O‘zbekiston Respublikasi Oliy va inovatsiyalar vazirligi



Yüklə 21,92 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü21,92 Kb.
#136914
  1   2   3   4
2 Mavzuga Metrologiya bo‘yicha asosiy atama va tushunchalar


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va inovatsiyalar vazirligi
Islom Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
Elektronika va avtomatika» fakulteti
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» kafedrasi

MUSTAQIL ISH
Metrologiya va standartlashtirish fanidan”

Metrologiya bo‘yicha asosiy atama va tushunchalar” mavzuda



Bajardi: Xamidov Sadullo

Qabul qildi:

Toshkent 2023.



Metrologiya bo‘yicha asosiy atama va tushunchalar
. Metrologik me'yorlar va qoidalarning xalqaro va tarmoqlararo ahamiyatini hisobga olgan holda o‘zaro tushunish va harakatlarni kelishishda metrologik atamalarning birliligi va qabul qilingan tushunchalarga aniq rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining "Metrologiya to‘g‘risida" Qonunida, O‘z O‘DT ning asos bo‘luvchi hujjatlari O‘z DSt 8.010:2002, O‘z DSt 8.010.2:2003, O‘z DSt 8.010.3:2004, O‘z DSt 8.010.4:2002 da va aloqa va axborotlashtirish sohasida foydalaniladigan “Tst 45.025.2000. Metrologik ta'minot. Atamalar.” tarmoq standartida metrologiya bo‘yicha quyidagi asosiy atama va tushunchalar keltirilgan.
Metrologiya O‘lchashlar, ularning birliligini ta'minlash metodlari va vositalari va talab etilgan aniqlikka erishish usullari to‘g‘risidagi fan.

O‘lchashlar birliligi – O‘lchashlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalangan va o‘lchashlarning xatoliklari berilgan ehtimollik bilan ma'lum bo‘lgan holat.
O‘lchash – maxsus texnik vositalar yordamida fizik kattaliklar qiymatlarini tajriba yo‘li bilan topish.
O‘lchash vositasi normalashtirilgan metrologik tavsifga ega bo‘lgan o‘lchash asbobidir. O‘lchash vositasi, o‘z navbatida, o‘lchov, o‘lchash o‘zgartirgichlari, o‘lchov asboblari, o‘lchash axborot tizimi va o‘lchash qurilmalari kabi turkumlarga bo‘linadi.
O‘lchash asbobi (pribor) deb, kuzatuvchi idrok qilishi uchun qulay shakldagi o‘lchov informasiyasi signalini ishlab chiqishga xizmat qiladigan o‘lchash vositasiga aytiladi.
O‘lchov deb, berilgan o‘lchamli fizik kattaliklarni qayta tiklash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga aytiladi. O‘lchovlar to‘plami deb, maxsus tanlangan, faqat alohidagina emas, balki turli birikmalarda turli o‘lchamli qator bir nomli kattaliklarni qayta o‘lchash maqsadida qo‘llaniladigan o‘lchovlar majmuiga aytiladi1 . 1 Toru Yoshizava, Handbook of optical metrology,2008. 16 Mundarija:
Birlik etaloni – Fizik kattalikning o‘lchamini boshqa o‘lchash vositasiga berish maqsadida fizik kattalik birligining o‘lchamini qayta tiklash va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchashlar vositasi.
Davlat etaloni – O‘zbekiston Respublikasi hududida kattalik birligining o‘lchamini o‘rnatish uchun milliy idora vakilining qarori bilan boshlang‘ich ztalon sifatida tan olingan etalon.

Yüklə 21,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə