Mavzu tilshunoslik maktablari yosh grammatikachilar maktabi



Yüklə 56,42 Kb.
səhifə1/7
tarix29.11.2023
ölçüsü56,42 Kb.
#139003
  1   2   3   4   5   6   7
Mavzu tilshunoslik maktablari-hozir.org


Mavzu tilshunoslik maktablari



3-MAVZU 


TILSHUNOSLIK MAKTABLARI 


Yosh grammatikachilar maktabi. XIX asr qiyosiy-tarixiy tilshunoslik doirasidagi
empirik tadqiqot ishlari va til falsafasi taraqqiyotini ayrim mualliflar uch davrga bo„ladilar: 
1. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning boshlang„ich davri. Bu davrga F.Bopp, YA.Grimm,
R.Rask singari olimlarning tadqiqotlari mansubdir. V.Gumboldtning til falsafasi qisman ana shu 
davrga muvofiq keladi.
2. Ikkinchi davr qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning to„liq qaror topgan davri sanaladi. 
A.SHleyxer bu davrning yirik figurasidir. A.SHleyxer qarashlarining falsafiy asosi naturalizm
hisoblanadi. 
3. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning uchinchi davri yosh grammatikachilar yo„nalishidir.
Bu yo„nalishning falsafiy asosi psixologizm sanaladi. 
Tilshunoslik tarixida yosh grammatikachilarning maydonga kelishi lingvistika fani
taraqqiyotining ichki ehtiyoji, XIX asrning 60-yillarida komparativistika kirib qolgan boshi 
berk ko„chadan chiqish yo„llarini axtarish zaruriyati tufayli maydonga keldi.
XIX asrning 70-80-yillarida Germaniyada qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning F.Bopp, 
YA,Grimm, A.SHleyxer singari vakillari qarashlarini keskin tanqid qilgan holda yangi
yo„nalish kurtak ota boshladi. 
Eski avlodning ilmiy merosiga keskin tanqidiy munosabatda bo„lganligini e‟tiborga
olib, tilshunoslikning yangi bosqichi vakillarini keksa avlod vakillari masxaraomuz “yosh 
grammatikachi”lar deb nomladilar. YOsh avlod esa buni o„zlarining yo„nalishiga asosiy nom
qilib oldilar. 
YOsh grammatikachilar yo„nalishining shakllanishi K.Brugman (1849-1919),
G.Ostxaf (1847-1909), G.Paul (1846-1921), B.Delbryuk (1842-1922), A.Leskin (1840-1916) 
singari Leypsig universiteti olimlari nomi bilan bog„liqdir. SHuning uchun ham bu yo„nalish
tilshunoslikning Leypsig maktabi deb ham nomlanadi. 
Germaniyadagi barcha tilshunoslar ham bu yo„nalish qarashlariga bir xil munosabatda
bo„lgan emas. Bu davrda Germaniyada yosh grammatikachilar yo„nalishlaridan tashqari bir 
qancha lingvistik yo„nalishlar faoliyat ko„rsatishdi. SHuning uchun ham Germaniyada hukm
surgan bu davr tilshunoslik yo„nalishlarini e‟tiborga olgan holda akad. I.V.YAgich bu 
mamlakatda nechta universitet bo„lsa, shuncha lingvistik maktablar mavjud ekanligini yozgan
edi.

Lekin keyinchalik Germaniyadagi boshqa lingvistik maktab vakillari ham yosh


grammatikachilar maktabi tomoniga o„tdilar. SHu bilan birga bu maktab qarashlari bir qator 
Ovro„pa tilshunoslariga ham ta‟sir qildi.
YOsh grammatikachilarning o„ziga xos xususiyatlari nima edi? degan qonuniy savol 
tug„ilishi, tabiiy.
YOsh grammatikachilar qarashlarining nazariy umumlashmalarini G. Paulning “Til 
tarixi tamoyillari” asarida bayon qilingan.
YOsh grammatikachilar qarashlarining asosiy nuqtalari sifatida quyidagilarni ko„rsatish 
mumkin:



1. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning eng katta kamchiligi shundan iboratki, ular


tillarni qiyoslab o„rganishga, bobo til shakllarini hayolan tiklashga asosiy e‟tiborni 
qaratdilar, lekin so„zlovchi shaxsning o„zi nazardan chetda qoldi. So„zlovchi shaxsning
nutqiy faoliyat mexanizmi, psixologiyasi, tilning ichki taraqqiyoti singari masalalarga 
e‟tibor qaratilmadi.
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning ana shu yo„l qo„ygan kamchiliklarini e‟tiborga 
olgan holda Brugman va Ostxaflar, eng avvalo, lingvistikaning tadqiqot ob‟ektini
o„zgartirishni maslahat beradilar. Ularning fikricha, tillarni qiyosiy o„rganayotgan olim 
ularning bobo til holatini tiklashga emas, balki hozirgi holatini tadqiq etishga asosiy
e‟tiborni qaratishi kerak. 
2. Natijada yosh grammatikachilar tilni organizmning psixofizilogik faoliyati sifati
talqin etdilar. Bunday talqin tilshunoslik metodologiyasining o„zgarishiga olib keldi. 
ya‟ni tilni o„rganishning yangi tamoyili eski yozma yodgorliklar tilini emas, balki
so„zlashayotgan kishilar nutqini o„rganish va til tarixi tahlili davomida fonetik 
qonuniyatlar va analogiyalarni e‟tiborga olish lozim, deb hisobladilar.
3. Tilshunoslikda tadqiqot ob‟ektining o„zgarishi nazariy asosning o„zgarishiga 
olib keldi. Ularning metodologik tamoyilida til faqat o„zi uchun yashaydigan insondan
tashqaridagi, uning ustida turuvchi narsa emas, balki faqat individda mavjuddir degan 
g„oya bosh g„oyaga aylandi. SHuning uchun tildagi har qanday o„zgarish faqat so„zlovchi
shaxs bilan bog„liq deb hisobladilar. 
XIX asrning 80-yillaridan boshlab alohida lingvistik oqim sifatida e‟tirof etilgan va
50-yillar atrofida katta ilmiy kuch sifatida faoliyat ko„rsatgan yosh grammatikachilar 
tilshunoslik tarixida ilmiy maxsulotlarining ko„pligi, ilmiy tekshirish metodining etukligi va
til amaliyotiga ta‟sirining kuchliligi jihatidan XIX asr va XX asr boshlarida mavjud bo„lgan 
lingvistik oqimlar ichida tengi yo„q oqim sanaladi.
1

4. YOsh grammatikachilar bir qancha tillar misolida juda katta faktik materiallarni


to„plab, sistemalashtirib berdilar. Bu bilan tilshunoslikning amaliy tomonini rivojlantirishga, 
yangi-yangi lingvistik yo„nalishlarning maydonga kelishiga zamin hozirladi. Natijada
tilshunoslikda dialektologiya, lingvistik geografiya yo„nalishlari vujudga keldi. Ularning 
faoliyati tufayli fonetika sohasida, xususan, eksperimental fonetika sohasida va fonetik
qonuniyatlar yuzasidan katta muvaffaqiyatlarga erishildi. 
5. YOsh grammatikachilar tilshunoslikning bevosita o„rganish ob‟ekti nutqiy jarayon,
individual nutq ekanligini e‟tirof etganliklari tufayli, u bilan bog„liq bo„lgan qator 
masalalarni, xususan, nutqiy jarayonda individuallik-sotsiallik munosabatini, individual nutq,
me‟yor va til tuzilishi masalalarini ko„tarib chiqdilar. 
SHunday bo„lishiga qaramasdan, ularning qarashlaridagi bir qator masalalar bahstalab
va etarli ilmiy asosini topmagan edi. 
Ular moddiy tomondan faqat alohida individlar tiligina mavjuddir, degan g„oyani
o„zlariga metodologik tamoyil qilib olish bilan individual psixologiyani tilshunoslikning 
nazariy asosi sifatida e‟tirof etdilar. Natijada ilmiy abstraksiyaga, til ontologiyasining ilmiy
talqiniga e‟tibor berilmadi. 
Til birliklarining o„zaro munosabati, tilning funksionallashuvida ekstralingvistik
omillarning ahamiyati: tillarning o„zaro ta‟siri, dialektlarning o„zaro munosabati, yozuv 
an‟anasining ta‟siri kabi masalalar yosh grammatikachilar nazaridan chetda qoldi.
1
Амирова Т.А., Ольховиков Б.А., Рождественский Ю.В. Очерки по истории лингвистики. –М., 1975. с.416. 


YOsh grammatikachilar o„z nazariyasining induktiv xarakterini doimo ta‟kidlaganlari


holda, til nazariyasi bilan bog„liq bo„lgan qator muammolarni muhokama qilishni, tilning 
falsafiy masalalari bilan shug„ullanishni ortiqcha deb bildilar.
XIX asrning o„rtalarida tabiiy fanlarda qo„lga kiritilgan yutuqlar barcha fanlarning 
tadqiqot metodologiyasiga katta ta‟sir qildi. Turli fan tarmoqlarida matematik amallardan
keng foydalanishga o„tildi. Bevosita kuzatishda berilgan hodisalarni faqat ro„yxatga olish 
bilangina cheklanmasdan, ularni umumlashtirishga, ular zamirida yotgan mohiyatlarni
aniqlashga o„tish harakati tufayli deduktiv tamoyil o„rin ola boshladi.
Tilni o„rganishning bunday yangi tamoyilining asosiy belgilari Boduen de Kurtene
asarlarida namoyon bo„ldi. 
Natijada sof empirik, induktiv tamoyil bilan ish ko„ruvchi yosh grammatikachilar
qarashlari bir qator olimlar tomonidan tanqidiy baholana boshladi. Ana shunday yoshlarning 
eng ko„zga ko„ringan vakillaridan biri Ivan Aleksandrovich Boduen de Kurtenedir.
YOsh grammatikachilarga xos bo„lgan til hodisalarini avtonom holda analitik 
o„rganish o„rniga ular o„rtasidagi munosabatni o„rganishga ko„proq e‟tibor qaratila boshlandi.


Yüklə 56,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə