Innovatsion texnologiyalarning ta’lim maqsadini amalga oshirishdagi o’rni va rolini bilishi



Yüklə 23,73 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü23,73 Kb.
#138238
  1   2   3
4-Mavzu BTP


 Boshlang’ich sinf o’qituvchisi bola bilan har tomonlama ishlay olishi, boladagi barcha o’zgarishlarni psixolog nuqtai nazaridan baholay olishi va bola psixologiyasidan kelib chiqib dars mashg’ulotlarini tashkil etish lozim. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2018-yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganlaridek: “Umumiy o’rta ta’lim tizimini bugungi kun talablari asosida tashkil etish, farzandlarimizning har tomonlama kamol topishi uchun barcha sharoitlarni yaratish lozim. Hozirgi kunda faqat o’qituvchi mehnati va mahoratiga asoslanib tashkil etilgan ta’lim yaxshi samara bermasligi hech kimga sir emas”. Endi o’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchiga tayyor bilim berish emas, balki bilimlarni mustaqil egallashlariga ko’maklashishdan iborat. Buning uchun o’quvchilarning o’z qobiliyati va imkoniyatlarini to’la-to’kis namoyon etishlari va butun kuch –g’ayratlarini bilim olishga sarflashlari uchun imkon beradigan darajada ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish zarur. Yurtboshimiz Sh. Mirziyoev ta’kidlaganilaridek,”Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Haqiqatdan ham hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo’qotmaydigan bo’lib qolmoqda. Buning uchun, avvalo, boshlang’ich sinflarda o’sib kelayotgan yosh avlodga mukammal ta’lim-tarbiya berish zarur. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari kuchli pedagogik mahoratga ega bo’lishlari shart. Ular o’quvchilarni to’la darsga qamrab olishlari, dars jarayoniga qiziqtira olishlari lozim. Uzluksiz ta’lim jarayonida har bir o’qituvchi innovatsion usullardan foydalana olishi, uni amaliyotda tadbiq eta olishi lozim. Bu jarayonda o’qituvchiga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
-innovatsion texnologiya tushunchasini uning mazmun-mohiyatini bilishi;
-innovatsion texnologiyalarning ta’lim maqsadini amalga oshirishdagi o’rni va rolini bilishi;

Yüklə 23,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə