh yaqinida, ya’ni markazdan 10 Kps masofada , uning aylanma tyezligi 200 km/s tyeng. Galaktikaning aylanish davri 275 mln. yilga tyeng. Yulduzlararo muhit gaz (asosan, vodorod va geliy ) va changliklardan iborat . Gazning zichligi 1 atom/sm3 va undan kamroq bo’lib, uning 3% ionlashgan. Gaz bulutlari zichligi esa ga teng, elektronlarniki va ular temperaturasi 100 K ga teng.
Quyosh Galaktikamizdagi 100 milliard yulduzlardan biri bo’lib, massasi radiusi , o’z uqi atrofida aylanish davri 27 sutkaga tyeng. Uning nur sochishi ga teng. Quyoshning sirti fotosfera deyiladi, undan keyingi qalinlikdagi qismi xromosfera deyilib, keyin Quyosh toji — Quyosh atmosferasining yanada siyraklashgan va ionlashgan qismi boshlanadi. Quyoshda juda kuchli portlashlar bo’lib, bunda at mosferaga ajralib chiqqan moddalar energiyasi 1033 erg gacha yetadi. Quyosh aktivligi 11 yillik davrga ega, Quyosh magnit maydoniga ega bo’lib, uning ta’siri Quyosh sistemasi chegarasigacha seziladi, va bu sohaga geliosfera deyiladi.

Quyosh energiyasi vodorodning ga aylanish termoyadro reaksiyasi hisobidan deb qaraladi. Bunday reaksiya temperaturadan yuqori haroratda sodir bo’ladi. Vodorodning har bir ga aylanishida 2 ta e hosil bo’ladi. Devis tajribasi natijasiga ko’ra, e oqimi nazariyaga qaraganda 3 marta kamligi aniqlandi. Hozircha bu muammo hal qilingan yo’q. Nazariy jihatdan bunga neytrino ossilyatsiyasi sabab bo’lishi mumkin degan fikrlar ham mavjud. Bir necha o’n yillarda galaktikada o’ziga xos hodisa sodir bo’ladi. Bu o’ta yangi yulduzlarning tug’ilishidir. Ular gaz bulutlarining zichlashishi bilan sodir bo’ladi deb qaraladi. Bu yulduzlar bir necha oydan keyin so’nadilar. Lekin bir necha yuz yillar davomida ularning qoldiq yorugligini kuzatish mumkin. Bundan tashqari koinotda qora tuynuklar deb ataluvchi ob’yektlar ham mavjudligi aytilmoqda. Odatda yulduzlar o’z faoliyati oxirida sunib, o’z gravitatsion kuchlari ta’sirida siqilib , juda yuqori zichlikka va kichik razmerga ega bo’lishadi. Bu ob’yektlarning gravitatsiya maydoni juda yuqori bo’lganidan ulardan hech narsa, hatto yorug’lik ham uchib chiqa olmaydi. Shu sababli ular «qora tuynuklar» deb nomlanadi.


Ular ga teng radiusga ega bo’lishadi. Bunga Shvarsshild radiusi deyiladi. Bu yerda G — gravitatsiya doimiysi, M —ob’yekt massasi va s —yorug’lik tyezligi. Quyosh energiyasining manbai ham uning markazida qora teshik borligidan degan gipotyezalar ham mavjud. Chunki bunday ob’yektga tushgan jismlar va zarralar tezlanishli harakat qiladilar va bunda o’zlaridan nur chiqaradilar. Lekin haligacha ular kuzatilmagan.
Koinotdagi ob’yektlarning o’ziga xos xususiyatga ega bo’lganlaridan biri pulsarlardir , ya’ni neytron yulduzlar. Ular juda katta magnit momentga ega bo’lib, katta tyezlikda aylanadilar. Shu sababli ma’lum chastotali radionurlanish tarqatadilar. Ular chastotasi 2 dan 200 Gs gacha bo’lib, massasi quyosh massasiga tyeng, radiusi esa 10 — 30 km bo’ladi. Pulsarlar sirtida magnit maydon kuchlanganligi 10 Gs ga tyeng, hozirda ular koinot nurlarini tyezlatuvchi manbalardan biri sifatida qaralmoqda.

Endi koinot nurlarini yaxshiroq tushunish uchun metagalaktikadagi nurlanish spektrini qaraymiz. Energiyasiga qarab bu nurlarni quydagi tartibda joylasht irish mumkin.


1.  Nurlanish
2. Rentgen nurlanish 1ekv < Ye < 1Mev
3. Optik diapazondagi nurlanish
4. Mikroto’lqinli nurlanish
5. Radionurlanish > 1m,
Koinot da shunday obyekt lar borki ular radiodiapazonda optik diapazonga qaraganda ko’proq nur sochadilar. Oddiy obyektlar (galaktikalar) optiq diapazonda radiodipazonga qaraganda million marta ko’proq nur sochadi. Lekin bunday nurlanish elektronlarning obyektlar magnit maydonidagi harakati natijasida yuzagakeladi deb qaraladi. Lekin ular tabiati hozirgacha noaniq. Bunday yulduzsimon obyektlar kvazarlar deb ataladi. Ular juda kam tarqalgan va juda uzoq masofalarda joylashgan. Hozirda kvazarlar koinot nurlari generatori sifatida qaralmoqda.

Xulosa:
Quyosh energiyasi vodorodning ga aylanish termoyadro reaksiyasi hisobidan deb qaraladi. Bunday reaksiya temperaturadan yuqori haroratda sodir bo’ladi. Vodorodning har bir ga aylanishida 2 ta e hosil bo’ladi. Devis tajribasi natijasiga ko’ra, e oqimi nazariyaga qaraganda 3 marta kamligi aniqlandi. Hozircha bu muammo hal qilingan yo’q. Nazariy jihatdan bunga neytrino ossilyatsiyasi sabab bo’lishi mumkin degan fikrlar ham mavjud. Bir necha o’n yillarda galaktikada o’ziga xos hodisa sodir bo’ladi. Bu o’ta yangi yulduzlarning tug’ilishidir. Ular gaz bulutlarining zichlashishi bilan sodir bo’ladi deb qaraladi. Bu yulduzlar bir necha oydan keyin so’nadilar. Lekin bir necha yuz yillar davomida ularning qoldiq yorugligini kuzatish mumkin. Bundan tashqari koinotda qora tuynuklar deb ataluvchi ob’yektlar ham mavjudligi aytilmoqda. Odatda yulduzlar o’z faoliyati oxirida sunib, o’z gravitatsion kuchlari ta’sirida siqilib , juda yuqori zichlikka va kichik razmerga ega bo’lishadi. Bu ob’yektlarning gravitatsiya maydoni juda yuqori bo’lganidan ulardan hech narsa, hatto yorug’lik ham uchib chiqa olmaydi. Shu sababli ular «qora tuynuklar» deb nomlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Google uz .


  2. Fizika kursi.




http://fayllar.org
Yüklə 9,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə