Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Energo mexanika fakulteti Elektr energetikasi kafedrasi



Yüklə 375,11 Kb.
səhifə1/5
tarix01.10.2023
ölçüsü375,11 Kb.
#125248
  1   2   3   4   5
Xavfsizlik Ch. Rustam 2


Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi
Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti
Energo mexanika fakulteti Elektr energetikasi kafedrasi
27SV-20EE guruh talabasi Choriyev Rustamjonning
Xavfsizlik qoidalari fanidan

Mustaqil ish

Bajardi: Choriyev R.
Qabul qildi: Xalikov U.
Navoiy-2023
Mavzu: Rele himoyasi, elektravtomatikasi, telemexanika va ikkilamchi zanjirlar
Reja:
1. Relelar haqida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi
2. Rele himoyasining vazifasi
3. Rele himoyasi qo‘yiladigan asosiy talablar
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar


Relelar haqida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi
Rele deb ma’lum bir kirish signali o‘zgarganda chiqish signali sakrashsimon o‘zgaruvchi moslamaga aytiladi. Rele qishloq xo‘jalik avtomatikasida eng ko‘p qo‘llaniladigan elementlardan biri hisoblanadi. Ta’sir qiladigan fizik kattaliklariga qarab ular elektr, mexanik, magnit, issiqlik, optik, radioaktiv, akustik va kimyoviy relelarga bo‘linadi. Ishlash printsipi bo‘yicha elektr relelar o‘z navbatida 9-turga bo‘linadi



Elektr relelarning klassifikatsiyasi




Elektromagnitli relelarida cho‘lg‘amdan o‘tayotgan tok ta’sirida magnit maydon hosil bo‘lib yakorning va kontaktlarning holati o‘zgartiriladi.



1-rasm. Elektromagnitli relening sxemasi:


1-harakatlanuvchi yakor, 2-qo‘zg‘almas o‘zak, 3-cho‘lg‘am, 4- prujina,
5-kontaktlar.
Magnitoelektr relelarda cho‘lg‘am ramka ko‘rinishida bajarilib o‘zgarmas magnit maydonida joylashtirilgan. Cho‘lg‘amdan tok o‘tayotganda ramka prujinani kuchini yengib harakatga keladi va kontaktlarning holatini o‘zgartiradi.
Elektrodinamik rele ishlash printsipi buyicha magnitoelektr relega o‘xshash lekin undagi magnit maydoni maxsus uyg‘otish cho‘lg‘ami bilan hosil etiladi.
Induktsion relening ishlash printsipi relening cho‘lg‘ami hosil qiladigan o‘zgaruvchan magnit oqimi va harakatlanuvchan diskda hosil bo‘ladigan tok o‘zaro ta’siriga asoslangan.
Ferromagnit relelar magnit kattaliklari (magnit oqimi, magnit maydoni kuchlanganligi) yoki ferrodinamik materiallarining magnit tavsifnomalari o‘zgarilishi ta’sirida ishlaydi.

Yüklə 375,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə