Mavzu tilshunoslik maktablari yosh grammatikachilar maktabi


Kopengagen maktabi (Glossematika)



Yüklə 56,42 Kb.
səhifə4/7
tarix29.11.2023
ölçüsü56,42 Kb.
#139003
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu tilshunoslik maktablari-hozir.org

3. Kopengagen maktabi (Glossematika). Struktur lingvistikaning muhim
tarmog„i glossematikadir. Bu yo„nalish F.de Sossyur konsepsiyasi asosida, lekin 
uning qarashlariga bir tomonlama yondashgan holda maydonga keldi.
Glossematika yunoncha glossa “til” so„zidan olingan bo„lib, bu yo„nalish 
tarafdorlarining e‟tirof etishiga ko„ra, ob‟ektni o„rganishda o„ta sub‟ektivizmga yo„l qo„ygan
va shuning uchun noilmiy bo„lgan an‟anaviy tilshunoslikka qarama-qarshi ravishda paydo 
bo„ldi.
Glossematikaning asosiy tamoyillari V.Brendalning “Struktural lingvistika”, 
L.Elmslevning “Til nazariyasi tezislari”, “Boshqaruv tushunchasi”, “Lingvistikada struktur
tahlil metodi”, “Til va nutq” singari bir qator asarlarida bayon qilingan. 
V.Brendal yuqorida ko„rsatilgan asarida struktural lingvistikaning paydo bo„lish
sabablari haqida yozar ekan, bu yo„nalish maydonga kelgunga qadar bo„lgan qiyosiy – tarixiy 
tilshunoslik, yosh grammatikachilar qo„llagan tekshirish metodlariga baho beradi. Adabiy
oqimlarning naturalizm va realizm davriga xos eng kichik faktlarni aniq va sinchkovlik bilan 
tahlil etish tamoyilidan ilhomlangan qiyosiy - tarixiy tilshunoslik sof pozitivistik xususiyatga
ega bo„lgani, u bevosita kuzatishga beriluvchi hodisalarni, ya‟ni tovushli nutqni o„rganish 
bilan cheklanganligiga tanqidiy baho beradi.
Pozitivizm yosh grammatikachilar davrida ham amal qilgani ta‟kidlanadi. 
XX asrda ko„zga ko„ringan gnoseologlar pozitivistik nuqtai nazarning kuchsiz
tomonlarini ochib tashladi. Bunday konsepsiya hozirgi fanning ravnaqi uchun endi xizmat 
qilolmasligi aniq bo„lib qoldi.
Natijada barcha fanlarda, shuningdek, lingvistikada ham antipozitivistik ruh kuchaydi. 
Ana shunday sharoitda struktur tilshunoslik paydo bo„lganligini ta‟kidlaydi.
Strukturalizm nomi bilan ma‟lum bo„lgan yangi nuqtai nazarning xarakterli belgisi
uning fikricha, butunlik tushunchasiga ta‟kid berishdir.
Glossematikaning asosiy tamoyillari uning yirik vakili bo„lgan L.Elmslev asarlarida 
yorqin o„z ifodasini topgan.



“Boshqaruv tushunchasi” asarida struktural lingvistika endigina shakllanayotgani,


hozirgi kunda u amal qiladigan dastur haqida gapirish ham hali erta ekanligini ta‟kidlagan 
holda, bu tilshunoslikning muhim jihati tilga struktura sifatida yondashuv ekanligini bayon
qiladi”

Uning fikricha, struktura o„z ichki tartibiga asoslangan ierarxiya ekanligi va yagona


tayanch nuqtaga egaligi bilan xarakterlanadi. Bu ierarxiyani faqat deduktiv yo„l bilan yoritish 
mumkin.
Xuddi shunday ierarxiyani o„rganishga mo„ljallangan deduktiv metodni esa empirik 
yoki immanent-semiologik metod deb hisoblaydi.
Empirik yoki immanent - semiologik metod belgilar funksiyasini lingvistik 
tadqiqotlarning asosiy predmeti deb hisoblaydi. Bu metod, L.Elmslev ta‟biri bilan aytganda,
semiologik hodisalar bilan semiologik bo„lmagan hodisalarni farqlamasdan, ularni aralashgan 
holda o„rganuvchi har qanday metoddan afzallikka ega. Empirik metod bu soddalik
tamoyiliga asoslangan metoddir. 
K.Xansenning fikriga ko„ra, matematikaga tilshunoslikni yaqinlashtirish, hamma
joyda sistemani ko„rishga intilish, o„sha davr
fizikasi ta‟sirida materiyaning mavjudligini rad etgan holda tilni aniq tadqiq etishda sof
lingvistik predmet-immanent tushunchalarga tayanish L.Elmslev qarashlarining negizidir. 
Uning ta‟kidlashicha, semiologik funksiya yangi tushuncha emas. YAngilik
semiologik funksiyani birinchi planga olib chiquvchi struktural yondashuvdir. Struktural 
metod tufayligina lingvistika sub‟ektivlik va noaniqlikdan, intuitiv va sof shaxsiy
xulosalardan holi bo„lgan chinakam fanga aylandi. 
Struktural lingvistika tilshunoslikda yangi yo„nalish sanalib, uning metodi bir vaqtning
o„zida deduktivlik va empirik tamoyilga asoslanishini bayon qiladi. 
“Tilshunoslik va struktur tahlil metodi” asarida hozirgi tilshunoslikning asoschisi ko„p
jihatdan F.de Sossyur hisoblanishi, chunki u birinchilardan bo„lib, tilni struktur o„rganishga, 
ya‟ni til birliklarini bevosita nutq jarayonida qanday voqelanishidan qat‟iy nazar, ular
o„rtasidagi munosabatni o„rganishga da‟vat etganini bayon qiladi. 
Ana shundan kelib chiqqan holda, u real til birliklari tovush yoki harf va ma‟nolar
emas, balki tovush yoki harf va ma‟nolar yordamida gavdalangan munosabat elementlaridir, 
degan xulosaga keladi. Muhim narsa tovush yoki harflardan emas, balki nutq zanjirida va
grammatikadagi paradigmalarda mavjud bo„lgan munosabatlardir. Xuddi ana shu munosabat 
til sistemasini tashkil etadi. Xuddi ana shu ichki sistema ma‟lum bir tilni boshqa bir tildan
farqlab turuvchi xarakterli belgi sanaladi. 
SHuning uchun munosabatlar tugunini o„rganish lingvistikaning bosh maqsadi
bo„lishi kerakligini, bu munosabatlar tugunining konkrent namoyon bo„lishi til uchun muhim 
emasligini bayon qiladi. Uning fikricha, ma‟lum bir qiymat turli moneta, qog„oz pul, cheklar
orqali namoyon bo„lishi mumkin. Lekin ular qanday gavdalanishidan qat‟iy nazar qiymat 
o„zgarmaydi.
SHu sababli L.Elmslev tilni immanent o„rganishni talab qiladi va bunday o„rganishni 
o„zigacha bo„lgan o„rganish usuli, narsalarning o„zgaruvchan belgilarini farqlamasdan
o„rganuvchi transsendent bilishga qarama-qarshi quyadi. Uning fikricha, shu kungacha til 
transendent bilish, ya‟ni tilga yondosh hodisalarni bilish vositasi bo„lib keldi. Masalan,
klassik filologiya, eng avvalo, tildan ko„ra adabiyot va madaniyatni; qiyosiy tilshunoslik, eng 
avvalo, tarixni o„rganish bilan shug„ullanib keldi. Aslida lingvistik nazariya tilni tildan
tashqaridagi hodisalar (fizik, fiziologik, psixologik va boshq.) bilan aralashgan holda emas, 
balki o„z ichidagi yaxlit strukturani o„rganish lozimligini ko„rsatadi.



U o„zi mansub bo„lgan struktur tilshunoslikka izoh berar ekan, tilga o„zaro


munosabatlar sxemasi sifatida yondashish mening bosh vazifam, deb bilaman, deydi. 
U fikrini davom ettirar ekan, mening butun urinishlarim tilni (langua) amaliy
qo„llanishga bog„liq bo„lmagan holda sof forma yoki sxema tarzida o„rganishga qaratilgandir, 
deydi. Bunday qarash F.de Sossyurning bosh g„oyasi hisoblangan “lingvistikaning yagona va
haqiqiy o„rganish ob‟ekti “o„zi va o„zi uchun” tarzida qaraluvchi til, ya‟ni tilning ichki 
tuzilishi bo„lishi kerak, degan g„oya ta‟sirida maydonga kelganligini qayd etadi.

Yüklə 56,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə