O'lchash usullari to'g'risida reja



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə1/2
tarix09.09.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#121547
  1   2
4--Маьруза


O'lchash usullari to'g'risida


REJA:
1. O‘lchashlarning usullari va turlari.
2. O‘lchash vositalari va ularning turlari.
3. O‘lchash asboblari
Tayanch so‘zlar: o‘lchash obekti, o‘lchash usuli, o‘lchash vositasi, o‘lchov, o‘lchash asbobi. O‘lchashlarning usullari va turlari Kattalikning sonli qiymatini odatda o‘lchash amali bilangina topish mumkin, ya’ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi.
O‘lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki. unda o‘lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan, miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi. Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, o‘lchash bu har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik eksperimentdir; uchinchidan - o‘lchash jarayonida o‘lchanadigan kattalikning o‘lchov birligi ishlatilishidir. Demak, o‘lchashdan maqsad, o‘lchanadigan kattalik bilan uning o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi (tafovutni) nisbatni topishdir. YA’ni, o‘lchash jarayonida o‘lchashdan ko‘zda
tutiladigan maqsad, ya’ni izlanuvchi kattalik, bu shunday asosiy kattalikki, uni aniqlash butun izlanishni, tekshirishni vazifasi, maksadi xisoblanadi va o‘lchash obekti ishtirok etadi. O‘lchash obekti (o‘lchanadigan kattalik) shunday yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki bu shunday qurilmaki, uning yordamida o‘lchanadigan kattalik solishtiriladi.
Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; o‘lchash, o‘lchash jarayoni va o‘lchash usuli. O‘lchash - bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya qabul qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo‘llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir. O‘lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bo‘lmasin). O‘lchash usuli esa - bu fizik eksperimentning aniq ma’lum struktura yordamida, o‘lchash vositalari yordamida va eksperiment o‘tkazishning aniq yo‘li, algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir. O‘lchash odatda o‘lchashdan ko‘zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analiz qilish asosida bevosita o‘lchash obekti (o‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O‘lchash jarayeni yordamida esa shu o‘lchash obekti to‘g‘risida informatsiya hosil qilinadi va nihoyat ba’zi matematik kayta ishlash yo‘li bilan o‘lchash maqsadi haqida yoki izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (o‘lchash natijasi) olinadi. O‘lchash natijasi - o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi. X=n[x], bu yerda X — o‘lchanadigan kattalik n — o‘lchanayotgan kattalikning qabul . kilingan o‘lchov birligidagi son kiymati; [x] — o‘lchash birligi O‘lchash jarayonini avtomatlashtirish munosabati bilan o‘lchash natijalari o‘tkazmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron hisoblash mashinalariga yoki avtomatik boshqarish tizimlariga berilishi mumkin. Shuning uchun, keyingi paytlarda, ayniqsa, kibernetika sohasidagi mutaxassislarda o‘lchash haqidagi tushuncha quyidagicha ta’riflanadi. O‘lchash — bu izlanayotgan kattalik haqida informatsiya qabul qilish va o‘zgartirish jarayonidir. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad shu o‘lchanayotgan kattalikning ishlatish, o‘zgartirish, uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay formadagi ifodasini ishlab chiqishdir. O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexaniq, issiqlik, akustik va x.k. O‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari (yo‘llari) mavjuddir. Quyida shu yo‘llar bilan tanishib chiqamiz. Bevosita o‘lchash - O‘lchanayotgan kattalikning qiymatini tajriba ma’lumotlaridan bevosita topish. Masalan, oddiy simobli termometrda yoki lineyka yordamida o‘lchash.
u = s x;
Bunda: u - muayyan birlikda ifodalanyotgan o‘lchanayotgan kattalikning qiymati;
s - shkalaning bo‘lim qiymati;
x - shkaladan olingan qaydnoma.
Bilvosita o‘lchash- Bevosita o‘lchangan kattaliklar bilan o‘lchanayotgan kattalik orasida bo‘lgan ma’lum bog‘lanish asosida katalikning qiymatini topish..
Masalan, tezlikni o‘lchash.
u = f (x1 x2 ...xn).
Majmuiy o‘lchash - Bir necha nomdosh kattaliklarning birikmasini bir vaqtta bevosita o‘lchashdan kelib chiqqan tenglamalar tizimini yechib, izlanayotgan qiymatlarni topish. Masalan, har xil tarozi toshlarining massasini solishtirib, bir toshning ma’lum massasidan boshqasining massasini topish uchun o‘tkaziladigan o‘lchashlar, xarorati qarshilik termometri orqali o‘lchash
Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə