9
Тayyorlov guruhlarda matematikani o‘rgatish metodikasi
Bolalar bog‘chasining tayyorlov
guruhi bir haftada ikkita, bir yilda 72–74
mashg‘ulot o‘tkazish rejalashtiriladi.
Mashg‘ulotlar sentabrdan may oyining oxirigacha har biri 25–30 minutdan
o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotlarda didaktik o‘yinlar, ko‘rgazmali
materiallardan keng foydala-
niladi.
Bolalar mashg‘ulotlarga qiziqib qatnashishlari uchun tarbiyachi quyidagi tal-
ablarga rioya qilishi lozim:
1. Dastur materiallarini yaxshi o‘zlashtirib olishi.
2. Puxta material (namoyish qiluvchi va tarqatma) tayyorlash.
3. Bolalar faoliyatini o‘zgartirib turishga va ularning qiziqishlariga e’tibor qi-
lish.
4. Mashg‘ulot o‘rtasida harakatli o‘yinlar o‘tkazishni rejalashtirish.
5. Mashg‘ulot davomida bolalarning mustaqil xulosa chiqarishlariga erishish.
6. Bolalarning xilma-xil javoblarini rag‘batlantirish.
Dastur materialini mashg‘ulotlarga taqsimlashda
bolalarning bilim va
ko‘nikmalariga, ularning tayyorgarligiga e’tibor berish lozim.
Maxsus atamalarni to‘g‘ri qo‘llay bilish katta ahamiyatga ega. Masalan, son va
raqam tushunchalarini aralashtirib yubormaslik kerak.
«Qaysi son katta, qaysinisi kichik” deb so‘raladi. (qaysi
raqam katta deyish
mumkin emas.)
Mashg‘ulotda hamma bolalarning faol ishtirok etishlariga erishish maqsadida
har bir bolaning oldida tarqatma materiallar bilan bir qatorda signalli kartochkalar
bo‘lishi tavsiya etiladi.
Bunda hamma bolalar o‘rtoqlarini javobini diqqat bilan eshitishga harakat qi-
ladilar,
intizom buzilmaydi, shu bilan bolalarni test sinovlariga tayyorgarlik ham
hisobga olinishi lozim.
Dostları ilə paylaş: