Mavzu tilshunoslik maktablari yosh grammatikachilar maktabi



Yüklə 56,42 Kb.
səhifə6/7
tarix29.11.2023
ölçüsü56,42 Kb.
#139003
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu tilshunoslik maktablari-hozir.org

murakkab, bunday o„xshashlikka ega bo„lmagan shakllar (morfemalar) sodda shakl sanaladi.
Ana shu ikki tasnifdan u o„zi tomonidan ishlab chiqilgan barcha lingvistik tushunchalarni 
aniqlashga, xususan, uning lingvistik ta‟limotida markaziy tushuncha bo„lgan sinf va
konstruksiyani belgilashga tayanch nuqta sifatida foydalanadi. 
3. Ikki murakkab shakl uchun umumiy qism sanalgan til shakli konstituent, yoki shu
murakkab shaklning qismi (komponenti) sanaladi. Konstituentlar bevosita ishtirokchilar va 


oxirgi (terminal) ishtirokchilarga bo„linadi. Oxirgi ishtirokchi morfema sanaladi. Bevosita
ishtirokchilar tushunchasi Sossyurning sintagma tushunchasiga yaqin bo„lib, quyidagi misol 
asosida tushuntiriladi: Poor John ran away (“Bechora Djon uzoqqa qochdi”); Bu gap ikkita
bevosita ishtirokchiga bo„linadi: Poor John va ran away. Ularning har qaysisi, o„z navbatida 
yana ikkita yangi bevosita ishtirokchiga bo„linadi: Poor va John, ran va away. SHunday qilib,
alohida morfemalar ajratilgunga qadar bevosita ishtirokchilar tushunchasi ostida qismlarga 
ajratila beradi.
Bevosita ishtirokchilar tushunchasi keyinchalik formal sintaktik tadqiqotlarning 
rivojlanishini belgilab berdi va deyarli 30 yillar o„tgach mashina grammatikasi va tilning
matematik modellarini hosil qilishda keng qo„llanildi. 
4. L.Blumfild, shuningdek, tilshunoslikka substitut tushunchasini olib kirdi. Uning
fikricha, ma‟lum sinfga mansub bo„lgan bir shaklning muayyan bir sharoitda boshqasi bilan 
almashinib kelishi substitut sanaladi. Substitutlar shakllarning sinfini hosil qiladi.
5. Tarkibidagi bevosita ishtirokchilarning hech qaysisi bog„liq shakl bo„lmagan til 
shakli sintaktik konstruksiya sanaladi. Sintaktik konstruksiyalarning ikki turi ajratiladi:
ekzotsentrik va endotsetrik. Agar fraza uning bevosita ishtirokchilari shakli sinfiga mansub
bo„lsa, u endotsentrik sanaladi (qiyos, poor John John bilan almashinishi mumkin. SHuning 
uchun shu sinf shakliga mansubdir). Boshqacha aytganda, “harakat qiluvchi shaxs-harakat” ni
bildirib, gap shaklida ifodalangan sintaktik konstruksiya ekzotsentrik, birikmani uning qismi 
bilan almashtirish mumkin bo„lgan konstruksiya esa endotsentrik konstruksiya sanaladi.



Masalan, “baho-predmet”ni bildiruvchi bechora Salim, chiroyli gul birikmalarini tarkibidagi



Salim yoki gul bilan almashtirish mumkin bo„ladi va har ikki holatda ham bir xil funksiya
bajaradi. 
L.Blumfild tomonidan ishlab chiqilgan lingvistik tushunchalar sistemasi asosan ana
shulardan iborat. 
Bu tushunchalarning bir qanchasi, xususan, bevosita ishtirokchilar, substitutsiya, 

ekzotsentrik va endotsentrik konstruksiyalar kabi tushunchalar struktur tilshunoslikdan boshqa
tilshunoslik yo„nalishlarida ham e‟tirof etildi. 
L.Blumfild o„z nazariyasini aniq bo„lmog„i uchun matematik usullardan foydalanadi.
Uning fikricha, har qanday jumla matematiklar tili bilan aytganda, kontinuum sanaladi. Uni 
xohlagan miqdordagi qismlarga bo„lish mumkin bo„ladi.
Uning ta‟kidlashicha, lingvistik tadqiqotlarning asosiy ob‟ekti jumlalar orqali ifodalangan 



Yüklə 56,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə