O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi fargʻona davlat universiteti



Yüklə 140 Kb.
səhifə1/8
tarix04.08.2023
ölçüsü140 Kb.
#120339
  1   2   3   4   5   6   7   8
ASALARICHILIKDA NASILCHILIK ISHLARI FAN DASTUR 2022 2023 Yy 1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


FARGʻONA DAVLAT UNIVERSITETI






TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor ____________
R.M.Shukurov
2023 yil





ASALARICHILIKDA NASILCHILIK ISHLARI


FAN DASTURI


Bilim sohasi: 800000 – Qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligi
va veterinariya
Ta’lim sohasi: 810000 – Qishloq xo‘jaligi
Ta’lim yo‘nalishi: 60811500 –Zooinjineriya(asalarichilik)

























Farg‘ona – 2023

Fan / modul kodi
ЭАМММ 2205

O‘quv yili
2023-2024

Semestr
1

ECTS – Kreditlar
9



Fan / modul turi
Majburiy







Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
8




1.

Fanning nomi













Auditoriya mashg’ulotlari
(soat)

Mustaqil ta’lim
(soat)

Jami yuklama
(soat)

ASALARICHILIKDA NASILCHILIK ISHLARI

90

90

180

2.

I. Fanning mazmuni

Asalarichilikda nasilchilik ishlari fani qishloq xo‘jaligining tez rivojlanadigan sohalaridan biri sifatida insonlarning oziqlanishida, tibbiyot amaliyotida va sanoatning ba’zi sohalarida xom – ashyo sifatida foydalaniladigan qator qimmatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘rganuvchi fan hisoblanadi.
Asalarichilik asoslari fani, xozirgi zamon yer tizimi, har bir xududning tabiy iqlim va tuproq sharoitini hisobga olgan holda asalarichilikning oziqa bazasini yaxshilash, xo‘jaliklarni iqtisodiy jihatdan samaradorligini ko‘tarishni taqazo etadi.
Fanning vazifasi - Asalarichilik asoslarining asosiy maqsadi tovar asal ishlab chiqarish hisoblanadi. Asalari mahsulotlarida ko‘p miqdorda to‘yimli moddalar bo‘lib, inson oziqasida beqiyos o‘rin tutadi. Xalqimizning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirish zarur.
Ushbu maqsadga erishish uchun o‘rganuvchilarga qishloq xo‘jaligining tez rivojlanadigan sohalaridan biri sifatida insonlarning oziqlanishida, tibbiyot amaliyotida va sanoatning ko‘pgina sohalarida xom-ashyo sifatida foydalaniladigan qator qimmatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni, asalari pasekasini joylashtirish; o‘simliklardan ajraladigan nektar miqdorini aniqlash, o‘simliklardan ajraladigan gulchangi miqdorini aniqlash, asalarilardan mahsulot olishda o‘simliklarning o‘sish jarayoni bilan tanishish; asalari mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishish asalarichilikda bajariladigan seleksiya – naslchilik ishlarini o‘rganuvchi fan hisoblanadi.
II.Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotiari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi.
So‘z boshi +
I-bo‘lim: Nasilchilik ishlarining sohadagi axamiyati
1-Mavzu: Kirish. Asalari oilasi.
Asalarilarning yashash hayoti nihoyatda murakkab bo‘lib, oilada har bir individ ma’lum bir vazifani bajaradi. Oilada nasl beradigan ona asalari, naslsiz urg‘ochi ishchI asalari va erkak asalarilar (trutenlar) paydo bo‘lib, ular morfaologik va fizologik tuzilishiga ko‘ra bir-biridan farq qilishini o‘rganiladi.


2-Mavzu: Asalari oilasini boqishdagi asosiy talablar.
Asalarichilikda oilaning kuchi va uning faoliyati, asalari oilasidagi oziqning miqdori, sifati, asalari oilalarini bahorda isitishning qanday yo‘llari va asalari oilasida taftish otkazish tartibi haqidagi ma’lumotlar o‘rgatiladi.

3-mavzu-Asalari oilalariga qarov o‘tkazishda va nasilchilik ishlarida kerakli asboblar.
Turli xil konstruksiyadagi uyalarning va romlarning tuzilishi, uyaning ichki tuzilishining yangiliklari ularning romlar soniga bog’liqligi, romli uyalarning o'lchami va qismlari. Foydalaniladigan uyaning asalarichi mehnat unumdorligiga ta’siri. Uyani asosiy qismlarining chizmasi, nukleuslar va ona asalarilarni yetishtirish uchun kerakli jixozlardan foydalanish haqidagi m’lumotlar o‘rgatiladi.

4-Mavzu: Nasilchilik ishlarini olib borishdagi asosiy vazifalar.


Asalarichilikda asalari oilasini tanlashda asosiy ko‘rsatkichlari, ya’ni asal mahsuldorligi etiborga olinib, shu jumladan oilani ko’paytirish va rivojlantirsh zotdaor na asalarilar yetishrish asosan naslchilik ishining asosiy maqsa va yo‘nalishi hisoblanadi. Bunda asosiy e’tiborni asalari oilasining qishlovga va kasalliklarga chidamliligi ona asalarini sermahsulligi (nasildorligi), asalari oilasining rivojlanganlik ko‘rsatkichi, ko‘ch ajraltishga moyilligi muloyimligi, mum ajratish ko‘rsatkichi va boshqa foydali xo‘jalik belgilari hisobga olinadi.
5- Mavzu: Asalari oilalarini bonitirovkalash.
Asalarichilik xo‘jaliklarida bonitirovka o‘tkazishdan maqsad shuki, asalari oilasining maxsuldorligini, zotini xamda sifatiga axamiyat berib, shu tekshirish ko‘rsatmalari asosida selektsiya va arilar zoti to‘g‘risida tuzatishlar kiritiladi. Odatda asalari oilalari har yili kuzda bonitirovkadan o‘tkaziladi. Hamma asalarichilik xo‘jaliklarida asalari oilalarining foydali xo‘jalik ko‘rsatkichlariga qarab 2 guruxga bo‘linishi kabi ma’lumotlar beriladi.



Yüklə 140 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə