O‘zbekiston respublikasi oliy



Yüklə 8,18 Mb.
səhifə1/267
tarix27.12.2023
ölçüsü8,18 Mb.
#163023
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   267
5.71.01.01 Feldsher Akusherkik(1)


5.71.01.01 - Feldsher - akusherlik ishi


mutaxassisligi bo’yicha
O‘QUV DASTUR TOʼPLАMI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA‘LIMNING

        1. - FELDSHER - AKUSHERLIK ISHI kasbi bo`yicha

O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI MODUL
NAMUNAVIY O‘QUV DASTURI

Kvalifikatsiya raqami va nomi:

5.71.01.01. Umumiy amaliyot feldsher –
akusheri.

O`quv rejadagi tartib raqami:

1.01

Ajratilgan auditoriya soat:

72


Toshkent 2021 yil




Tuzuvchi:




SHaripxodjaeva M. O.

CHilonzorAbu Ali ibn Sino nomidagi jamoat
salomatligi texnikumi o`qituvchisi

Taqrizchilar:




Xudoybergenova F. T.

TDSI tarix fani o`qituvchisi f.f.n.

To`xtaeva X. M.

CHilonzorAbu Ali ibn Sino nomidagi jamoat
salomatligi texnikumi o`qituvchisi

          1. O‘quv dasturiga qo`yiladigan talablar



O‘quv dasturining nomi

O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI MODUL

Ajratilgan soat

72

Mavzular soni

36

Dasturning maqsadi

– mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o`zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko`rsatish va jamiyat hayotida o`quvchining o`rnini, o`zligini anglatishdan iborat.

O`zlashtirish (o`qitish) natijalari

  • mustaqillikka эrishish arafasida O`zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini o`quvchilarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g`ururni shakllantirishdan iborat.

Bilim

  • mustaqillikka эrishish arafasida O`zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini;

  • mustaqillik yillaridagi o`zgarishlarni, O`zbekistonning эng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda O`zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o`rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilishi kerak.

Ko`nikma

  • O`zbekiston tarixi muammolarini o`rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g`oyasini qo`llay bilish, atrofida sodir bo`layotgan jarayonlarga o`z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix modulining o`rnini anglash va bugungi kunda sodir bo`layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog`liqligini bilish ko`nikmalariga эga bo`lishi kerak.

  • O`zbekistonning эng yangi tarixini chuqur bilish, ma’naviy- milliy va umuminsoniy masalalar bo`yicha o`z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik g`oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi malakalarga эga bo`lishi kerak .


Yüklə 8,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə