O'zbekiston Respiblikasi Xaliq Talimi vazirligi Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang'ch ta'lim fakulteti sirtqi ta'lim shakli jismoniy madaniyat yonalishi 2-kurs talabasi sindarova sharifa



Yüklə 1,19 Mb.
tarix20.05.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#111673
04.ABDUXALILOV MUZAFFAR

O'zbekiston Respiblikasi MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI vazirligi O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta'lim fakulteti sirtqi ta'lim shakli jismoniy madaniyat yo’nalishi 203-guruh talabasi ABDUXALILOV MUZAFFARNING JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

Jismoniy tarbiyadagi yo‘nalishlari: sport mashg‘ulotlari va umumiy jismoniy tayyorgarlikning yetakchi vazifalari

REJA:

  • Jismoniy tarbiyadagi yo‘nalishlari: sport mashg‘ulotlari va umumiy jismoniy tayyorgarlikning yetakchi vazifalari
  • Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining asosiy tushunchalari
  • Mamlakatda jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik tushunchasi
Ijtimoiy mehnat va sog‘liqni saqlash tizimidagi barcha tadbirlar aholining sog‘lom turmush tarzini yaratish, ularning mehnat qobiliyatini oshirish hamda sog‘lom yashashga qaratilgan.
Inson salomatligi tufayli uzoq yillar sog‘lom bo‘lib, ish faoliyatini saqlab qola bilishi muhim. Shu sababdan, kishilarning sog‘lig‘ini mus-tahkamlash, mehnat qobiliyatlarini takomillashtirish va mehnat samarador-ligini oshirish yo‘lida jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston-da jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori (1999-yil 27-may) faqat sportnigina rivojlantirish, u bilan bog‘liq, bo‘lgan muammolarni (sport inshootlarini yaxshilash, kadrlar tayyorlash, xalqaro sport anjumanlarida ishtirok etib, g‘alaba-larga erishish va h.k.) hal qilish bilan chegaralanadi. Aholining salomat-ligini yaxshilash, o‘quvchi-yoshlar va talabalarning jismoniy barkamolligini ta’minlash, mehnatkash ishchi-xizmatchi va ziyolilarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish ham muhimdir.
Mamlakatda aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashti-rishning asosiy maqsadi insonlarning doimo sog‘lom bo‘lishi, bolalikdan jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga odatlantirish, yoshlarni sportga safar-bar etish, sportchilarning jahon sport maydonlarida ishtirok etishi hamda yu-tuqlarni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston shuhratini jahonda yoyishiga qaratilgan.
Ikkinchi tomondan esa, hozirgi davr texnika taraqqiyoti natijasida ko‘pchilikning o‘tirib ishlashi, ijod qilishi kam harakat qilishiga olib kel-moqda. Bu, o‘z navbatida, qon aylanish tizimining o‘ta susayishi, ya’ni gi-podinamiya kasalligiga chalinishiga sabab bo‘lmoqda.
Uchinchidan esa, tamaki chekish, turli giyohlar va spirtli ichimliklarni “totib ko‘rish”, turli xil yuqumli kasalliklar (gripp turlari) hamda shunga o‘xshash turli salbiy holat orqali kasalga chalinish ko‘paymoqda.
To‘rtinchidan, maktabgacha tarbiya muassasalari, barcha turdagi o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslarining saviyasi pastligi, ommaviy sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiya – sport tadbirlariga yoshlarni ommaviy ravishda jalb etishining qoniqarsizligi, 60-70 foiz o‘quvchi - yoshlar va talabalarning jismoniy tarbiya dasturi talablari hamda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari normativlarini o‘z vaqtida bajara olmasligi ma’lum bo‘lmoqda.
Sport mashg’ulotlarining maqsad va vazifalari
Sport mashg’uloti – bu tanlangan sport turida yuqori sport natijalariga erishishga yo’naltirilgan pedagogik ixtisoslashtirilgan sport takomillashuvi jarayonidir.
Sport mashg’ulotlarining maqsadi mazkur sportchi uchun mumkin bo’lgan eng yuqori tayyorgarlik darajasiga erishish hamda musobaqa faoliyatida yuksak natijalarni namoyish etishdan iboratdir.
Mashg’ulot jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi:
  • tanlangan sport turining texnika va taktikasi chuqur o’z-lashtiriladi;
  • jismoniy qobiliyatlar rivojining zarur darajasi tasdaqlanadi;
  • sportchilar organizdaqing funktsional imkoniyatlari kuchayadi va sog’ligi mustahkamlanadi;
  • mashg’ulot va musobaqalar vaqtida sportchi harakatlarining yuqori darajada jamlanishi va safarbar etilishini ta’daq-lovchi ruhiy, axloqiy - irodaviy sifatlar maqsadli ravishda tarbiyalab boriladi;
  • sportchi tayyorgarligining erishilgan darajasini yuzaga chiqarish qobiliyatini majmuali tarzda takomillashtirish va uni musobaqa faoliyatida namoyish etish amalga oshiriladi;
  • mashq va musobaqa faoliyatini muvaffaqiyatli olib borish uchun zarur nazariy bilimlar hamda amaliy tajriba egallanadi.

Sport mashg’ulotlarining ayrim xususiyatlari mavjud:
tanlangan sport turi bo’yicha muayyan sportchining eng yuqori natijaga erishishga yo’naltirilganligi;
mashg’ulotlarning qa’tiy chegaralangan muddati va munta-zamligi; ma’lum qonuniyatlarga muvofiq ko’p yillik rejalashtirish; mashg’ulot yuklamalarining izchil ravishda oshirib borili-shi;
sportchining yetarlicha mustaqilligi hamda mashg’ulot jara-yoniga ijodiy yondashuvi sharoitida trenerning rahbarlik roli;
sportchining butun hayot yo’liga faol ta’sir ko’rsatish (kun tartibi; shaxsiy hayotga, kasb tanlanishiga ta’sir).
Xulosa qilib aytganda, umumiy jismoniy tayyorgarlikning belgisi va natijalari quyidagi yo‘nalishlarda ma’lum bo‘ladi, ya’ni:
  • Jismoniy mehnat qilishda tezda toliqmaslik, charchamaslik.
  • Ob-havoning issiq-sovug‘iga chiday olish.
  • Turli xil kasalliklarga chalinmaslik.
  • Jismoniy mashqlarni (qo‘lda tortilish, tirsaklarni yotgan holda bukibyozish, tosh ko‘tarish, tez yugurish) erkin bajara olish.
  • Futbol, basketbol, voleybol, tennis kabi sport o‘yinlarida ishtirok etish.
  • O‘zi sevgan sport turi bilan doimiy shug‘ullanish.
  • O‘rta va uzoq masofalarga yugurishda charchamaslik, chi-dash, suvda ko‘p suzish va h.k.

E’TIBORNGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə