O’zbek Va Ingliz Tillaridagi Iqtisodiy Atamalarning Lingvistik Tahlili Va Tarjima Muammolari



Yüklə 116,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü116,91 Kb.
#161153
  1   2
411-413-ozbek-va-ingliz-tillaridagi-iqtisodiy-atamalarning-lingvistik-tahlil



International Simposium of Young Scholars (USA) 
This conference will be organized in the USA on 10 the of October and
the final proceeding will be provided on the 24th of October as a whole. 
411 
O’zbek Va Ingliz Tillaridagi Iqtisodiy Atamalarning Lingvistik Tahlili Va 
Tarjima Muammolari
 
Xamidova Durdona Muxtorovna, o’qituvchi 
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti 
 
Annotatsiya: 
Iqtisodyot borasida to’g’ri tuzilgan atamalar iqtisodiy asoslarini o’rganib borayotgan ko’p 
qatlamli aholi uchun iqtisodiy nazariyalarni to’g’ri tushunishda hamda o’z fikrlarini to’liq 
ifodalab berishda muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun aniq va puxta ishlab chiqilgan va 
umumlashtirilgan iqtisodiy atamashunoslikka bo’lgan talab vaqt o’tishi bilan yangilanib 
bormoqda. Atamalarning oddiy leksikadan bir necha omillarga ko’ra farqlanishi talabi yangi 
atama yuzaga kelishida har doim ham e’tiborga olinmasligi natijasida tilda nomunosib atamalar 
vujudga kelmoqda. Atamashunoslik borasida salmoqli ishlar bajarilgan bo’lishiga qaramay, 
atamalarni muayyan bir jadvalga oqilona tarzda tushirish va bu borada qat’iy qonun-qoidalar 
ishlab chiqish, ularning derivatsiyasi usullarini takomillashtirish, tarjima muammolarini bartaraf 
etish va ularni til lug’at tarkibiga to’liq kiritish kabi masalalar hanuz to’laligicha o’z yechimini 
topmagan.
Kalit so’zlar: 
Atamashunoslik, iqtisodiy atamalar, terminosfera, derivatsion usul, aniqlik. 
Bugungi kunda ingliz va o’zbek tili iqtisodiy atamashunoslik lingvistik nuqtai nazardan mazkur 
tillar leksikasining muayyan bir qismini tashkil qilib, mazmuniy va strukturaviy xususiyatlari 
bilan ajralib turadi. Atamashunoslik sohasiga oid tadqiqotlarni tahlil qilish natijalari shuni 
ko’rsatadiki, tarixiy atamalar bilan zamonaviy iqtisodiyot sohasi atamalarining yasalishi va hosil 
bo’lishi deyarli o’xshash bo’lib, o’ziga xos derivatsion usullari natijasida iqtisodiy terminosfera 
shakllandi va takomillashdi.
Har qanday tilning aksariyat so’zlari xoh u atama bo’lsin, xoh oddiy leksika bo’lsin, narsa va 
hodisalarni ularning tushunchalariga aynan mos keluvchi ifodalar orqali tasvirlab beradi. 
Iqtisodiy atamalarning tadqiqot tahlillari shuni ko’rsatadiki, ular ilmiy tushunchalarni ham 
ifodalaydi, biroq boshqa fanlar atamalaridan farq qilib, ilmiy-nazariy, mavhum tushunchalarning 
muayyan guruhini va aynan, ijtimoiy ishlab chiqarish qonunlaridan kelib chiqadigan ilmiy 
tushunchalarni ifodalash ularga xosdir.
Iqtisodiy atamalar ishlab chiqarishning texnik jihatlariga taaluqli bo’lmagan tushunchalarni 
ifodalash bilan xarakterlidir(texnik va tabiiy fanlar atamalari bunga xos emas). Modomiki atama 
tushunchani ifodalar ekan, hech qanday fikr va tushunchalar tilsiz yuzaga kelmaydi va mavjud 
bo’lmaydi, atamaning ma’nosi narsa va hodisalar bilan muvofiq kelishi, bu voqelikni adekvat 
tarzda aks ettirishi darkor.
Iqtisodiy atamaning xarakterli xususiyati shundan iboratki, u tushunchaga muvofiq keluvchi 
mantiqiy aniqlanishi bilan bog’liq. Chunonchi, bu xususiyat ilmiy atamashunoslikni boshqa so’z 
kategoriyalaridan farqlaydi, ya’ni iqtisodiy atamalarda boshqa so’z xususiyatlaridan farq qilib, 
mutaxassis(atama tuzuvchi) yangi tushunchalarni ifodalab, unga nom beradi, va bu nomni 
(atamani) tushuntirish maqsdida fikrlar bildiradi, leksik aniqlaydi hamda mazmun-mohiyatini 
so’zma-so’z ochib beradi. R.N. Infantyeva tahlillaridan shuni tushunamizki, atama yaratish 
imkoniyatlari ostida ilmiy tushuncha nomi sifatida ishlatilgan so’z ma’nosining leksik ochilishi 
yotadi. [Infantyeva, 1969, 18] 


International Simposium of Young Scholars (USA) 
This conference will be organized in the USA on 10 the of October and
the final proceeding will be provided on the 24th of October as a whole. 
412 
D.N. Ushakova lug’atida atama “qat’iy aniqlangan tushuncha” deb ta’riflangan, ya’ni atamalarda 
aniqlikka ochiq-oydin intilish turli tilshunoslar tomonidan qayd qilinganligi e’tiborga olingan. 
[Ushakova,1960, 689] Biroq atama mazmunining aniqligi shunchaki bir tendensiya hisoblanib, 
bu ba’zan amaliyotda buzilib turadi. Shunga qaramay u har qanday fan atamashunosligi unga 
ergashishga intiladigan hamda erishilishi zarur bo’lgan ideal bir ko’rsatkichdir. Ayni holatda 
atamaning noaniqligi va uning mazmun mohiyatiga to’la mos kelmasligi bilan kurashish dolzarb 
vazifalardan biridir.
Zamonaviy iqtisodiy atamashunoslik tahlili shuni ko’rsatadiki, u ijtimoiy hayotdagi va so’zlar 
qatlamidagi o’zgarishlarga sezuvchan bo’ladi va iqtisodiyot atamalari aniq bir mafkuraviy 
nufuzga ega bo’lib, muayyan ijtiomoiy muhitdau yoki bu fikrga tobedir. Fikr tarkibi, ya’ni 
aniqlangan tushuncha talqinidan qat’iy nazar atamalardan qanday bo’lsa ham foydalaniladi. 
Iqtisodiy fanlarning rivojlanishi har doim eski tushunchalarni yangilari bilan almashtiradi va biz 
kuzatamizki, bir qancha davr mobaynida bir hodisaga tegishli bo’lgan tushuncha hukm suradi, 
biroq natijada turli qarashlar va qiziqishlar vujudga keladi. Bu iqtisodiy atamalarning o’ziga xos 
ko’p ma’noliligiga olib keladi. 
Ko’p hollarda u yoki bu atama ham iqtisodiy ham ijtimoiy-siyosiy sohalarda ishlatiladi. 
Masalan, 
aktiv
(faol) atamasi iqtisodiyotda, biror korxona, tashkilot va shu kabilarga tegishli 
barcha moddiy pul jamg’armalarini va uchinchi shaxs zimmasida qarz bo’lib turgan mablag’ 
hamda materiallarni o’z ichiga oluvchi balansning bir qismi, degan ma’noni beradi. Ijtimoiy-
siyosiy atama sifatida bu so’z shunday ma’noga ega: biror tashkilot, muassasa, kollektivning eng 
faoliyatli, ilg’or qismi. 
Atama 
aksiya
iqtisodiy sohada: egasining aksionerlik jamiyati qatnashchisi ekanligini 
tasdiqlaydigan va unga dvident – foyda olish huquqini beradigan qimmatbaho qog’oz. 
Ijtimoiy-siyosiy atama sifatida 
aksiya
: Biror siyosiy yoki boshqa maqsadlarini ko’zlab 
qilinadigan, masalan, diplomatik aksiya. Iqtisodiy atama sifatida bir qancha atamalar iqtisodiy 
fan sohasi bilan umuman bog’liq bo’lmagan, boshqa alohida tushunchalarni ifodalash mumkin. 
Iqtisodiyotda atama 
indeks
quyidagi ma’nosini ifodalaydi: 
Biror iqtisodiy hodisaning tadrijiy o’zgarishlarini protsentlar bilan ko’rsatadigan raqam 
ko’rsatkichi. 
Matematik sohada u – belgi ostiga qo’shiladigan harfiy yoki son ko’rsatkichi sifatida 
tushuntiriladi. Masalan, A2 X11 va boshqalar. 
“Indeks” so’zi o’zining lug’aviy ma’nosiga ko’ra biror narsaning ko’rsatkichi, ro’yhati sifatida 
mahalliy muomalada ishlatiladi. Masalan, chiqariloyatgan kitoblar yoki jurnal va gazetalar 
indeksi. 
Atamashunoslikka oid ko’pgina qo’llanmalar va tadqiqotlarda atamalarda sinonimlar yo’qligi 
zarurati haqida yoziladi. [Lotte, 1968, 9-10-bet] 
Shunisi aniqki, ortiqcha atamalar fanni o’rganishni qiyinashtiradi va atamalar sistemasidagi 
“iqtisodiylik” atamashunoslikning zaruriy shart-sharoitlariga halaqit beradi. Atamalarda 
sinonimiya nomaqbul hodisa sifatida qaralsada, bu til lug’at tarkibining boyish yo’llaridan biri 
hisoblanadi. O’zbek tilida iqtisodiy atamalar sinonimlari mavjudliginng sabablaridan biri 
iqtisodiyot borasidagi ingliz va rus so’zlarining o’zbek tilida mavjud bo’lgan atamalar bilan bir 
qatorda ishlatilishidir. Ko’pincha bu qarash butunlay to’g’ri deb hisoblanadi. Lekin natijada tilda 
bir vaqtning o’zida bir tushunchani ikki va ba’zan undan ortiq atamalar ifodalaydi. Masalan, 
bankrotlik – sinish – inqirozga yuz tutish; integratsiya – uyushish – birlashish; fritreyderlik – 
erkin savdo strategiyasi; valyuta bosqini – valyuta intervensiyasi; valyuta tengligi – valyuta 
pariteti; erkin ayrboshlash qobiliyati – valyutaning konvertirlanuvchanligi; va boshqalar.


International Simposium of Young Scholars (USA) 
This conference will be organized in the USA on 10 the of October and
the final proceeding will be provided on the 24th of October as a whole. 
413 
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, bunday atamalaring ba’zilari shu davrga qadar ancha avvaldan 
mavjud bo’lgan biroq vaqt o’tishi bilan ulardan biri, asosan, talabga to’liq javob bermaydigani, 
atama ma’nosini to’liq va yaqqol izohlab bermaydigan shakli o’z o’rnini yangi, zamonaviy 
talabdagi atamaga bo’shatib beradi. 
O’zbek tilida ba’zi bir atamalar faqat shartli ravishda qabul qilingan bo’lib, ularda o’zlari 
anglatadigan ma’noni ko’rish qiyin. Masalan, 

Yüklə 116,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə