O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ikkinchi xorijiy til va kasb-hunar o‘rgatish ishlarini yaxshilash to‘g‘risida



Yüklə 225,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü225,03 Kb.
#144401
  1   2   3   4
RO84124954



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRINING
BUYRUG‘I
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ikkinchi xorijiy til va kasb-hunar o‘rgatish
ishlarini yaxshilash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil
28-avgust kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 28-son
bayoni hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Umumiy o‘rta ta’lim
muassasalari o‘quvchilarini ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish
amaliyotini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida” 2023-yil 14-avgustdagi
239-son buyrug‘i ijrosini o‘rganish maqsadida
buyuraman:
1. Quyidagilar:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga ikkinchi xorijiy til
va kasb-hunar o‘rgatish holatini o‘rganish jadvali va ishchi guruhi tarkibi
1-ilovaga muvofiq;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga ikkinchi xorijiy til
va kasb-hunar o‘rgatish holatini o‘rganish savolnomasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ishchi guruh 1-ilovadagi jadvalga muvofiq hududlarga xizmat safariga
yuborilsin.
3. Ishchi guruh (D.Ermatov)ga:
xizmat safari davomida ishchi guruh a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirish;
o‘quvchilarga ikkinchi xorijiy til va kasb-hunar o‘rgatish joriy qilingan 208 ta
umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi o‘quv jarayonini o‘rganish va ularga tegishli
uslubiy yordamlar ko‘rsatish;
har bir tuman (shahar)da 2024-yil yanvar oyidan boshlab ikkinchi xorijiy til va
kasb-hunar o‘rgatish ishlari joriy etiladigan maktablarda zarur sharoitlar mavjudligini
o‘rganish;
xizmat safari natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirib, rahbariyatga
taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri,
Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari
boshliqlari ishchi guruhga har bir tuman (shahar)da tanlangan maktablarda
o‘quvchilarga ikkinchi xorijiy til va kasb-hunarga o‘rgatish ishlari holatini
o‘rganishlari uchun zarur sharoitlarni yaratsin.


5. Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi (Z.Togayeva) ushbu buyruqning
1-ilovasidagi jadvalga muvofiq ishchi guruh a’zolarini xizmat safariga yuborilishini
ta’minlasin.
6. Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi (F.Jamuratova) vazirlik xodimlarining
xizmat safari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarini o‘rnatilgan tartibda to‘lab berish
ishlarini amalga oshirsin.
7. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika
tashxis markazi (L.Gaynutdinova), “Barkamol avlod” Respublika bolalar maktabi
(Y.Akbarov) ilovaga muvofiq tegishli xodimlarning belgilangan muddatlarda xizmat
safariga yuborilishini hamda ularning xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlarini tashkilot
mablag‘lari hisobidan to‘lab berilishini ta’minlasin.
8. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari U.Begimkulov
zimmasiga yuklatilsin.

Yüklə 225,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə