Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа'lim vаzirligi fаrgʼonа dаvlаt universiteti tаbiiy fаnlаr fаkulteti biologiyа yoʼnаlishi



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə1/12
tarix15.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#105591
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mitoxondriyaning biokimyoviy xususiyatlari


OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI
OLIY VА OʼRTА MАXSUS TА'LIM VАZIRLIGI
FАRGʼONА DАVLАT UNIVERSITETI
TАBIIY FАNLАR FАKULTETI
BIOLOGIYА YOʼNАLISHI
20.69- guruh talabasi
Oʻsarboyeva Roʻzigulning
Biologik kimyo va molekulyar biologiya fanidan

KURS ISHI

Mavzu: Mitoxondriyaning biokimyoviy xususiyatlari

Topshirdi: ______________________

Qabul qildi: ______________________

Farg’ona-2022
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………....3
I BOB. Hujayra funksiyalarini ta’minlashda mitoxondiriyalarning roli…….6
1.1 Mitoxondriyalarning tuzilishi………………………………..…………………6
1.2 Mitoxondriyalarning funksiyasi……………………………...……………….10
1.3 Ion kanallari haqida ma’lumot…………………………...……………………18
1.4 Mitoxondriya mebranalari orqali Ca2+-transporti mexanizmlari……………...20
II BOB. Mitoxondriya ichki membranasi o’tkazuvchanligining o’zgarishini aniqlash………………………………………………..………………………….24
2.1 Mitoxondriya ichki membranasining turli kationlar uchun o’tkazuvchanligining o’zgarishini aniqlash…………………………………………………..…………..24
2.2 Lipidlarni perekisli oksidlaninsh induksiyasi va malin dialdegidining hosil bo’lishini o’rganing……………………………………….………………………25
2.3 Eksperimental toksik gepatit modulini hosil qilish shartlari………………….26
2.4 Mitoxondriyadagi Ca2+-transport sistemalariga o’simlik preparatlarining ta’siri…………………………………………...………………………………….32
XULOSA…………………………………………………………………………34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………36
ILOVA……………………………………………………………………………38


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi Hukumati fanlar - biokimyo, shuningdek biotexnologiya, mikrobiologiya, virusologiya sohalarining rivojlanishiga katta ahamiyat bermoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil fevral oyida akademiklar bilan bo’lib o’tgan uchrashuvida bu sohalarni rivojlantirish kerakligi alohida ta’kidlab o ’tildi.
Biologik kimyo, ya’ni biokimyo biologiya fanining eng muhim sohalaridan biri bo’lib, u tirik organizmlar qanday kimyoviy moddalardan tashkil topganligini va ular hayotiy jarayonlarda qanday o’zgarishini tekshiradi. Biokimyo biologiya bilan kimyoni bir-biriga bog’lovchi oraliq fan hisoblanadi. Ma’lumki, biologiya hayotni paydo bo’lishi va rivojlanish qonuniyatlarini, hayotiy hodisalarni o’rganadi. Hayotiy hodisalar esa faqat kimyo va fizika qonunlari asosida tushuntiriladi. Biokimyo fani tirik organizmlarda kechadigan kimyoviy jarayonlarni ana shu qonunlar yordamida o’rganadi. Demak, biokimyo — hayot kimyosi, barcha yirik- mayda tirik organizmlar kimyosi demakdir.
Biokimyo, moddalar almashinuvi jarayoni qonuniyatlarini o’rganish, tirik organizmlar hayot faoliyatining mohiyatini tushuntirish uchun bir qator fanlarning, ya’ni organik, fizik va kolloid kimyo, fiziologiya, biofizika, radiobiologiya, molekulyar biologiya hamda boshqa fanlaming yutuqlaridan foydalanadi. Bu esa o’z navbatida umumbiologik muammolarni majmua ravishda hal qilishga imkon beradi.
Biokimyo faqat tirik organizmlarga xos bo’lgan umumbiologik qonuniyatlarni , almashinuvi jarayonlarni o’rganib qolmay, balki amaliy biologiyaning ko’pgina tarmoqlari rivojlanishiga ham katta ta’sir ko’rsatadi.
Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida biokimyo alohida o’rin tutadi. Chunki biologiyaning har bir sohasida biokimyoviy metodlardan u erishgan yutuqlardan foydalaniladi. Bu esa o’z navbatida umumbiologik muammolarni majmua ravishda hal qilishga imkon beradi.
Biokimyo faqat tirik organizmlarga xos bo’lgan umumbiologik qonuniyatlarni, almashinuvi jarayonlarni o’rganib qolmay, balki amaliy biologiyaning ko’pgina tarmoqlari rivojlanishiga ham katta ta’sir ko’rsatadi.
Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida biokimyo alohida o’rin tutadi. Chunki biologiyaning har bir sohasida biokimyoviy metodlardan u erishgan yutuqlardan foydalaniladi. Shuning uchun ham biologiya, qishloq xo’jaligi va tibbiyot sohalaridagi muhim nazariy masalalarni hal qilish ko’p jihatdan biokimyo fanining rivojlanish darajasiga bog’liq. Amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ko’p masalalarni hal qilish ham puxta biokimyoviy tekshirishlar olib borish bilan bog’liq.
Inson o’zining amaliy faoliyatida xilma-xil oziq-ovqat tayyorlashda, turli xil ichimliklar tayyorlashda, teri oshlash va boshqalarda qadim zamonlardan biokimyoviy jarayonlardan foydalanib kelgan. Biroq faqat XIX asrda biokimyo alohida fan sifatida vujudga keldi. 1814 yilda Peterburg universitetining professori, akademik K.S.Kirxgof unayotgan arpa donidan ajratilgan shira tarkibida kraxmalni shakargacha parchalovchi maxsus modda borligini isbotladi.
Murakkab birikmalarning, ayniqsa, oqsillaming kimyoviy tuzilishini aniqlashda nemis olimi E. Fisheming (1852— 1919) ishlari alohida ahamiyatga ega. U uglevodlar, yog’lar, oqsillaming struktnra tuzilishini aniqlash ustida ko’pgina ishlar qildi. Aminokislotalar bir-biri bilan peptid bog’lar orqali birikishini juda ko’p tajribalarda aniqladi. Fisher sun’iy yo’l bilan bir qator polipeptidlami sintezlab oldi.Nuklein kislotalaming kashf etilishi shveytsar olimi F. Misher (1844—1895) nomi bilan bog’liq. Vitaminlaming topilishi biokimyoning rivojlanishida ayniqsa katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ulaming kashf etilishi rus olimi N. I. Lunin (1854—1937) nomi bilan bog’liq. Nafas olish va spirtli bijg’ish jarayonlari mexanizmini puxta o’rgangan olimlardan A.N.Bax, V, I. Palladin va V.A.Engelgard biokimyoning rivojlanishiga ulkan hissa qo’shdilar.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə