O‘zbek xalq maqollarida qarindoshlik terminlarining qo‘llanishi haqida m. Bannobova



Yüklə 233,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü233,1 Kb.
#135218
  1   2   3
2-шўба М.Баннопова



O‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA QARINDOSHLIK 
TERMINLARINING QO‘LLANISHI HAQIDA

M.Bannobova 
FarDU magistranti 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada “O‘zbek xalq maqollari” kitobidagi 
qarindoshlikka oid bo‘lgan maqollarda o‘zbek xalqining madaniyati, urf-odati, 
mentaliteti aks etishi lingvokulturologik jihatdan o‘rganilgan va bu ma’lumotlar 
ilmiy manbalar asosida tadqiq qilingan. 
Аннотация: В данной статье отражение культуры, традиций и 
менталитета узбекского народа в статьях о родстве в «Узбекских 
народных пословицах» исследуется с лингвокультурологической точки 
зрения, и эта информация изучается и применяется на основе научных 
источники. 
Annotation: In this article, the reflection of the culture, traditions and 
mentality of the Uzbek people in the articles on kinship in the "Uzbek folk 
proverbs" is studied from a linguocultural point of view, and this information is 
studied and applied on the basis of scientific sources. 
Kalit so‘zlar: lingvomadaniyatshunoslik, parmeologik birlik, janr, qavlun, 
zarbulmasal, sav, mentalitet. 
Ключевые слова: лингвокультурологический, пармеологический, жанр, 
кавлун, зарбулмасал, сав, линвокультуралогика, менталитет. 
Keywords: linguocultural, parmeological, genre, qavlun, zarbulmasal, sav, 
linvokulturologik, mentality. 
Maqol 
deb 
xalqning 
ijtimoiy-tarixiy, 
hayotiy-maishiy 
tajribasi 
umumlashgan badiiy obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so‘zlarga aytiladi. 
Maqollarda so‘z qimmati alohida yorqin ifodalanadi. Chunki maqollardagi 
so‘zlarni boshqasi bilan almashtirish, biron so‘z qo‘shish mumkin emas. Ular 


milliy til tarkibida qoliplashgan holda namoyon bo‘ladi. Bu janr dunyodagi 
hamma xalqlar og‘zaki ijodida bor bo‘lib, hajm, shakl, yaratilish maqsadiga 
ko‘ra mushtarak hisoblanadi. Hatto nomlanishida ham yaqinlik aniq seziladi. 
Jumladan, arablarda “qavlun” – gap, so‘z ma’nosini ifodalasa, tojiklarning 
“zarbulmasal” atamalarida misol keltirish, ruslar “poslovitsa” sida so‘zlar bilan 
fikrni ifodalash, turklardagi “ota so‘zida” esa ajdodlar fikrini eslash ma’nosi 
yetakchi. Mahmud Kosh g‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida ham “sav” 
atamasi otalar so‘zini eslash tarzida keltirilgan [1, 64]. 
Bugungi kunda, maqollar ustida qizg‘in izlanishlar olib borilayotgan bir 
paytda, maqollarning har taraflama jihatlarini o‘rganish paremiologiya sohasining 
asosiy 
vazifalaridan 
biridir. 
Maqollarni 
o‘rganish borasida ularning 
lingvokulturologik jihatlariga to‘xtalmay ilojimiz yo‘q. Ushbu maqolamizda 
o‘zbek xalq maqollarining lingvokulturologik jihatlarini tahlil qilishda til va 
madaniyatning o‘zaro bo g‘liqligini tasvirlash, o‘zbek tilidagi qarindoshlikka oid 
maqollarning bir-biriga o‘xshash tomonlarini ko‘rib chiqish va ulardagi 
mentalitet va milliy xarakterning ifodalanishi kabi masalalarga chuqurroq 
yondashishga harakat qilamiz. 
Maqol xalq hayotiy tajribalari xulosasini badiiy jihatdan mukammal 
ifodalovchi hikmatli so‘zlardan iboratdir. Maqollarda ifodalanishi lozim bo‘lgan 
fikr va mazmun keng qamrovli bo‘ladi. Bizning fikrimizcha, har bir maqolning 
vujudga kelishida birorta ibratli voqea ro‘y bergan va bu voqea o‘ta zukko, 
sinchkov dono ajdodlarimiz vakili tomonidan kuzatilishiga sabab bo‘lgan. 
«Devonu lug‘otit turk»dan olingan quyidagi misollarga murojaat qilaylik: «Besh 
qo‘l barobar emas», «Ho‘kizning oyog‘i bo‘lguncha, buzoq ning boshi bo‘lgan 
yaxshiroq», «Ot kuragidagi yag‘ir, bolalariga meros bo‘lib qoladi», «Quduqda suv 
bor, ammo it burni tegmaydi» [2,33]. 
Demak maqollar yordamida biz qisqalikka, ixchamlikka va gapirayotga 
gapimizning mazmundorligini oshirish uchun ham ishlatishimiz maqsadga 
muvofiq bo‘lar edi. Maqollar yaqinda paydo bo‘lgan janr emas balki u qadim 


zamonlardan beri mavjud bo‘lgan va deyarli ming yillardan beri o‘zgarmasdan 
kelayotgan yo‘nalishlardan biridir. 
Turli xalqlar og‘zaki ijodidagi maqollarni o‘rganish bu janr namunalari 
mazmunan deyarli hamma xalqlarda bir xil takrorlanishini ko‘rsatmoqda. Ammo 
bunday yaqinlikni bir xalq ikkinchi xalqdan maqolni o‘zlashtirganligi bilan 
izohlash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bizningcha, bunday yaqinlikni oddiy turmush tarzining 
o‘xshashligi, insonlar hayotidagi munosabatlarning yaqinligi va, umuman, 
hayotning ko‘p holatlarida bir xil vaziyat hosil qilishi bilan izohlagan ma’qulroq. 
Masalan: «Ilon chaqqan, arqondan qo‘rqar» (ingliz), «Kuygan mushuk sovuq 
suvdan qo‘rqar» (fransuz), «Jo‘jani tuxum ochilgandan so‘ng sana» (ingliz), 
«Bigizni qopda yashirib bo‘lmas» (rus) maqollari, «Qo‘rqqanga arqon ilon 
ko‘rinar», «Sutdan kuygan qatiqni puflab ichibdi», «Jo‘jani kuzda sanaymiz», 
«Oyni etak bilan yopib bo‘lmas» kabi o‘zbek maqollari bilan o‘xshash ma’noni 
bildiradi [2,36]. 
Yuqoridagi fikrlarga e’tiborimizni qaratadigan bo‘lasak maqollar yaratilgan 
vaqtidan, sharoitidan, millatidan, joyidan qat’iy nazar o‘sha xalqning madaniyati, 
urf-odatlarni aks ettirishga xizmat qilgan. Hoh ingiliz maqoli bo‘lsin xoh nemiz 
maqoli bo‘lsin xoh o‘zbek maqoli bo‘lsin barchasini yaratilishida o‘zining shart-
sharoitlaridan kelib chiqib yaratilgandir. 
Fikrimizni isbotlash uchun quyida maqollardan namunalar keltiramiz 
Bir qizga yetti qo‘shni ota-ona
Ushbu maqolga to‘xtaladigan bo‘lsak maqolda o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan, 
bizning milliy mentalitetimizga singib ketgan jihatlarini uchratishimiz mumkin. 
Masalan: o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan ya’ni qiz bolaga faqatgina ota-ona yoki 
qarindosh-uru g‘gina emas balki unga yettita qo‘shni ham ota-onadir. Uning 
yurish- turishiga, tarbiyasiga ham vaqti kelganda ota-onasi o‘rnida nasihat qilishi 
ham mumkin. Yuqoridagi maqolni boshqa bir variantini uchratishimiz mumkin: 
Bir bolaga yetti mahalla ota-ona 
Bu maqolni ham yuqoridagi kabi tahlil qilishimiz mumkin faqat kengayagan 
variant desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak.


Ota g‘ayratli bo‘lsa
Bola ibratli bo‘lar 
Bu maqolimizda ham bizning madaniyatimizga xos bo‘lgan belgilarni 
uchratishimiz mumkin. Ya’ni bunda farzand ota-onasida, ularning yurishi, 
gapirishi va ko‘p hollarda ota-onasi egallagan kasbni ham egallashi mumkin. 
Shundan kelib chiqib qaraydigan bo‘lasak maqolimizda bola otadan o‘rnak oladi, 
yoshligida otasi nima qilsa shuni qiladi, ota qanchalik yaxshi, to‘g‘ri bo‘lsa bola 
ham xuddi otasi kabi bo‘ladi. 
Ona yurting omon bo‘lsa 
Rangi-ro‘ying somon bo‘lmas 
Bu maqolda Vatanga bo‘lgan sadoqat aks etgan bo‘lib, ona termini orqali 
vatanni onaga o‘xshatish, onamiz bizga qanchalik aziz va qadrli bo‘lsa vatan 
ham bizga shunchalik aziz va qadrli bo‘lishi kerakligi ifodalangan. Yurt 
tinchligi, erkinligi, ozodligi esa xalqning o‘z yurtiga bo‘lgan sadoqati, muhabbati 
orqali vujudga keladi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, maqollarda tanlangan muammo 
har tomonlama, atroflicha yoritiladi. Yuqorida keltirilgan misollarimizda esa 
so‘zimiz isbotini ko‘rish mumkin. 



Yüklə 233,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə