O’quvchilarni milliy-ma’naviy tarbiyalashda umumiy pedagogikaning ahamiyati



Yüklə 23,15 Kb.
tarix17.12.2023
ölçüsü23,15 Kb.
#149992
2 tarbiya


2-mavzu
O’quvchilarni milliy-ma’naviy tarbiyalashda umumiy pedagogikaning ahamiyati
Reja
1. Oʼquvchilarda maʼnaviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari.
2. Tarbiyalashda umumiy pedogogikaning ahamiyati.
3.Tarbiya metodlari
Ma’naviy-axloqiy tarbiya - yagona ijtimoiy tarbiya jarayonining tarkibiy qismi. Jamiyat tomonidan insonlar xulqining boshqarilishiga zarurat ikki o'zaro bog‘liq vazifani shart qilib qo‘yadi: birinchidan, jamiyat ongida me’yorlar, tamoyillar, ideallar, adolat, ezgulik va yovuzlik kabi tushunchalar ko‘rinishida aks etadigan va asoslanadigan axloqiy talablarni ishlab chiqish; ikkinchidan, inson o‘z xatti-harakatlarini yo‘naltirishi va nazorat qila olishi, shuningdek ijtimoiy xulqni boshqarishda ishtirok eta olishi, ya’ni boshqa kishilarga talab qo‘ya bilishi va ularning xatti-harakatlarini baholay olishi uchun bu talablarni hamda ular bilan bog‘liq tasavvurlarni har bir inson ongiga singdirish. Aynan shu ikkinchi vazifa insonda shaxsning tegishli e’tiqod, ma’naviy moyilliklar, his- tuyg‘ular, odatlar, barqaror axloqiy sifatlarni shakllantirishdan iborat bo‘lgan axloqiy tarbiya orqali hal qilinadi. U yoki bu jamiyatda ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonining mazmuni uning maqsadlari bilan belgilanadi. Bu maqsadlar ijtimoiy munosabatlar tavsifi bilan belgilanadi. O'quvchilarda ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirish ularning ma’naviy dunyosini, ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash hamda rivojlantirishni taqozo etadi.
O‘quvchilarni axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
1) o‘quvchilarda axloqiy his-tuyg‘ular va xatti-harakatlami tarbiyalash;
2) xulq madaniyati va ijobiy his-tuyg‘ularni tarbiyalash;
3) axloqiy xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirish. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:
1 .ma’naviy- axloqiy tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi;
2. ta’lim-tarbiya ishiga o'quvchi shaxsini hurmat qilgan holda yondashish;
3. ma’naviy-axloqiy tarbiyani hayot va amaliyot bilan bog'lab olib borish;
4. o'quvchilarning faolligi;
5. jamoada tarbiyalash;
6.tarbiyaviy ishning tizimliligi va izchilligi;
7.tarbiyaviy ishning ta’sirchanligi;
8. oila, ta’lim muassasasi, davlat va nodavlat tashkilotlar hamda kattalar tarbiyaviy ta’sirining birligi;
9. o‘quvchidagi ijobiy sifatlarga suyanish;
10. o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko‘zda tutish.
Tarbiyaning zamonaviy tamoyillari - tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasida subyekt munosabatlarining o‘rnatilishi, dialog nuqtai nazariga muvofiq tarzda shunday xulosaga kelindiki, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun psixik jarayonlarga (inotivasiya, anglash, interiorizasiya va boshqalar) tashqi ta’sirlar ichki, individual-shaxsiyga organik va mustahkam aylanadigan pedagogik shart-sharoitlami yaratish zarur.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari. Ma’naviy-axloqiy tarbiyada turli metod va usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ma’naviy- axloqiy tarbiya metodlari deganda, o'quvchilarning axloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga, ularda madaniy xulq va ijobiy munosabatlarni, shaxsning axloqiy his- tuyg‘ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usullari yig'indisidir. Ma’naviy- axloqiy tarbiya metodlarini shartli ravishda quyidagicha tasnif etish mumkin: Ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish metodlari: hikoya, tushuntirish, etik suhbat, izohlash, nasihat, o‘git, ko‘rsatma, namuna va boshqalar. Ma’naviy-axloqiy xulq-atvorni shakllantirish metodlari: mashq, o‘rgatish, pedagogik talab, tarbiyalovchi vaziyat, topshiriq va hakozolar. Ma’naviy-axloqiy motivatsiyani hosil qilishga doir metodlar: rag‘batlantirish, musobaqa, tanbeh berish kabilar.
Axloq (arabcha - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun- qoidalar majmuidir. Axloq - shaxs yoki guruh faoliyatini baholash orqali jamiyatdagi munosabatlami boshqarish mexanizmi. Axloq shunchaki munosabatlarni tartibga keltirish uchungina emas, balki ularni uyg‘unlashtirish uchun ham zarur. Munosabatlarni boshqarish ikki xil usul bilan amalga oshiriladi: xulq-atvorni rag‘batlantirish va jazolash. Ezgulik, tartiblilik, haqqoniylik, rostgo'ylik, adolatlilik, mehnatsevarlik, jamoaviylik kabi sifat va xususiyatlarni o'zida birlashtirgan shaxs tavsifi axloqiy tamoyillar deb ataladi. Hayotda qoida sifatida qabul qilingan talablardan kishilar o’zlariga odamlar orasidan namuna tanlaydi. Bu axloqiy ideal deb ataladi. Axloqning asosiy qirralari (tamoyillari) - birdamlik (shaxsiy manfaatlarning umumiylikning yuqori ko‘rinishi sifatidagi ijtimoiylikka bo‘ysundirilishi) va insonparvarlik (shaxsga o‘z- o‘ziga qadriyat va yakuniy maqsad sifatida munosabatda bo'lish).
• Tarbiya haqida tushuncha. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. yosh avlodni tarbiyalashda nimalarga e’tibor qaratmoq lozim? Bunday masalalarni hal etishda avvalo mamlakatimizda siyosiy-ijtimoiy sohalarda yuz berayotgan islohatlar mohiyatini chuqur va atroflicha mushohada qilib olishga to‘g‘ri keladi. Chunki davr ham, inson tarbiyasi ham o‘zgarib bormoqda. Ayniqsa, XXI asr insoniyat tarixida kompyuter davri bo‘lib kirib keldi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning yaxlit tarzda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasi amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o‘zlashtiriladi. Shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitdir, tizimlilik harakteriga ega bo‘lishi mumkin.
• Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilishi o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishi talab qiladi.
Ikki tomonlama aloqa ikki yoʼnalishda, yaʼni oʼqituvchining oʼquvchiga nisbatan koʼrsatadigan taʼsiri (toʼgʼri aloqa) hamda oʼquvchining oʼqituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarizda tashkil etadi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiyasi nazariyasi g‘oyasiga muvofiq endilikda o‘quvchi tarbiya jarayonining ob’ektigina bo‘lib qolmasdan, sub’ektiv sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. SHuning uchun o‘qituvchi o‘quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo‘layotgan tashqi ta’sirlar, axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda, mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlar samarasiz yakunlanadi.
Mana shunday tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati – tarbiyada qarama-qarshiliklarning mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu qarama-qarshiliklar o‘quvchilarda o‘z tushunchalariga muvofiq paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar o‘rtasida yoki o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o‘rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.
Bundan tashqari bu qarama-qarshiliklar koʼpincha bolaning ongi bilan xulqi bir biriga muvofiq bo’lmasligidan oʼqituvchi va tarbiyachilarning oʼquvchilar yosh va shaxsiy pisixologik xususiyatlari (fel-atvori, harakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy va fiziologik sogʼlomligi) ni yaxshi bilmasligi oqibatida kelib chiqadi.
Demak, tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etidi:
• 1) aniq maqsadga yo‘naltirilgan jarayon;
• 2) ko‘p qirrali jarayon;
• 3) uzoq muddatli jarayon;
• 4) yaxlit tizimlilik jarayon;
• 5) ikki tomonlama aloqa jarayoni;
• 6) qarama-qarshiliklardan iborat jarayon.
Tarbiya nazariyasida tarbiya metodi - tarbiya vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro aloqador faoliyati yo‘li ekanligi ta’kidlab o‘tilgan. Bu tarbiya jarayonini tarbiyaning asosiy qonuniga mosligini, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro aloqador faoliyati sifatida tushunishni ifodalaydi. O‘qituvchi, tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarni faoliyatini tashkil etish orqali tarbiyalaydilar. Bundan ko‘rinadiki, tarbiyachilar tarbiyalanuvchilar faoliyatini tashkilotchisidir. Shuning uchun tarbiya metodi bolaga pedagogik ta’sir etish vositasi sifatida aniqlanadi. Masalan, I.F.Harlamovning yozishicha tarbiya metodlari — bu o‘quvchilar ongini va motiv ehtiyojlarni rivojlantirish uchun tarbiyaviy ta’sir etish usul va yo‘llari yig‘indisidir. P.Pidkasiskiyning ta’kidlashicha tarbiya metodi - bu dunyoga va o‘ziga munosabatni shakllantirishga qaratilgan pedagog va tarbiyachi faoliyatini tashkil etish modelidir. Stolyarenko «tarbiya metodi pedagogik maqsadga erishish uchun tarbiyachi ongiga, hissiyotiga, xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatish yo‘l va usullaridir» - deb hisoblaydi. Uning fikricha tarbiya metodi pedagog faoliyati orqali amalga oshiriladi. Pedagoglar tarbiyalanuvchilarning turli faoliyatlarini tashkil etib, ishontirish, namuna, mashq, talab, jazolash va rag‘batlantirish orqali ta’sir etadilar. Mutaxassislar tarbiya metodlarini va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar metodlarini bir-biridan farqlaydilar. Taniqli pedagog Yu.K.Babanskiy va bir qator olimlar ta’lim va tarbiyani yagona bir butun pedagogik jarayon sifatida ifodalab, tarbiyasiz ta’lim mavjud emas deb hisoblaydilar. Shuning uchun butun pedagogik jarayon uchun yagona metodlar tizimini taklif etadilar.
Tarbiya usullari odatda metodni ajralmas bo‘lagi sifatida ifodalanib, aniq vaziyatlarda qo‘llaniladi. Masalan,rag’batlantirish metodi oʻquvchilarning harakatlarini ijobiy baholashni koʻzda tutadi. Ragʻbatlantirish quvonch, qoniqish, qanoatlanish kechinmalarini paydo qiladi, tetiklik va gʻayrat bagʻishlaydi, oʻz kuchiga ishonchni mustahkamlaydi, ijobiy xatti-harakatlarni ragʻbatlantiradi, oʻz faoliyati va xulqiga mas’uliyatini oshiradi. Ragʻbatlantirish metodlari xilma-xil boʻlib, ular tarkibiga ma’qullash, koʻngil koʻtarish, dalda berish, ishonch bildirish, qayd qilish, ogʻzaki va yozma tashakkur bildirish, mukofatlash va boshqalar kiradi.

Ragʻbatlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qoʻllanilishi lozim. Har qanday ragʻbatlantirish oʻquvchining jamoa oldidagi chinakkam xizmatlariga muvofiq boʻlishi lozim. Ragʻbatlantirish vaqtida oʻquvchining alohida xususiyatlarini, jamoada tutgan oʻrnini hisobga olish va u ketma-ket boʻlmasligi kerak. Haddan oshirib maqtash jamoaga nisbatan taqqoslash talabchanlikni boʻshashtirib yuborish, bular oʻquvchida manmanlik, xudbinlik sifatlarining yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Ragʻbatni tashkil etishda oʻquvchining muvaffaqiyati bilan birga uning jamoadagi oʻrni, axloqiy qiyofasi, shuningdek, mehnatga, jamoa topshiriqlariga, jamoaning oʻziga munosabati borasidagi jamoa fikrini inobatga olish ham talab etiladi.
Yüklə 23,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə