O’rta Osiyoda qadimgi diniy e’tiqodlar



Yüklə 138,76 Kb.
tarix26.05.2023
ölçüsü138,76 Kb.
#113308
ABDURAUF FITRATNING JISMONIY TARBIYA TO\'G\'RISIDAGI FIKRLARI


О' ZBEКISTON RESPUBLIКASI
OLIY VA O'RTA МAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
ALFRAGANUS UNIVERSITY




Sport faoliyati kafedrasi
"Jismoniy tarbiya va Olimpiya harakat tarixi" fanidan FANLAR FARQINI TOPSHIRISH
ABDURAUF FITRATNING JISMONIY TARBIYA TO'G'RISIDAGI FIKRLARI


Guruh: __ 21-03 _____


Bajaruvchi talaba: Kurganov M.


Qabul qiluvchi о' qituvchi: _______________
ТАSHКЕNТ-2023
ABDURAUF FITRATNING JISMONIY TARBIYA TO'G'RISIDAGI FIKRLARI
Reja:

  1. Abdurauf Fitrat hayoti va jimnoiy tarbiyaga qo’shgan fikr mulohazasi

  2. Abdurauf Fitrat qanday jismoniy tarbiya vositalarini tavsiya etgan?

  3. Fitrat jismoniy tarbiyaga, kishining salomat va baquvvat bo’lib tarbiyalanishiga qaratgan e’tibori.

2020 yil 25 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy bog‘ida barpo etilgan “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlarining ijrosini taʼminlash maqsadida “Fitrat” bog‘ida BuxDU Filologiya fakulteti va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Buxoro filiali bilan hamkorlikda A. Fitrat hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Hayot yo‘llarimizni yoritgan inson” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining Maʼnaviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i O.H.Bazarov, BuxDU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.M.Kadirov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi boshlig‘i Sh.S.Sulaymonov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini T.A.Rajabov, Filologiya fakultetining professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va talabalari qatnashdilar.A. Fitrat hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Hayot yo‘llarimizni yoritgan inson” mavzusida tashkil qilingan tadbirni Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining Maʼnaviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i O.H.Bazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. O.H.Bazarov Fitrat ijodining o‘rganilishi va uning asarlarining nashr qilinishi haqidagi vaziyat haqida yig‘ilganlarga maʼlumot berib o‘tdi. O.H.Bazarov Fitrat ijodini o‘rganish bo‘yicha va qomusiy olim haqida qilinayotgan ilmiy ishlarni yuqori baholadi. O.H.Bazarov o‘z lavozim vazifalaridan kelib chiqqan holda barcha tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirib o‘tdi. BuxDU da “Fitrat” ko‘krak nishonini joriy qilish haqidagi fikrlarni qo‘llab-quvvatladi, Fitrat muzeyini tashkil qilish bo‘yicha amaliy yordam berishga tayyorligini taʼkidladi va bu kabi tadbirlar ko‘plab o‘tkazilishi kerakligi haqida bir qator tavsiyalar berdi.Shundan so‘ng “Hayot yo‘llarimizni yoritgan inson” mavzusida maʼruza qilish uchun so‘z navbati O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi boshlig‘i Sh.S.Sulaymonovga berildi. Sh.S.Sulaymonov Fitrat hayoti va ijodi haqida yig‘ilganlarga qiziqarli maʼlumotlar aytib berdi. Qomusiy olim Fitratning hayot va ijod yo‘li haqida gapirib shoirning sheʼrlaridan yig‘ilganlarga o‘qib berdi. Fitratni ardoqlash va uning boshlab ketgan ishlarini davom ettirishga har bir filolog majbur ekanligi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Barcha professor-o‘qituvchilar, talabalar va ushbu ishga mas'ullar birgalikda harakat qilishlari lozimligini alohida taʼkidladi.Tadbir davomida Filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari: Sh.Axmedova, L.Sharipova, H.Safarova, M.Hojiyeva, T.Rajabovlar, O‘zbek adabiyoti kafedrasi doktorantlari: N.Qodirova, N.Norovalar Fitrat hayoti va ijodining turli qirralari haqida maʼlumotlar berdilar. Maʼlumotlar asosida qizg‘in bahs-munozaralar tashkil qilindi. Filologiya fakulteti talabalari tomonidan Fitrat ijodiga mansub sheʼrlardan yod aytildi.Tadbirni yakunlab berish uchun so‘z navbati BuxDU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.M.Kadirovga berildi. A.M.Kadirov tadbirga juda katta tayyorgarlik ko‘rilgani va tadbirning yuqori saviyada o‘tganligini taʼkidladi. Fitrat bog‘ining yangi dizaynini yaratish borasida o‘zining tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi. Bu kabi tadbirlarni BuxDU da ko‘plab tashkil qilish borasida o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. A.M.Kadirov Filologiya fakulteti jamoasi tomonidan A. Fitrat hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Hayot yo‘llarimizni yoritgan inson” mavzusida tashkil qilingan tadbirni yuqori baholab, barcha tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdi.
Abdurauf Fitrat (1886-1934). Abdurauf Abdurahim o‘gii Fitrat Buxoro shahrida tug‘ilgan. «Fitrat» Abduraufning adabiy taxallusi bo‘lib, bu so‘z tug‘ma tabiat, tug‘ma iste’dod degan ma’noni anglatadi. XX asr boshlarida butun Sharqda bo‘lgani kabi Buxoroda ham ijtimoiy fikr taraqqiyotida jiddiy uyg‘onish boshlanib, ma’rifatparvar jadidchilik harakati keng yoyiladi. Amir boshqaruvining qattiqqo‘lligi Buxoro jadidlarini maxfiy jamiyat tuzishga majbur qilgan edi. Buxoroda jadidlar «Yosh buxoroliklar» nomi bilan ish olib borgan. Fitrat «Yosh buxoroliklar» harakatining rahbarlaridan biri edi. Yosh buxoroliklar o‘z faoliyatlarining boshlarida yangi usuldagi maktablar ochib, ularda boy hamda kambag4 allarning bolalarini o‘qitdilar. Abdurauf Fitrat 1909-yilda «Jamiyati xayriya»ning ko‘magida Turkiyaga o‘qishga ketadi. 1913-yil to'rt yillik o‘qishdan so'ng Fitrat Turkiyadan Buxoroga qaytib keladi. U Turkiyadan ilg'or qarashlar bilan qaytgan edi. Fitrat 1916-yili «Oila» nomli falsafiy asarini yozadi. Fitrat 19221923-yillarda Buxoro Xalq Respublikasidan Germaniyaga, Turkiyaga talabalar yuborish, ilg‘or Yevropa ta’lim-tarbiyasi, ilm-fan, texnika sirlarini o‘rganish, yangi Buxoro Xalq Respublikasi va Turkistonda maorif va madaniyatni rivojlantiruvchi mahalliy kadrlar tayyorlash ta- shabbuskori va tanlovchilaridan biri bo‘lgan. Leningrad Davlat uni- versiteti 1924-yilda Fitratga o‘zbek va tojik mumtoz adabiyotlari namo- yondalari to‘g‘risidagi ilmiy tadqiqotlari uchun professor unvonini bergan. Fitratning «Rahbari najot» asari ham to‘la ravishda ta’lim-tarbiya masalalariga bag'ishlangan. Ayniqsa, asarning uchinchi bobi oila, bola tarbiyasi, axloq-odob mavzulariga bag‘ishlangan bo1 lib, bu masalalar hozirgi davrda ham katta ma’rifiy ahamiyatga egadir.
Fitrat ota-onaning vazifasi o‘z bolalarini yetuk kishilar qilib tarbiyalashlari zarurligini uch tarbiyaga ajratgan: 4» Jismoniy tarbiya - salomatlik, 4» Aqliy tarbiya - sog‘lom fikrlilik, & Axloqiy tarbiya - axloqiy sano, ya’ni axloqiy poklikka e’tibor berish kerakligini ta’kidlagan. Abdurauf Fitrat jismoniy tarbiyaga, kishining salomat va baquvvat bo ‘ lib tarbiyalanishiga alohida ahamiyat bergan. U bolanf tug‘ilmasdan burun, ona qornidaligidanoq tarbiyani boshlash kerak, chunki shu 9 oy muddatda farzand ona qoni bilan tarbiyalanadi, deb uqtirgan. Keyinroq bola tug'ilgandan keyin Fitrat bolalaming toza1 havoda bo‘lishlari, atrof, tabiat go‘zalliklaridan estetik zavq ola bilishlariga ham ahamiyat beradi. Fitrat bolalaming jismoniy tarbiyasida turli harakatli o‘yinlar katta o‘rin tutishini ham aytib o‘tgan. Ota-onalarga o‘z bolalarining shunday o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishlarini ta’minlashterini maslahat bergan. U bu o‘yirilar orqali bolaga hayotni o'rgatish, aqliy va axloqiy tarbiya ham berish murrain, iasosiysi bolani jismonan chiniqtirish, deb bilgan. Fitrat yana bolalaming sog'lom, jismonan yetuk boiishlari uchun tozalikning ahamiyati juda kattaligini tushuntirib, bolalarga shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishni o‘rgatishni alohida ta’kidlab o‘tgan. Abdurauf Fitrat bunday ta’lim va tarbiyani, bolalarga yaxshi sharoitlar yaratib, ularning salomatliklari va yashashlari uchun g‘amxo‘rlikni faqat jadid maktablari berayotganini, lekin hukmron doiralar bu maktablarga qarshi chiqish bilan birga ular olib borayotgan ilg‘or ta’lim-tarbiya usullariga ham qarshi chiqayotganini, bu mak- tablami kofir maktabi deb, ularni faoliyat ko‘rsatishga qo‘ymayot- ganini ko‘rsatib o'tgan. Shu bilan birga, eski maktablarda buning aksi bo‘lib, bolalaming salomatliklari, ulaming jismonan chiniqishlari uchun hech qanday sharoitlar yaratilraaganligini ko‘rsatgan.22 Mustaqillik, demokratiya, ozodlik g‘ovalari Fitratnmg butun faoliyati va barcha asarlari va maqolalarida bosh maqsad bo‘lib qolganligi bilan hozirgi yoshlarimizga, ulaming mustaqil 0‘zbe- kistonning rivojlantirishlarida ibrat-namunadir.
Bu da'voingiz ma'lum bo'lsa-da, ammo to'g'ri emas. Dalil shulkim, kimning uyida moli bo'lsa, tekshirsa ko'radiki, yil davomida uning mollaridan bittasi ham kasal bo'lmagan, ammo farzandi hech bo'lmasa, uch marta xastalikka chalingan. Bas, ma'lum bo'ladiki, u kishi molining kasal bo'lmasligiga ko'proq e'tibor berar ekan. So'zingiz to'g'ri bo'lsa ham mening da'voimga hech zarari yo'q, chunki bolaning sog'lig'iga e'tibor berish ham farzand tarbiyasi bilan shug'ullanishni bildirmaydi. Haqiqatan, agar odam qo'y va eshakka o'xshab kamol topishi sog'liq, bilaklarining kuchliligi bilan chegaralanib Fitrat jismoniy tarbiyaga, kishining salomat va baquvvat bo’lib tarbiyalanishiga alohida e’tibor berishi ham bejiz emasdir: “Badan tarbiyasiga qadim zamonlardan boshlab katta ahamiyat berilgan. Insonning butun a’zosi salomat va quvvatga ega bo’lmasa, unda inson uzoq yashamaydi. Agar insonning tanasidagi a’zolaridan biriga halal tegsa, u kishi ishdan qo’lini tortib, boshqalarning muhtojiga aylanadi. Bizning farzandlarimiz ilm olish bilan birga, ularning badan tarbiyasiga ahamiyat berishi lozimdir”.
Fikr va aql insonni kamolotga yetkazadi va o’qish, o’rganish qobiliyati uni saodatmand qiladi. Insonning komil aqli yaxshilik muhokamasidir. Muhokama nima? Muhokama ikki qismga bo’linadi: birinchisi Kaziyyatxoi ma’lum (ma’lum bo’lgan hukm, voqea va hodisalar), ikkinchisi Kaziyatxoi majhul (noma’lum voqea va hodisalar)dan xulosa chiqarilishidir.
Fitrat yana bolalarning sog’lom, jismonan yetuk bo’lishlari uchun tozalikning ahamiyati juda kattaligini tushuntirib o’tadi: “Nazofat (tozalik) va pokizalik kattalar uchun qanchalik lozim bo’lsa, kichik bolalarga ulardan ko’ra o’n baravar zarurdir. Uning zarurligining ikki jihati bor. Avval bolalar kattalarga nisbatan oldinroq xastalik qobiliyatiga ega. Shuning uchun ifloslik har qanday bemorlikni keltirib chiqaradigan manba bo’lib, ifloslik kattalarga nisbatan bolalarga o’n barobar ziyon yetkazadi.
Odamning kamoli faqat sog'liq va kuchdan iborat bo'lmay, balki jismonan, aqlan va axloqan yuksalishdan iborat. Odamning jismi, aqli va axloqi turli kasallik va nuqsonlardan uzoq bo'lishi lozim. Odam ham o'z manfaatini o'ylab, ham yaqinlarini baxtiyor qilishga qodir bo'lib o'sishi lozim. Zotan, bu mantiqiy olishuvlarga nima hojat bor? Agarda ko'zingizni xurofot va manmanlik pardasi to'smagan bo'lsa, Buxoro va Buxoro ahliga nazar tashlang! Hamma narsa kundek ravshandir. O'rningizdan turingda, hikmat kamarini belingizga bog'lab, aql va hikmat mezoni bilan jismoniy, fikriy va axloqiy ahvollaringizni tekshiring. Aksar bunga hafsalamiz yetmaydi. Shunday bo'lsa menga hamrohlik qilsangiz, men shu xususda ham sizga yordam beraman.
Bismilloh! Uydan chiqib katta yo'l bilan Devonbegi hovuzining labiga borib, boshqa yo'l bilan uyga qaytib keldik. Bu sayohatimiz bir soat davom etdi. Ana shu sayohatimiz davomida diqqat qilgan bo'lsangiz, yo'l-yo'lakay o'ttiz-qirqta sil kasal, yigirma-o'ttizta tepakal, o'n-o'n bitta ko'r, soqov, shuncha oqsoq, kamida to'rt-besh shol va pesni uchratdik. Qolganlar sizningcha sog'-salomat edilar, ya'ni har qanday xastalikdan ozod edilar. Lekin mening nazarimda ular ham har xil kasalliklarga chalingan edilar. Ranglari o'chgan, qomatlari egik. Tanalari notavon, ikki yuz qadam yo'lni oh-voh bilan bosardilar. Uzoqqa bormaylik, ikkalamiz ham bir soatlik sayohatimiz chog'ida ancha charchadik. Hozir a'zoi badanlarimiz og'rimoqda. Xullas, xalqimizning sog'lig'i shu darajada.
Endi ularning fikriy ahvollarini tadqiq etaylik. Buxoro aholisi turli toifa va guruhlardan iborat. Ba'zilari mulla, ba'zilari sipohi. Bir guruh tijoratchi, bir toifa kosiblar va to'da dehqonlardan iborat. Ana shu guruhlarning fikriy ahvolini birma-bir tadqiq qilishimizga to'g'ri keladi. Boshida bu toifalar orasida mullalarning fikriy tarbiyalari yaxshidek ko'rinadi, ya'ni ularning aqliy qobiliyatlari boshqalarnikidan o'tkirroq va fikrlari boshqalarnikidan sog'lomroqdir. Vaholanki, ularning har biri yigirma-o'ttiz yil umrlarini mudrasalarda tahsil bilan o'tkazadilar, lekin o'qiganlarini sizlarga tushuntirib bera olmaydilar. Mabodo biror narsani tushuntirmoqchi bo'lsalar ham arabcha so'zlardan nutqlarini shunday to'ldirib tashlaydilarki, omma bu nutqni tushunmaydi. Ularning so'zlarini rad etsangiz, darrov tahqir va haqoratga o'tadilar, johil va kofirlikda ayblaydilar. Bu janoblarning ishlari muddaolarini isbotlashdan nariga o'tmaydi, vaholanki, umrlarinning yarmi mantiq ilmini o'rganishda o'tadi.
Ma'lumki, da'voni isbotlash uchun aql va mantiqdan boshqa vosita yo'q. Ularning qo'llaridan kelganda edi, o'z muddaolarini aql va mantiq yordamida tushuntirib berardiIar. Lekin bu ish qo'llaridan kelmaydi, ya'ni ular aqlli tarbiya qila olmaydilar. Aql va mantiq o'rniga esa johillikda ayblab, tahqir va so'kishni ushga soladilar. Bu jamoaning kazo-kazolari dunyoviy va maishiy ishlardan hech xabarlari yo'qdir. Ular bu jaholatni fazilat deb biladilar”.
Avom toifasining xoh tijoratchi bo'Isin, xoh sipohi, yo kosib, dehqon bo'Isin o'z kasb-korlari haqida maslaklari haqida bir fikr va ma'lumotlari yo'q. Qilayotgan ishlaridan maqsad nimaligini bilmaydilar. Qaysi vosita va usullar foyda keltirishini tushuntirmaydilar. Aksarlari hah ham Yaponiya imperatorini Buxoro amirining amakivachchasi deb biladilar. Mavqeini yo'qotgan Chin davlatini jahongir bir davlat deb biladilar. O'tmish va hozirni solishtirib, xarob bo'lgan bo'lsa, sababini izlab topib bartaraf qilish, obod va rivoj topgan bo'lsa, negizini yana ravojlantirish birontasining qo'hdan kelmaydi, miyalariga bunday fikrning o'zi kelmaydi.
Rus va farang (Ovro'po) mamlakatida har bir sipoh o'z amal va mansabiga muvofiq ilm sohibidir va foydasini ham biladi. O'zining martaba va darajasini ilmining natijasi va iqtidoridan deb biladi. Shu ham aniqki, agar o'z mulki va davlatiga xiyonat etsa, mansabi va unvonidan mahrum bo'­ladi.
Yüklə 138,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə