Mavzu tilshunoslik maktablari yosh grammatikachilar maktabi


fonetika, til tovushlari haqidagi ta‟limotni esa fonologiya



Yüklə 56,42 Kb.
səhifə3/7
tarix29.11.2023
ölçüsü56,42 Kb.
#139003
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu tilshunoslik maktablari-hozir.org

fonetika, til tovushlari haqidagi ta‟limotni esa fonologiya deb nomlanishini ta‟kidlaydi.
Grammatika sohasida F.de Sossyurning til va nutq dixotomiyasini V.Skalichka 
qo„llab-quvvatladi. U grammatika atamasi ostida til doirasiga mansub bo„lgan barcha
sohalarni (fonologiyadan tashqari) tushunadi. Skalichkaning fikricha, til o„zining struktur 
grammatika deb yuritiluvchi maxsus o„rganish ob‟ektiga ega. Bu bilan struktur grammatika
nutq bilan ish ko„ruvchi tavsifiy (despriptiv) grammatikadan farq qiladi. 
Lekin Korjinek grammatik sathda til va nutq munosabatini boshqacha tushunadi.
Uning fikricha, til va nutq o„rtasidagi munosabat, bir tomondan, ilmiy tahlil, abstraksiya
sintez, tasniflash, ya‟ni faktlarni ilmiy tavsiflash, ikkinchi tomondan, bu tahlil uchun ob‟ekt
bo„lib xizmat qilgan borliqning ma‟lum hodisalari o„rtasidagi munosabatni ifodalaydi. 
Praga maktabi vakillari qarashlarining shakllanishiga I.A.Boduen de Kurtenening
tilning funksionalligi va uni sinxron tahlil etishning muhimligi haqidagi g„oyalari ham katta 
ta‟sir qildi.
Tilshunoslikka funksionallik tamoyilini, ya‟ni til vositalarini ularning bajarayotgan 
vazifasiga qarab baholash tamoyilini dastlab I.A.Boduen de Kurtene kiritgan edi.



Funksiya tushunchasini Praga lingvistlari tilni funksional sistema sifatida talqin


etishda rivojlantirdilar. 
Boduen de Kurtene tashqi va ichki lingvistikani bir-biridan ajratar ekan, tilni tildan
tashqaridagi borliqdan ajratib o„rganishga qat‟iy qarshi chiqadi. SHuning uchun u adabiy til 
bilan xalq shevalari o„rtasidagi munosabatni o„rganishga alohida ahamiyat beradi.
Praga lingvistlari Boduenning bu qarashlarini rivojlantirdilar. Ular hech qanday til 
bo„shliqda yashamasligi, uning til jamoasi o„rtasida mavjud bo„lishini, jamoaning
kommunikativ va ekspressiv ehtiyojini qondirish uchun yashashini ta‟kidlaydilar. Ana 
shundan kelib chiqib, Praga tilshunoslari nutqiy faoliyatni ikki asosiy funksiya bajarishini
ko„rsatadi: 1) sotsial funksiya (individlar o„rtasidagi munosabat); 2) ekspressiv funksiya 
(hayajon ifodalash, so„zlovchiga ta‟sir etish).
Nutqiy faoliyatning sotsial funksiyasi, o„z navbatida, yana ikki guruhga ajratiladi: 1) 


axborot funksiyasi. Bunda so„zlovchining butun e‟tibori ma‟lum axborotni uzatishga
qaratiladi; 2) poetik funksiya. Bunda asosiy e‟tibor axborotni uzatish shakliga qaratiladi. 
YA‟ni nimani ifodalash bilan birga, qanday ifodalashga asosiy e‟tibor qaratiladi.
Tildan kommunikativ funksiyada foydalanish jarayonida unga tilga yondosh 
(ekstralingvistik) hodisalar ham yordamga keladi. Bunday hodisalar qatoriga imo-ishoralar,
mimika, nutq vaziyati singari hodisalar kiradi. 



Yüklə 56,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə