O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish



 
Jumayev M.E. 
 
 
 
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish
metodikasidan praktikum 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA O‘QITISH
 METODIKASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
1,15,16,17,18,19,20, 
 
Matematika boshlang‘ich ta’lim metodikasining predmeti quyidagilardan ibo-
rat: 



1. Matematika o‘qitishdan ko‘zda tutilgan maqsadni asoslash (Nima uchun ma-
tematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi). 
2. Matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‘rgatish) bir 
tizimga kiltirilgan bilimlar darajasini o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos 
keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o‘rganishda izchillik 
ta’minlanadi, o‘quv ishlariga o‘quv mashg‘ulotlari beradigan yuklama bartaraf 
qilinadi, ta’limning mazmuni o‘quvchilarning aniq bilim bilish imkoniyatlariga 
mos keladi. 
3. O‘qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak, ya’ni,
o‘quvchilar hozirgi kunda zarur bo‘lgan iqtisodiy bilimlarni, malaka, 
ko‘nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o‘quv ishla-
ri metodikasi qanday bo‘lishi kerak? 
4. O‘qitish vositalari – darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatmali, 
qo‘llanmalar va o‘quv- texnik vositalaridan foydalanish (nima yordamida
o‘qitish). 
5. Тa’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish. (darsni va ta’limning darsdan 
tashqari shakllarini qanday tashkil etish) 
o‘qitish maqsadlari
o‘qitish mazmuni o‘qitish shakllari 
o‘qitish metodlari
o‘qitish vositalari 
O‘qitishning maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari metodik ji-
hatlarining asosiy tarkiblarida murakkab, uni o‘ziga xos grafik bilan tasvirlash 
mumkin. 
Matematika o‘qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika fani – 
o‘zining tayanch fani bilan uzviy bog‘liq. 
Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to‘plamlar 
nazariyasiga tayanadi. 
Boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan hozirgi zamon matematika darslig-
ining birinchi uchun berilgan quyidagi topshiriqlarga duch kelamiz: “Rasmda 
nechta yuk mashinasi bo‘lsa, bir qatorda shuncha katakni bo‘ya, rasmda nechta 
avtobus bo‘lsa, 2-qatorda shuncha katakni bo‘ya». 
Bunday topshiriqlarni bajarish bolalarni ko‘rsatilgan to‘plamlar elementlari 
orasida o‘zaro bir qiymatli moslik o‘rnatishga undaydi, bu esa natural son 
tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. 
MO‘M umumiy matematika metodikasiga bog‘liq. Umumiy matematika 
metodikasi tomonidan belgilangan qonuniyatlar kichik yoshdagi o‘quvchilarning 
yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. 
Boshlang‘ich sinf MO‘M pedagogika va yangi pedagogik texnologiya fani bi-
lan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning qonuniyatlariga tayanadi. MO‘M bilan pedagogi-
ka orasida ikki tomonlama bog‘lanish mavjud. 
Bir tomondan, matematika metodikasi pedagogikaning umumiy nazariyasiga 
tayanadi va shu asosda shakllanadi. Bu hol matematika o‘qitish masalalarini hal 
etishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini ta’minlaydi. 



Ikkinchi tomondan, pedagogika umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda 
xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma’lumotlarga tayanadi, bu uning hayo-
tiyligi va aniqligini ta’minlaydi. 
Shunday qilib, pedagogika metodikalarning aniq materialidan “oziqlanadi”, 
undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o‘z navbatida metodikalarni 
ishlab chiqishda yo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. 
Matematika metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi bilan 
bog‘liq. Boshlang‘ich matematika metodikasi ta’limning boshqa fan metodikalari 
(ona tili, tabiatshunoslik, rasm, mehnat va boshqa fanlar o‘qitish metodikasi) bilan 
bog‘liq. 
O‘qitishda predmetlararo bog‘lanishni to‘g‘ri amalga oshirish uchun
o‘qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir. 
Ilmiy-tadqiqot metodlari – bu qonuniy bog‘lanishlarni, munosabatlarni, aloqal-
arni o‘rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish 
usullaridir. 
Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quvchilar ishlarini 
o‘rganish, suhbat va so‘rovnomalar o‘tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari 
jumlasiga kiradi. 
So‘nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek, ma-
tematekinani o‘qtishda modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd qi-
linmoqda. 
Matematika metodikasi ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi uch 
savolga javob beradi: 
1. Nima uchun matematikani o‘rganish kerak? 
2. Matematikadan nimalarni o‘rganish kerak? 
3. Matematikani qanday o‘rganish kerak? 
Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo‘lib Shveytsariyalik 
pedagog matematik G.Pestalosining 1803-yilda yozgan “Sonni ko‘rgazmali 
o‘rganish” asarida bayon qilingan. Boshlang‘ich ta’lim haqida ulug‘ mutafakkir 
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar ta’lim va tarbiya haqidagi 
hur fikrlarida boshlang‘ich ta’lim asoslarini o‘rganish muammolari haqida o‘z dav-
rida ilg‘or g‘oyalarni olg‘a surganlar. 
MO‘M o‘zining tuzilish xususiyatiga ko‘ra shartli ravishda uch bo‘limga
bo‘linadi. 
1. Matematika o‘qitishning umumiy metodikasi. 
Bu bo‘limda, matematika fanining maqsadi, mazmuni, metodologiyasi shakli, 
metodlari va vositalarining metodik tizimi pedagogika, psixologik qonunlari 
hamda didaktik tamoyillar asosida ochib beriladi. 
2. Matematika o‘qitishning maxsus metodikasi. 
Bu bo‘limda matematika o‘qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarini 
konkret mavzu materiallariga tatbiq qilish yo‘llari ko‘rsatiladi. 
3. Matematika o‘qitishning konkret metodikasi. 
Bu bo‘lim ikki qismdan iborat: 
1.Umumiy metodikaning xususiy masalalari. 
2.Maxsus metodikaning xususiy masalalari. 



Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi butun pedagogik 
tadqiqotlarda pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlarida 
qo‘llaniladigan metodlardan foydalanadi. Kuzatish metodi – odatdagi sharoitda 
kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita 
maqsadga yo‘naltirilgan holda idrok qilishdan iborat. 
Kuzatish aniq maqsadni ko‘zlagan reja asosida uzoq va yaqin vaqt oralig‘ida 
davom etadi. Kuzatish tutash yoki tanlanma bo‘lishi mumkin. 
Тutash kuzatishda kengroq olingan hodisa (masalan, matematika darslarida 
kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish faoliyatlari) tanlanma kuzatishda kichik-
kichik hajmdagi hodisalar (masalan, matematika darslarida o‘quvchilarning mus-
taqil ishlari) kuzatiladi. 
Tajriba – bu ham kuzatish hisoblanib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi 
tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o‘zgartirib turiladigan sha-
roitda o‘tkaziladi. 
Tajriba natijalarini tahlil qilish taqqoslash metodi bilan o‘tkaziladi. Pedagogik 
tadqiqotda suhbat metodidan ham foydalanishi mumkin. 
Тadqiqotning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash, uning nazariy asoslari 
va tamoyillarini ishlab chig‘arish, ishchi faraz tuzish, boshlang‘ich sinflarda ma-
tematika o‘qitish metodikasining shakllanishida asosiy mezonlar hisoblanadi. 
Nazorat uchun savollar 
1.Boshlang‘ich matematika metodikasining predmeti nimadan iborat? 
2.Matematika metodikasining pedagogika va psixologiya pedagogik texnologi-
ya bilan aloqasi nimadan iborat? 
3.Matematika metodikasi boshlang‘ich ta’limning boshqa metodlari bilan 
aloqasini amalga oshirish uchun predmetlararo aloqadorligining ahamiyati ni-
mada? 
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
1,2,3,4,8,9,10,11,,15,,16,17,18,19,20, 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə