Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 286,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü286,93 Kb.
#151681
  1   2   3
БУХДУ анжуман хати



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA 
 INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
 
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 
 
AGRONOMIYA VA BIOTEXNOLOGIYA FAKULTETI 
AGRONOMIYA VA TUPROQSHUNOSLIK KAFEDRASI 
2023-YIL 12-DEKABR KUNI OʻTKAZILILADIGAN 
 
“Turli tuproq-iqlim sharoitida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va 
o‘simliklarni himoya qilishda innovatsion yondashuvlar"
MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMAN AXBOROT 
XATI 
 
Buxoro-2023 y. 


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR 
VAZIRLIGI 
 BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 
AGRONOMIYA VA BIOTEXNOLOGIYA FAKULTETI 
AGRONOMIYA VA TUPROQSHUNOSLIK KAFEDRASI
HURMATLI HAMKASBLAR! 
Sizlarni Buxoro davlat universitetida 2023-yil 12-dekabr kuni oʻtkazililadigan “Turli 
tuproq-iqlim sharoitida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va o‘simliklarni himoya 
qilishda innovatsion yondashuvlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok 
etishga taklif etamiz. 
Anjumanning maqsadi: 
Rejalashtirilgan anjumanda tuproqshunoslikning bugungi kundagi dolzarb muammolari,
qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalari va turli xildagi begona o’tlar ularning zarari, qarshi 
kurashdagi innovatsion texnologiyalar hamda o‘simliklarni himoya qilish, ekstremal ekologik
sharoitida tuproq unumdorligini shakllantirishi, tuproqni muhofaza qilish, antropogen
omillarining ta’siri, tuproqda kechadigan biologik jarayonlar va tuproq melioratsiyasini
yaxshilash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari hamda ilg‘or tajribalarini qishloq xo‘jalik 
sohasida ommalashtirish. Ushbu tadbirda sohada amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot 
ishlarining dolzarbligi, ko’lami, shuningdek, respublika yosh tadqiqotchilarning tajribalari 
o‘rganiladi, muhokama etiladi va ilg‘or texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar 
ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, anjumanda intellektual tizimlar, dasturiy ta’minotlar kabi 
o’qitishning zamonaviy texnologiyalarini yaratish va rivojlantirish masalalari nazarda tutilgan. 
Anjuman yakunida ilmiy ishlanmalarning respublikamizdagi qishloq xo‘jaligi hamda ishlab 
chiqarish korxona va tashkilotlarida joriy qilish bo‘yicha mavjud muammolar tahlil qilinadi va 
ularning yechimlari bo‘yicha xulosa hamda takliflar ishlab chiqiladi. 

Yüklə 286,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə