O`zbek xalq og`zaki ijodining janralari, xalq dostonlari



Yüklə 162,47 Kb.
səhifə1/3
tarix10.06.2023
ölçüsü162,47 Kb.
#116483
  1   2   3
ALPOMISH XALQ DOSTONI.


MAVZU: ALPOMISH XALQ DOSTONI.


R E J A :



  1. Xalq og`zaki poetik ijodining janrlari rang-barangligi.

  2. Doston-xalq xayotini keng ko`lamada tasvirlovchi ishqiy qaxramonlik sifatida.

  3. Dostonlar tasnifi.

  4. «Alpomish» qaxramonlik, do`stlik, chin sevgini ulug`lovchi asar sifatida.

  5. Alpomish, Barchin, Qorajon v.b. obrazlar.

  6. «Alpomish» dostoni ustidagi bahslar.

  7. Dostonning 1000 yilligiga bag`ishlab o`tkazilgan tadbirlar va ularning ahamiyati.




Ma’lumki, adabiyot va sa’nat asarlari jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga kelib, mazkur jamiyat hayotini ifoda etib, aks ettirib, shu jamiyat bilan birga taraqqiy etadi o`z davrini yashab keyingi avlodlar uchun ham ma’naviy boylik sifatida xizmat qiladi. Muayyan ijtimoiy jamiyat yo`q bo`lib ketib, o`rniga yangi bir ijtimoiy tuzum kelishi mumkin. Lekin adabiyot va sa’nat asarlari yo`qolib ketmaydi, balki umuminsoniy ideallarni aks ettirib, muayayan davrga, xalqqa mansub bo`lgani uchun u tarixiy va abadiydir. Bu fikrlarni yozma adabiyotdan birmuncha avvalrroq paydo bo`lgan xalq og`zaki ijodiga ham tadbiq etishi mumkin. Fol’klor va uning janrlari uzoq va murakkab tarixiy yo`lni bosib o`tdi. Ming yillar davomida ijodkor xalq fol’klorning xilma-xil janrlarida boy adabiy meros yaratdi.
Xalq og`zaki ijodi tarixiy kategoriya sifatida rivojlanib, boyib keldi. Fol’klorning janr formalari juda qadimiy bo`lsa-da, u xamisha o`zgarishda, rivojlanishdadir. Chunki, har bir adabiy forma, poetik janr muayyan tarixiy sharoitda turli o`zgarishlarga uchrashi, formal poetik jixatdan isloh qilinishi mumkin.
Yozma adabiyotdagi adabiy turlar va janr formalari kabi fol’klordagi janr formalari ham bir-biriga ta’sir, etib bir-birini to`ldirib boradi. Aniqrog`i fol’klorda ham janrlar sintezi uzluksiz davom etadi. Xalq og`zaki ijodining janrlari bir tekisda taraqqiy etmaydi. Balki adabiyot jarayonda davr va jamiyat talabidan kelib chiqib, notekis taraqqiy etishi mumkin. Xalq og`zaki ijodining eng qadimgi janr formasi hisoblangan maqol hamma davrlar va jamiyatlarda uzluksiz taraqqiy etib keldi. Ammo bu fikrni fol’klorning yirik janri hisoblangan dostonlarga nisbatan taraqqiy etib bo`lmaydi. Chunki, Oktyabr’ revolyutsiyasigacha bo`lgan davrda va revolyutsiyaning dastlabki yillarida dostonchilik ancha taraqqiy etgan bo`lsa, hozirgi vaqtda esa yirik dostonlar umuman yaratilmayapti yoki bu janr imkoniyatlari yozma adabiyotning boshqa formalarida uchramoqda. Shunday bo`lsa-da, xalq og`zaki badiiy ijodida ming yillar davomida turli xil poetik formalar, janrlar yaratildiki, fol’klorda ma’lum adabiy traditsiya vujudga keldi. Shuning uchun xalq og`zaki ijodidagi janrlar problemasini ilmiy jihatdan o`rganish, fol’klor janrlarini klasifikatsiya qilib, ularnining janr xususiyatlarini aniqlash mumkin.


Xalq og`zaki ijodining formal poetik xususiyatlarini hisobga olib ularni quyidagi janrlarga ajartish mumkin:



    1. Xalq dostonlari.

    2. Xalq ertaklari.

    3. Xalq dramasi.

    4. Askiya.

    5. Afandi latifalari.

    6. Xalq qo`shiqlari.

    7. Xalq maqollari.

    8. Topishmoqlar.




Yüklə 162,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə