Innovatsion texnologiyalarning ta’lim maqsadini amalga oshirishdagi o’rni va rolini bilishi



Yüklə 23,73 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü23,73 Kb.
#138238
1   2   3
4-Mavzu BTP

So`zni tinglab top” o‘yiniga qo‘yiladigan didaktik topshiriq bolalarning fikrlash qobiliyatini o’stirish bilan birga eshitishsh qobiliyatini rivojlantiradi va topag’onlik xussusiyati oshirib xotirani charxlaydi. Bu o’yinda bir bola sinf xonasidan tashqariga chiqariladi va eshik ortida turishi aytiladi. Sinf xonasidagilar 3 guruhga bo’lingan bo’lsa 3 bo’g’inli so’z topishadi. M: “Mu-si-qa” yoki “ Is-tiq-bol” yoki yana h…. Har bir guruh tanlangan so’zni bitta-bitta bo’g’inini tanlab oladi va eshik ortida turgan o’quvchini xonaga kirishini aytishadi. O’quvchi kirishi bilan 3 guruh birdaniga tanlangan so’zni o’zlariga tegishli bo’lgan bo’g’inini bir vaqtda bir ovozdan aytishadi. O’quvchi bu paytda qaysi so’z aytilganini topishi kerak. Guruh a’zolari so’zni topish uchun 3 martagacha takrorlab berishlari mumkin. Shunda ham aytilgan so’z to’g’ri topilmasa o’quvchi chiqqan komanda yutqazgan hisoblanadi. Didaktik topshiriq darsga qo‘yiladigan umumiy maqsadning bir qismini tashkil qiladi. Har bir didaktik o‘yinning ham har qanday o‘yindagi singari qoidalari bo‘ladi. O‘sha qoidalarga amal qilinmasa, o‘yinning o‘yin sifatidagi tarbiyaviy va psixologik ahamiyati yo‘qoladi. O‘yin qoidalari o‘yin topshirig‘iga kiritiladi. O‘yin topshirig‘i – o‘qituvchining bolalarga o‘yinning qanday o‘ynalishini, kim g‘olibligini aniqlashdan iborat. “So`zni top” o‘yinida bolalarga uch bo`g`inli so`z toppish aytiladi. Bo`ginlar alohida qog`ozlarda yozib ko`rsatiladi. O‘yin qoidasi ovoz chiqarmasdan rasmda ko‘rsatilgan bo’ginlar birin ketin tartibsiz ko’rsatiladi. Bir o’quvchi ko’rsatilgan bo’g’inlardan yashiringan so’z nima ekanligini topadi. M: “Ter-val-in” – “In-ter-val” so’zi edi. “Niya-mo-gar”- “Gar-mo-niya” so’zi edi. «Qaysi belgi yashirindi?» o’yini. Bu o‘yinni boshlang’ich snflar bilan o‘tkazish mumkin. Bunday o‘yinlar turli usullarda o‘tkaziladi. Chunonchi: Bolalarda noto‘g‘ri tushuncha hosil bo‘ib qolmasligi uchun avval musiqada ishlatiladigan turli 10 ta belgilar ( pauza, chorak pauza, nuqta, krishendo, deiz, bemol, bekar, segma, va h…) ko’rsatiladi. So’ngra ulardan bittasi berkitiladi.Uni topish uchun doskaga bir o’quvchi chiqariladi va qiska vaqt ichida qaysi belgi yashiringanini topadi. Bu o’yinni o’tkazishdan maqsad bolalar musiqada ishlatiladigan belgilarni esga oladilar va vazifasini takrorlaydilar. CHunki boshlang’ich sinflarda musiqada ishlatiladigan belgilarni ijro davomida nima vazifani bajarishini ko’p unutib qo’yadilar. Bu o’yin orqali xotirada yaxshi saqlab qolishga erishadilar. “Bastakorni top!” o’yinida guruhlar alohida bo’linib olganlaridan so’ng birinchi guruh bitta qo’shiq nomini aytadi. Bastakori kim ekanligini ikkinchi guruh topadi. Bastakor nomi 1-2-3 deguncha aytilishi kerak. To’g’ri javob 5 ball bilan baholanib boriladi. So’ngra ikkinchi guruhga navbat beriladi. SHu tariqa o’yin davom etib oxirida yakuniy ballar hisoblanadi. Bunday o’yinlar chorak yakunida o’tkazilib turishi maqsadga muvofiq bo’ladi. CHunki o’rganilgan asar mualliflari yoki bastakorlari bolalarni yodlaridan chiqqanda yana bir karra eslatib qo’yish imkonini beradi. Yuqorida tavsiya etilayotgan didaktik o’yinlar ta’lim sifatini oshirish bilan birga zamonaviy darsga qo’yilgan talabni va o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi tenglik munosabatini yaxshilaydi, nutq madaniyati va bolalardagi darsga bo’lgan qiziqishni oshiradi.
Yüklə 23,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə