O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti sirtqi bo’lim



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix23.05.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#112387
psixik rivojlanish2



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
SIRTQI BO’LIM 
Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi 
2S 21-145 guruh talabasi 
Abduraxmonova Muslimaning 
Psixologiya fanidan 
MUSTAQIL ISH 
Mavzu:
Psixk rivojlanishning asosiy qonuniyatlari. 
Bajardi: 
 
 
 
 
 
 
Abduraxmonova M 
Qabul qildi: 
 
 
 
 
 
Xolxo’jayeva Sh 
Farg’ona 2023 


Mavzu: Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari. 
Reja : 
1. Bola psixik taraqqiyoti haqida tushuncha 
2. Bola psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillari 
3. Psixik taraqqiyot, yosh bosqichlari va yosh inqirozlari 
4. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 
Xulosa


Bola psixik taraqqiyoti haqida tushuncha. 
Psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson 
shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta’siriga 
bog’liqlini dalillar asosida izoxlab beradi. Ulardan; birinchisi - 
inson tug’ilib voyaga yetadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri; 
ikkinchisi - odamga uzoq muddat davomida muntazam tarzda 
beriladigan ta’lim tarbiyaning ta’siri; uchinchisi - odamga tug’ma 
ravishda, tayyor holda beriladigan nasliy xususiyatlarning 
ta’siridir. 
Ma’lumki, har bir odam o’ziga xos, boshqalarda aynan takrorlanmaydigan ijtimoiy 
muxitda, aniq ijtimoiy munosabatlarda, ya’ni oila, jamoa va jamiyatda, odamlar 
orasida yashab ulg’ayadi, shakllanadi. Bu ijtimoiy munosabatlarga odam jamiyat 
a’zosi sifatida, ma’lum sinfning, u yoki bu ijtimoiy guruhning namoyandasi 
sifatida va nihoyat, Tashqil qilinganlik va uyushqoqlik darajasi turlicha bo’lgan 
muayyan jamoalarning faol a’zosi sifatida qatnashadi. Shaxsning mohiyati o’z 
tabiati jihatidan ijtimoiy xarakterga egadir. Shaxsdagi barcha psixik xususiyatlari, 
ijodiy faolligining rivojlaiish manbalari uning tevarak-atrofidagi ijtimoiy muhitda, 
jamiyatdadir. 
Inson shaxsi sababiy bog’liqlikda bo’lib, uning ijtimoiy turmushi bilan belgilanadi. 
Mana shu ma’noda shaxsning taraqqiyoti odamlar bilan munosabatda yuzaga 
keladigan ijtimoiy tajribani egallash jarayonidan iboratdir. Buning natijasida 


insonning psixik xususiyatlari, axloqiy fazilatlari, xarakteri, irodaviy sifatlari, 
qiziqishlari, e’tiqod va dunyoqarashi tarkib topadi. Muhit, ma’lum maqsadga 
qaratilgan ta’lim va tarbiya, azaldan berilgan, genotik jihatdan qatiy belgilangan 
nimanidir namoyon qilish uchun sharoitgina bo’lib qolmay, balki inson psixik 
xususiyatlarini tarkib toptiradi. 
Bu borada, birinchidan, odam muhit ta’siri ostidagi passiv obyekt bo’lmay, balki 
faol mavjudotdir, Shu bois hayot sharoiti, tashqi ta’sir inson psixikasini 
belgilamaydi, balki odamning muhit bilan bo’lgan o’zaro ta’siri orqali, uning 
muhitdagi faoliyati orqali belgilanadi. Shu sababli muhitning ta’siri haqida emas, 
balki odamning tevarak-atrofdagi muhit bilan faol o’zaro ta’siri haqida gapirish 
maqsadga muvofiqdir. 
Ikkinchidan, psixikaning rivojlanishi pirovard natijada tashqi sharoitlarga, tashqi 
ta’sirotlarga bog’liqdir. Lekin bu rivojlanishini bevosita tashqi sharoitdan va tashqi 
vaziyatdan keltirib chiqarib bo’lmaydi. Bu sharoitlar hamda vaziyatlar hamisha 
odamning hayotiy tajribasi, uning shaxsi, individual psixologik xususiyatlari va 
psixik qnyofasi orqali ta’sir qiladi. 
Uchinchidan, odam faol mavjudot sifatida o’zi ham ongli ravishda o’z shaxsini 
o’zgartirishi, ya’ni o’zi-o’zini tarbiyalash bilan shug’ullanishi mumkin, lekin, bu 
jarayon atrof-muhitdan ajralgan holda emas, balki muhit bilan moslashgan holda 
va muhit bilan o’zaro munosabatda sodir bo’ladi.
Yuqoridagilardan xulosa chiqarib shuni aytish mumkinki, odamning (bolaning, 
o’quvchining) ijtimoiy tashqil topgan va faol faoliyati uning psixik rivojlanishining 
asosi, vositasi hamda shartidir. 
O’z-o’zidan ma’lumki, odamning psixik rivojlanishi uchun tabiiy, biologik 
imkoniyatlar nihoyatda zarurdir. Inson psixik xususiyatlari me’yorida tarkib 


topishi uchun muayyan darajadagi biologik tuzilish, inson miyasi va nerv sistemasi 
bo’lishi shart. Bu tabiiy xususiyatlar psixik rivojlanigani harakatta keltiruvchi 
kuchlar, omillar emas, balki faqat dastlabki sharoitlardir, xolos. Tabiiy xususiyatlar 
taraqqiyotni harakatta keltiruvchi kuch emasligiga qaramay, insoniyat psixik 
taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatadi. Birinchidan, tabiiy xususiyatlar psixik xususiyatlar 
taraqqiyotining turli yo’llarini va usullarini belgilab beradi. Inson nerv 
sistemasining xususiyatlari o’z-o’ziga shaxsning hyech qanday psixik 
xususiyatlarini belgilamaydi, Hyech bir me’yordagi bola dadil yoki qo’rqoq, 
irodali yoki irodasiz, mehnatsevar yoki yalqov, intizomli yoki intizomsiz bo’lib 
tug’ilmaydi, Agarda tarbiya to’g’ri tashqil qilinsa, nerv sistemasida xarakterning 
barcha ijtimoiy qimmatli xislatlarini shakllantirish mumkin. Masalan, sabot-
matonat va o’z-o’zini tuta bilish xislatini nerv sistemasining tipi shiddatli bo’lgan 
bolalarda ham, yoki nerv sistemasining tipi vazmin bo’lgan bolalarda ham 
tarbiyalash mumkin bo’ladi. Biroq birinchi hol hol bolalarni tarbiyalash ikkinchi 
holdagilarni tarbiyalashga qaraganda qiyinroq bo’ladi. Har ikkala holda kerakli 
sifatlarni tarbiyalash yo’llari va usullari ham turlicha bo’ladi. Ikkinchidan, tabiiy 
xususiyatlar odamning biror sohada erishgan yutuqlari darajasiga ham ta’sir qilishi 
mumkin. Masalan, qobiliyatda tug’ma individual farqlar mavjud. Shu sababli ba’zi 
odamlar boshqa odamlardan ma’lum bir faoliyatni egallash imkoniyati jihatidan 
ustun turishadi. Bazida esa aksincha, biror-bir faoliyat turini egallash imkoniyati 
jihatidan esa ulardan ortda qolishlari mumkin. Mana shu ma’noda odamlar o’z 
qobiliyatlarini baravar rivojlantirish imkoniyatiga ega emaslar. Garchi tabiiy 
ko’nikishlar o’quvchilarning psixik rivojlanishi uchun ma’lum ahamiyatga ega 
bo’lsa ham (shu sababli, masalan, ta’lim jarayonida ayrim o’quvchilardan boshqa 
o’quvchilarga nisbatan ko’proq- zo’r berish talab qilinadi, ayrim o’quvchiga 
o’qituvchi ko’proq kuch sarflaydi, e’tibor beradi va ko’proq vaqt ajratadi), bu 
ko’nikishlarning o’zi psixik taraqqiyotda hal qiluvchi rol o’ynamaydi. 


Turli yo’nalishga ega bo’lgan psixologlar, bir tomondan ta’lim va tarbiya, ikkinchi 
tomondan esa rivojlanish o’rtasidagi o’zaro munosabati muammosini keng doirada 
muhokama qilmoqdalar. Rivojlanish deganda, odatda hodisalarning har ikki turi 
tushuniladi va bu tushunchalar bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir: 1) miyaning 
biologik, organik yetilishi, uning anatomik-fiziologik tuzilishi jihatidan yetilishi; 
2) psixik (aqliy) rivojlanishning ma’lum o’sish darajalari sifatadagi, o’ziga xos 
aqliy yetilish sifatidagi psixik rivojlaiishi, o’z-o’zidan malumki, aqliy rivojlanish 
miya tuzilishining biologik yechilishi bilan bog’liqdir va bu xususiyat ta’lim-
tarbiya ishlarida, albatta, hisobga olinishi lozim, chunki ta’lim miyaning organik 
jihatdan yetilishini inkor eta olmaydi. Biroq miya bo’zilishining organik jihatdan 
yetilishini muhitga, ta’lim-tarbiyaga mutlaqo bog’lanmagan holda o’zining qatiy 
biologik qonunlari asosida sodir bo’ladi, deb bo’lmaydi. Muhit, ta’lim-tarbiya va 
tegishli mashq, miya tuzilishining organik jihatdan yetilishiga yordam beradi. Bu 
jarayonda ta’lim qanday mavqyega ega? Ta’lim rivojlanishga nisbatan yetakchi 
vazifani bajaradimi yoki aksincha? Bu muammoning hal qilinishi ta’lim 
jarayonining mazmuni va metodikasini, o’quv dasturlari va darsliklarning 
mazmunini belgilab beradi. 
Bu borada nemis psixologi V.Shtern: ta’lim psixik rivojlanishning orqasidan 
boradi va unga moslashadi, degan fikrni olg’a surgan edi. Bu fikrga qaramaqarshi 
rus psixolog L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning 
yetakchilik roli bor, degan qoidani birinchi bo’lib ilgari surdi va uni ta’lim 
rivojlanishdan oldinda boradi va uni o’z orqasidan ergashtirib olib boradi, deb aniq 
ifodalab beradi. Yuqorida bayon qilingan birinchi fikrga muvofiq ta’lim faqat 
rivojlanish tomonidan erishilgan narsalardan foydalanadi Shuning uchun aqliy 
jihatdan yetilish jarayoniga aralashmaslik, unga xalaqit bermaslik, balki ta’lim 
uchun imkoniyat yetilguncha chidam bilan passiv kutib turish kerak. 


Shveysariyalik psixolog J.Piajening nazariyasi ham ayni shu g’oyalar bilan 
yo’g’rilgandir. J.Piajening fikricha, bolaning aqliy o’sishi o’zining ichki qonunlari 
asosida rivojlana borib, sifat jihatdan o’ziga xos bir qator genetik bosqichlarni 
bosib o’tadi. Ta’lim - bu aqliy yetilish jarayonini faqat bir qadar tezlatishga yoki 
sekinlashtirishga qobildir, lekin u aqliy jihatdan yetilish jarayoniga hyech qanday 
jiddiy ta’sir ko’rsata olmaydi. Demak, ta’lim rivojlanish qonunlariga buysunishi 
kerak. Masalan, bolada mantiqiy tafakkur yetilmay turib, uni mantiqiy fikr 
yuritishga o’rgatish foydasizdir. Ta’limning turli bosqichlari bolaning tegishli 
psixologik imkoniyatlari pishib yetiladigan muayyan yoshidan qat’iy nazar 
bog’liqligi ana shundan kelib chiqadi. Ta’kidlash joizki, ta’lim yetakchi rolni 
bajaradi, ta’lim va rivojlanish esa o’zaro bir-biriga bog’liqdir; ular alohida sodir 
bo’ladigan ikki jarayon bo’lmay, balki bir butun jarayondir Ta’limsiz to’la aqliy 
rivojlanish bo’lishi mumkin emas. Ta’lim rivojlanishga turtki bo’ladi, rivojlanishni 
o’z ortidan ergashtirib boradi. Zarur sharoit tug’ilganda ta’lim mantiqiy fikrlash 
malakasini tarkib toptiradi va tegishli aqliy rivojlanish uchun zamin bo’ladi, lekin, 
ta’lim rivojlanishga turtki bo’lish bilan bir vaqtda o’zi rivojlanishga tayanadi, 
erishilgan rivojlanish darajasining xususiyatlarini, rivojlanishning ichki qoidalarini 
albatta, inobatga oladi. Ta’limining imkoniyatlari juda keng bo’lsa-da, biroq 
cheksiz emas. Yirik rus psixologi L.S.Vigotskiy talim va taraqqiyot muammosiga 
ijtimoiy-tarixiy jarayon nuqtai-nazaridan yondashib, bilimlarni o’zlashtirish 
insoniyatning tarixi taraqqiyotida yaratilgan madaniyatda ishtirok etish jarayonidir, 
deb ta’kidlaydi. U olga surgan psixik funktsiyalar taraqqiyotining madaniy-tarixiy 
nazariyasiga ko’ra, psixik faoliyat taraqqiyot uning «tabiiy» shaklini bevosita qayta 
qurgan holda, turli alomatlar bilan avval tashqi, so’ng ichki ifodalanishni nazarda 
tutib, 
«madaniy» shaklini egallash tushuniladi, Shu munosabat bilan 


L.S.Vigotskiyning psixologiyaga kiritgan «psixik taraqqiyotning eng yaqin zonasi” 
tushunchasi muxim ahamiyat kasb etadi. Buning asl mohiyati, bolaning mustaqil 
faoliyat kattalar bilan hamkorlikda, uning rahbarligida amalga oshiriladi. 
L.S.Vigotskiy tomonidan kiritilgan «psixik taraqqiyotning eng yaqin zonasi» 
tushunchasi «ta’lim taraqqiyotdan oldinda boradi» degan umumiy qoidaning 
yaqqol mazmunini tushunish uchun imkoniyat yaratadi, 
E.Torndayk va J.Piajening ta’lim bilan taraqqiyotni ayni bir narsa deb 
tushuntirishiga qaramay L.S.Vigotskiy: «.Bola taraqqiyotinn hyech mahal maktab 
ta’limidan tashqaridagi soya deb hisoblash mumkin emas», - deb ta’kidlaydi. 
Bundan tashqari, ta’lim va taraqqiyot bir-biriga tobe bo’lmagan jarayonlardir, 
degan yo’nalishdagi psixologlarni ham u qattiq tanqid qiladi. 
P.P.Blonskiy ta’limning bola taraqqiyotidagi o’rniga alohida ahamiyat beradi, 
shuning uchun o’quvchilarning aqliy rivojlanishi to’g’ridan-to’g’ri maktab dasturi 
mazmuniga bog’liq ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha-ta’lim jarayonida bolalar 
ma’lum qoida asosida faoliyat qilishga odatlanadilar. Ta’lim ta’siri natijasida 
o’quvchilarda o’z-o’zini va o’zining aqliy faoliyatini nazorat qilish yuzaga keladi. 
Psixolog olimlardan V.V.Davidov, P.Ya.Galperin, D.B.Elkonin, 
N.AMenchinskaya, A.A.Lyublinskaya, E.G.Goziyevlar o’z tadqiqotlarida 
ta’limning taraqqiyotdagi yetakchi rolini ta’kidlashadi. 
Psixik taraqqiyotning omillari va sharoitlari aniqlab olingan taqdirda ham, 
psixikada yuzaga keladigan o’zgarishlarning manbalari, psixik rivojlanishni 
harakatta keltiruvchi kuchlar nimalardan iborat, degan savolning tug’ilishi, 
tabiiydir. Bolaning psixik rivojlanishini harakatlar keltiruvchi kuchlar murakkab va 
turli-tumandir. Rivojlanishning mohiyatini qarama-qarshiliklar kurashidan, ichki 
ziddiyatlar bolaning, psixik rivojlanishini bevosita harakatta keltiruvchi kuchlar, 
ta’lim va tarbiya jarayonida yuzaga keladigan hamda bartaraf qilinadigan eskilik 


va yangilik o’rtasidagi qaramaqarshiliklardan iboratdir. Bunday ziddiyatlarga, 
masalan, faoliyat tomonidan yuzaga keladigan yangi ehtiyojlar bilan ularni 
qondirish imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlar; bolaning o’sib borayotgan jismoniy 
va ruhni imkoniyatlari bilan esa, tarkib topgan o’zaro munosabat shakllari va 
faoliyat turlari o’rtasidagi ziddiyatlar; jamiyat, jamoa, katta odamlar tomonidan 
kundan-kunga ortib borayotgan talablar bilan psixik taraqqiyotning mazkur 
darajasi o’rtasidagi ziddiyatlar qiradi. Masalan, kichik maktab yoshidagi 
o’quvchida mustaqil irodaviy faoliyatga nisbatan bo’lgan tayyorlik bilan xatti -
harakatlarning mavjud vaziyatga yoki bevosita ichki kechinmalarga bog’liqligi 
o’rtasida ziddiyat mavjuddir o’smirlarda esa eng kuchli ziddiyatlar bir tomondan, 
uning o’ziga, o’zi baho berishi va o’z talablari darajasi va ikkinchi tomondan, 
atrofdagilarning unga nisbatan bo’lgan munosabatlari haqidagi ichki kechinmasi 
o’rtasida. Shuningdek, o’zining jamoadagi real mavqyei to’g’risidagi ichki 
kechinmasi o’qishsada, katta odamlar hayotida to’la huquqli a’zo sifatida 
qatnashishi ehtiyoji bilan bunga o’z imkoniyatlarining mos kelmasligi o’rtasida 
paydo bo’ladi. Ko’rsatilgan barcha ziddiyatlar birmuncha yuqori darajadagi psixik 
faoliyatlarni tarkib toptirish orqali bartaraf qilinadi. Natijada bola psixik 
rivojlanishning yanada yuksakroq bosqichiga ko’tariladi. Ehtiyoj qondiriladi - 
ziddiyat yo’qoladi. Biroq qondirilgan ehtiyoj, yangi ehtiyojni tug’diradi. Bu 
ziddiyat boshqa bir ziddiyat bilan almashinadi, taraqqiyot davom etadi.
O’sish – miqdoriy jihatdan ulg’ayish, demakdir. Taraqqiyot – sifat jihatdan 
o’zgarish demakdir. Bolaning psixik taraqqiyoti ham qarama-qarshiliklar kurashi 
asosida yuz beradi. Bu qarama-qarshiliklar bolaning shu choqqacha erishgan 
darajasi, imkoniyatlari bilan yangi ehtiyojlar o’rtasida tug’uladigan qarama-
qarshiliklar. Ya’ni bolalarning ehtiyojlari tez ortib boradi. Lekin bu ehtiyojlarni 
qondirish imkoniyatlari juda sekinlik bilan yuzaga keladi. 


Psixologlar jumladan, L.S.Vigotskiyning fkticha ta’lim jarayoni taraqqiyot 
jarayoniga mos kelmaydi, ta’lim jarayoni taraqqiyotdan ilgarilab ketadi va bolalar 
psixikasining taraqqiy etishini o’z orqasidan ergashtirib boradi. Unga eng yaqin 
iqbol ochib beradi, deb ko’rsatdi. Vigotskiyning fikricha taraqqiyotning 2 bosqichi 
bo’lib, ya’ni birinchisi faol taraqqiyot bosqichi. 
Ikkinchisi eng yaqin taraqqiyot zonasi bosqichi bor. Vigotskiy bolalarning psixik 
rivojlanishi, ayniqsa shu taraqqiyot jarayonida tezroq rivojlanadi deb ko’rsatadi. 
Psixik rivojlanishda muhit ta’siriga nisbatan bu qonuniyatlar ikkilamchidir, chunki 
bu qonuniyatlarning o’ziga xosligi hayot sharoitiga, faoliyat va tarbiyaga bog’liq 
psixik taraqqiyotning quyidagi qonuniyatlarini farqlash mumkin. Psixik 
rivojlanishning notekisligi. Har qanday sharoitda, hatto ta’lim va tarbiyaning eng 
qulay sharoitlarida ham shaxsning turli psixik belgilari, psixik funksiyalarni va 
psixik xususiyatlari rivojlanishning bitta darajasida to’xtab qolmaydi. Bolaning 
rivojlanishidagi ayrim davrlarda psixikaning u yoki bu yo’nalishlarda rivojlanish 
uchun nihoyatda qulay sharoitlar paydo bo’ladi. 
Psixikaning integratsiyasi qonuni. Inson psixikasi o’z taraqqiyoti davomida tobora 
ko’proq yaxslitlik, birlik, mustahkamlik va doimiylik xususiyatlarini kasb eta 
boradi. N.D.Levitovning ko’rsatishicha, kichkina bola psixik jihatdan turli 
fragmentar psixik holatning kichik bir sitemaga uyishtirilganidan iboratdir. Psixik 
rivojlanish psixik holatning asta sekin o’sib, shaxs xislatlariga aylanishini 
anglatadi. 
Plastiklik va kompensatsiya imkoniyati. I.P.Pavlov faqatgina tegishli ta’sir 
ko’rsatilsa, hamma narsani yaxshi tomonga o’zgartirish mumkinligini ta’kidlab, 
nerv plastikligini ko’rsatib o’tgan. Ta’lim tarbiya sharoitida bolaning psixikasini 


maqsadga muofiq o’zgartirish imkoniyati nerv sistemasining anashu plastikligiga 
asoslanadi. Plastiklik kompensatsiya uchun ham yo’l ochib beradi. 
XX asrga kelib yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyda psixik taraqqiyot 
omillarni talqin etuvchi 2 ta yo’nalish yuzaga keldi. Bular : 
Biogenetik 
Sosiogenetik 
Biogenetik qonun 
Insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida talqin etiladi. 
Antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy ro’l o’ynaydi. 
Ontogenez filogenezda qisqacha takrorlanadi. Sosiogenetik nazariya – inson 
biologik tur sifatida tug’ulib, hayotdagi ijtimoiy shart sharoitlarni bevosita ta’siri 
ostida shaxsga aylanadi deb hisoblaydi. 
1920- yillarda doktor Sang Hindistonda Kalkuttaning janubi- g’arbidan ikki qizni 
bo’rilar orasidan topadi. Qizlardan biri Amola 2 yosh, bir oydan keyin vafot etgan, 
Kamola 7-8 yosh 17 yoshgacha yashagan, 45 ta so’zni o’rgangan. 
Organizmning o’sishi nerv sistemasining shakllanishi psixik hayotning shakl va 
mazmuni uchun imkoniyatlar yaratib beradi. Bu imkoniyatlarning ro’yobga 
chiqishi kishining ijtimoiy muxitda yashashi va taraqqiy etib borishiga bog’liqdir. 
Demak, inson biologic mavjudot sifatida emas balki ijtimoiy mavjudot sifatida 
taraqqiy qiladi.
Demak insonni inson qiladigan uning buun fazilatlarini yuzaga keltiradigan omil 


tashqi ijtimoiy muxitning ta’siridir. 
Bolalar psixologiyasi bolani har tomonlama rivojlanishida ta’lim tarbiyani asosiy 
harakatlantiruvchi kuch deb takidlaydi, chunki jamiyatning bolalar ongiga ongli 
ta’sir etishi ta’lim tarbiya orqali amalga oshiriladi. Yosh psixoxligiyasida psixik 
taraqqiyot bilan ta’lim tarbiya munosabat masalasi muxim masaladir. Bu masalani 
olimlar turli nazariyalar bo’yicha talqin qiladilar. 
1)
Birinchi nazariya tarafdorlari ijtimoiy ta’lim tarbiya bilan bola psixik 
taraqqiyoti o’rtasida hech qanday munosabat yo’q, psixik taraqqiyot o’z yo’liga 
ijtimoiy ta;lim tarbiya o’z yo’liga bo’ladi degan fikirni olg;a suradi. 
2)
Ikkinchi xil nazariya namoyondalari psixik taraqqiyot bilan ijtimoiy ta’lim 
tarbiya orasida hech qanday farq yo’q degan fikirni bildiradilar. 
3)
Uchinchi xil nazariya nomoyondalari ta’lim tarbiya va psixik taraqqiyot 
boshqa- boshqa jarayonlar bo’lsa ham bir biriga mos keladigan yani bir biriga 
ta’sir o’tkazadigan jarayonlardir degan fikirni ilgari suradilar. 


Inson psixikasi doimo rivojlanishda. Bola insoniyat tarixi davomida jamg‘argan 
tajribalarni o‘zlashtirishi jarayonida rivojlanadi. Bu jarayon kattalar tomonidan 
doimiy nazorat, ya’ni ta’lim sharoitida amalga oshadi. Ta’lim bolaning psixik 
rivojlanishi jarayonida belgilovchi ro’l o‘ynaydi. Ta’lim tabiiy iste’dod, ijtimoiy 
muhit va u yoki bu yosh uchun samarali, tushunarli ta’lim usullariga asoslanadi. 
SHunday qilib, shu narsani ko‘rish mumkinki, go‘daklikda ko‘rgazmali-harakatli 
fikrlash, keyin esa ko‘rgazmali-obrazli, og‘zaki-mantiqiy, mavhum, umumiy 
nazariy fikrlash turlari paydo bo‘ladi. Rivojlanish jarayonida faqat bilim va harakat 
usullarining o‘zgarishi, murakablashishi sodir bo‘lmaydi. Bolaning psixik 
rivojlanishi uning butun shaxsidagi o‘zgarishlar, ya’ni shaxsning umumiy 
xususiyatlari rivojlanishini o‘z ichiga oladi. Demak ta’lim tarbiya tabiiy 
qonuniyatlarni rivojlantirishning bolalarni komil inson qilib tarbiyalashning 
muxim omilidir.
Ma’lumki bola psixikasi o’yin, o’qish o’rganish, mehnat va turli ijtimoiy 
faoliyat jarayonlarida taraqqiy qiladi. Faoliyatning bu turlari bolaning o’sishi va 
yosh hususiyatlariga mos ravishda o’zgarib biri ikkinchisi bilan almashinib turadi. 
Masalan: maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o’yindir. 
Chunki, o’yin bola talablarining asosiy hususiyati hisoblanadi. Bola o’yin orqali 
atrofdagi hayotni va kishilar o’rtasidagi turli munosabatlarni bila boshlaydi. 
Bolaning ulg’ayishi bilan uning o’yin faoliyati o’qish faoliyati bilan almasha 
boshlaydi. Lekin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o’qish o’rganishi hali-
hali tizimli harakterda bo’lmaydi, balki o’qish faqat maktabdagi faoliyatning 
asosiy turiga aylanadi. O’qish faoliyati bolani shaxsiy sifatlarini tarkib toptirishda, 
malaka, odat, ko’nikma, bilimlar hosil qilishda kata ro’l o’ynaydi. Lekin bola 
shaxsning tarkib topishiga o’yin o’qish va o’rganish qancha ta’sir qilmasin kishi 


shaxsi takomillashadi va to’la to’kis tarkib topadi.
Umuman bolalar psixologiyasi taraqqiyot omillarini har tomonlama hisobga oladi 
va tarbiyani taraqqiyotning qudratli omili deb hisoblaydi. 
Bola shaxsini rivojlanishida jamoaning ro’li ahamiyatlidir. Chunki bolalar 
jamoada, jamoa ta’sirida madaniy va ahloqiy jihatdan shuningdek psixologik 
jihatdan tarbiyalanadilar.
Bunda bolalarda bir-biriga mexribonlik, o’zaro yordam, faqat o’zi to’g’risidagina 
emas , balki boshqalar to’g’risida ham o’ylash jamoa manfaatlarini o’z 
manfaatlaridan yuqori qo’yisj kabi fazilatlar tarkib topadi. Jamoada turli yoshdagi 
bolalarning do’stlik va o’rtoqlik tuyg’ulari rivojlanadi.
Shaxs faqat jamoa tufayligina o’zini o’stiradigan vositalarga va barcha 
imkoniyatlarga ega bo’la oladi. Har bir odamning psixik taraqqiyoti turli psixik 
jihatdan normal bazi birlari psixik taraqqiyotida aksiliratsiya, yani rivojlanishning 
tezlashuvi bo’lishi mumkin. Bazi birlar psixik jihatdan normal, bazi birlari esa 
psixik jihatdan notekkis rivojlanishi mumkin.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 
1.“Pedagogik psixologiya” o’quv qo’llanma, Zufarova M.E, Farg’ona 2007 
2.“Yosh davrlari va pedagogik psixologiya”, Sh.A.Dusmuhammedova, 
Z.T.Nishanova, S.X.Jalilova 
3.“Ontogonez psixologiyasi”, Ergash G’oziyev, Toshkent 2010 4. 
G‘oziev E.G. "Umumiy psixologiya". Toshkent. 2002.1-2 kitob. 
 
INERNET SAYTLARI. 
1.
Reja.tdpu.uz 
2.
E- library.namdu.uz 
3.
Arxiv.uz 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə