Mavzu tilshunoslik maktablari yosh grammatikachilar maktabi


Amerika strukturalizm maktabi



Yüklə 56,42 Kb.
səhifə5/7
tarix29.11.2023
ölçüsü56,42 Kb.
#139003
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu tilshunoslik maktablari-hozir.org

Amerika strukturalizm maktabi. Struktur tilshunoslikning uchinchi yirik tarmog„i
deskriptiv lingvistika nomi bilan yuritiluvchi Amerika strukturalizmidir. 
Deskriptiv lingvistika F.Boas (1808-1942), E.Sepir (1884-1939) va L.Blumfild (1887-
1949)lar nomi bilan bog„liqdir. 
V.A.Zveginsevning ta‟kidlashicha, Amerika strukturalizmi to„g„ridan-to„g„ri F.de
Sossyur ta‟limotidan kelib chiqqan emas. U Amerika induslarining tilini o„rganish 
jarayonidagi amaliy ehtiyoj zamirida vujudga keldi.
Mashhur lingvist va antropolog F.Boas Amerika induslari tilini o„rganish bilan 
shug„ullanar ekan, barcha tillar uchun umumiy bo„lgan tekshirish tamoyillaridan voz kechish,
uning o„rniga o„rganilayotgan konkret tilning ichki xususiyatiga asosiy e‟tiborni qaratishga, 
deduksiya asosida emas, balki induktiv usul bilan o„rganishga da‟vat etadi.
Amerika induslari tilini o„rganish chog„idagi o„z tajribasiga suyangan holda, F.Boas 
hind-ovro„pa tillari materiallari asosida maydonga kelgan tadqiq metodlarini bu tillarga
qo„llash mutlaqo mumkin emasligini asoslashga harakat qildi. 
Amerika induslari tili, birinchidan, hind-ovro„pa tillaridan farq qiluvchi o„ziga xos
kategoriyalarga ega. Ikkinchidan, tarixiy taraqqiyotining oldingi davrlari haqida guvohlik 
beruvchi yozma manba-lariga ega emas. Uchinchidan, ularning dunyodagi qaysi tillar bilan
qarindoshligi hali noma‟lum. Bu faktorlar esa, F.Boasning fikricha, Amerika induslari tilining 
tashqi, formal tomoniga asoslangan ob‟ektiv tekshirish metodlarini ishlab chiqishga ehtiyoj
tug„diradi. Ana shunday tekshirish metodi sifatida deskriptiv (tavsifiy) metod paydo bo„ldi. 
Deskriptiv metodni targ„ib qiluvchi tilshunoslarning fikriga ko„ra, tilshunoslikning
bosh vazifasi tilni tavsiflash, ya‟ni til faktlarini tushuntirish, izohlash emas, balki ro„yxatga 
olishdan iboratdir. Ana shu vazifadan kelib chiqqan holda bunday tadqiqot metodi deskriptiv
(ingl.to dessribe-“tavsiflash”) metod nomini oldi. 
Bu metod haqida G.Glison quyidagilarni yozadi: “Tilning shunday tomoni mavjudki,
shu kunga qadar uning bu tomoniga kam e‟tibor berildi. Bu alohida ilmiy yo„nalish bo„lgan 
deskriptiv lingvistika tomonidan o„rganiluvchi tillarning ichki strukturasidir”.
Boas an‟anasini Sepir va Blumfildlar davom ettirdilar. Sepirning ko„proq tilning 
madaniyat bilan munosabati, til hodisalari bilan sotsial jihatlarning o„zaro aloqasi, tillarning
tipologik tasnifi singari masalalar e‟tiborini tortdi. Uning qarashlari «Til» (1921), “Til” (1933) 
kitoblari, “Lingvistikaning fan sifatidagi holati” (1929) maqolasi va boshqa asarlarida o„z
ifodasini topgan. 
Sepir til va madaniyat munosabati haqida fikr yuritar ekan, til qurilishi bilan
madaniyatning to„g„ridan-to„g„ri muvofiqligini topish mumkin emasligi, xalq madaniyati 
uning tilidagi lug„at sostavi bilan bog„liq ekanligini bayon qiladi. Uning til va madaniyat
yuzasidan olib borgan kuzatishlari keyinchalik tilning xalq madaniyati, urf-odatlari bilan 
munosabatini o„rganuvchi alohida lingvistik yo„nalish-etnolingvistikaning shakllanishiga asos
bo„lib xizmat qildi. 
Sepirning fikricha, inson ma‟lum darajada o„zi mansub bo„lgan til hukmronligida
yashaydi... «real borliq» ma‟lum darajada shu jamiyatning til me‟yorlarida o„z tuzilishini aks 


ettiradi. Natijada u tilning qaysi shaklda ekanligi ob‟ektiv borliqning qanday bo„linishiga olib


keladi, degan g„ayri ilmiy xulosaga keladi. Xuddi ana shu g„oya «Sepir-Uorf gipotezasi» 
nomi bilan mashhur bo„lgan gipotezada ham o„z ifodasini topdi.
Bu gipotezaning Sepir va Uorf nomi bilan yuritilishining sababi shundaki, Sepir bayon 
qilgan yuqoridagi g„oya B.Uorf (1897-1941) tomonidan ham olg„a suriladi.
Sepir tillarning o„zigacha bo„lgan tipologik tasnifiga tanqidiy munosabatda bo„ldi. U 
tillarni morfologik jihatdan flektiv, agglyutinativ, o„zakli va ajralgan tillarga bo„linishini rad
etgan holda, har bir tilning morfologik jihatdan shakllangan ekanligini ta‟kidlaydi. SHuning 
uchun u yoki bu tilni qaysi shakliy belgining rivojlanishiga qarab tasnif etishni ma‟qul ko„radi
va tillarni turli tipdagi tushunchalarni ifodalash, grammatikada sintezlashtirish darajasiga 
ko„ra tasnif etishni tavsiya etadi.
Boas qarashlarini boshqa yo„nalishda Blumfild davom ettirdi. 
L.Blumfild deskriptiv lingvistika sistemasining bevosita yaratuvchisi sanaladi.
YU.D.Apresyanning ta‟kidlashicha, Amerika lingvistik maktabining vujudga kelishi E.Sepir 
va L.Blumfildlar nomi bilan bog„liqdir. Ularning ta‟limotlari asosida Amerika
lingvistikasining ikki tarmog„i maydonga keldi. Ularning biri Sossyur strukturalizmining 
davomchilari bo„lib, L.Blumfild qarashlari, ikkinchisi esa E.Sepir qarashlari asosida
shakllandi. L.Blumfild ta‟limoti Sossyur strukturalizmining bir ko„rinishi sifatida maydonga 
keldi. E.Sepir qarashlari asosida maydonga kelgan ikkinchi tarmoq esa Sossyur
strukturalizmidan bir muncha chetga chiqadi. CHunki bu ta‟limotda tilning struktur tahlili 
natijalari shu til egalari bo„lgan xalqning moddiy va ma‟naviy madaniyati struktur tahlili
natijalari bilan solishtiriladi. 
YU.D.Apresyanning fikriga ko„ra, L.Blumfild ma‟lum ma‟noda E.Sepirga tamoman
qarama-qarshi turadi. Garchi E.Sepir hayron qolarli darajada lingvistik intuitsiyaga, juda 
e‟tiborli taxminlar chiqarish qobiliyatiga ega bo„lsa ham, lekin u bu g„oyalarni bayon qilish
shakliga jiddiy e‟tibor bermadi. Sepir lingvistikasining tili g„oyat noaniqdir. Aksincha, 
Blumfildning undan oddiyroq gipoteza va g„oyalari o„sha yillarda lingvistikada ilmiy
aniqlikning namunasiga aylangan tilda bayon qilindi. 
L.Blumfild dastlabki tadqiqotlarida V.Vundtning “xalq psixologiyasi”ga tayangan
bo„lsa, 1926 yildan boshlab o„z tadqiqotlarining falsafiy asosi sifatida inson xulqini 
o„rganuvchi bixeviorizm tamoyillariga tayanadi. Uning bixevioristik qarashlari 1933 yilda
nashr etilgan “Til” asarida yorqin o„z ifodasini topdi. U tilshunoslikda psixologizmga qarshi 
chiqqan holda tilni ongdan ajratadi va uni signallar sistemasi sifatida o„rganadi.
Bu kitobning II bobida tilning umumiy nazariyasi haqida fikr yuritib, mentalingvistik 
nazariyaga tanqidiy baho beradi va materialistik (yoki mexanistik) nazariyaga moyilligini
bildiradi. 
Uning fikricha, mentalistik nazariya inson xulqining variativligi moddiy faktorlar
asosida emas, balki har bir shaxsda mavjud bo„lgan ruhiy faktorlar yordamida tushuntiriladi. 
Mentalistik nazariyaga ko„ra, ruh moddiy ob‟ektlardan tubdan farq qiladi. SHuning uchun u
butunlay boshqa sababiy aloqalarga bo„ysunadi. 
Materialistik nazariyasiga ko„ra esa inson xulqi variativligi, shu jumladan, nutq
variativligi, inson organizmning murakkab sistemaliligi bilan bog„liqdir. 
Nutqiy aloqa jarayoni, Blumfildning fikricha, “stimul” (ta‟sir) va “reaksiya” (aksta‟sir)
munosabatidan tashkil topadi. Til suhbatlashuvchilarning ikki asab sistemasi o„rtasidagi 
ko„prik sanaladi. Aytilgan so„z reaksiya tomonidan almashuvchi, eshitilgan so„z esa
“almashtirilgan stimul” hisoblanadi. Ana shu asosda Blumfild tilshunoslikning nazariy 
muammolarini hal etadi va ilmiy tadqiqot metodlarini ishlab chiqadi.



L.Blumfild o„z oldiga yagona, konstruktiv va izchil qurilgan tushunchalar sistemasini


ishlab chiqishni bosh maqsad qilib qo„ydi. Garchi bu sistemaning bir qator jihatlari tarixiylik 
uchun qiziqish uyg„otsa ham, lekin umuman u bir butun holda hanuzgacha o„z qimmatini
yo„qotgan emas. 
Bu sistemaning bir qator tamoyillari tilshunoslikning keyingi rivoji uchun muhim rol
o„ynadi. Ular qatoriga quyidagi faktorlarni kiritish mumkin: 
1. L.Blumfild xuddi F.de Sossyur kabi “til” atamasi ostida ifodalanadigan murakkab
hodisa tarkibida sof lingvistika ob‟ektini ajratib olishga harakat qildi. Uning fikricha, lingvistika 
ob‟ekti bir-biriga bog„lanmagan alohida tovush va ma‟nolar emas, balki “ma‟lum tovushlarning
muayyan ma‟nolar bilan bog„lanishi” bo„lishi kerak. Tovush tilshunosni faqat ma‟no farqlash 
nuqtai nazaridan qiziqtiradi. Tovushning (fonemaning) muhim belgisi ma‟no farqlashidir.
Xuddi shuningdek, grammatika va leksikologiyada ham tilshunosni so„z va shaklning 
konkret ma‟nosi emas, balki ikki so„z va shakl ma‟nosi o„rtasidagi farqlanish fakti
qiziqtirmog„i lozim. SHunday qilib, L.Blumfild tilshunoslikka differensial ma‟no 
tushunchasini kiritdi. Uning bu tamoyili L.Elmslevning “kommutatsiya” tamoyili bilan
ekvivalentdir. 
2. Ma‟lum tovushlarning muayyan ma‟no bilan bog„langan shakllarni L.Blumfild til
shakllari hisoblaydi va ma‟no bilan bog„lanmagan fonemalarga qarama-qarshi qo„yadi. 
Fonemalarni til shakli sanamaydi.
Barcha til shakllarini, birinchidan, bog‘liq va erkin, ikkinchidan, murakkab va sodda 
shakllarga ajratadi. Uning ta‟kidlashicha, hech qachon alohida qo„llanilmaydigan (morfema
va so„zning boshqa qismlari) shakl bog‘liq shakl, boshqa shakllardan alohida qo„llaniluvchi 
(so„z, so„z birikmasi) shakl esa erkin shakl hisoblanadi. SHuningdek, boshqa til shakllariga
fonetik-semantik jihatdan qisman o„xshash bo„lgan shakllar (so„z, so„z birikmasi,gap) 



Yüklə 56,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə