O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi t. Usmonxo‘jayev, M. Toirova



Yüklə 238,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix19.04.2023
ölçüsü238,69 Kb.
#106367
  1   2   3
Harakatli o`yinlar



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
T.USMONXO‘JAYEV, M.TOIROVA,
X.SAGDIYEV, T.SHARIPOV
KICHKINTOYLARGA
200 TA HARAKATLI
O‘YINLAR
Toshkent
“Yangi asr avlodi”
2009


Taqdim etilayotgan ushbu qo‘llanma maktabgacha hamda boshlang‘ich
ta’lim muassasalari uchun harakatli o‘yinlardan iborat. Albatta, bu o‘yinlar
ermak uchun o‘ynalmaydi.
Chunki bu zukko xalqimizning asrlar mobaynida jamlagan ma’naviy
javohirlari majmuasidir. O‘zbek elining donishmandligini qarangki, har
bir o‘yin avvalo sodda, aqlni peshlaydigan, qiziqarli tuzilgan bo‘lib, uning
mag‘zida milliylik, mehr-oqibat, jasorat, mardlik, vatanparvarlik tuyg‘ulari
singdirilgan. Ta’lim va tarbiyaning bunday uyg‘unligi yetuk insonni
tarbiyalash uchun dasturulamal vazifasini o‘taydi.
MUALLIFLAR:
T.Usmonxo‘jayev
– Pedagogika fanlari doktori,
professor, I darajali «Sog‘lom
avlod uchun» ordeni sohibi
M.Toirova
biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim,
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi
X.Sagdiyev
– Katta ilmiy xodim, bolalar
sporti bo‘yicha mutaxassis
T.Sharipov
– Navoiy viloyati RKTQTMOI
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor
TAQRIZCHILAR:
R. Salomov 
– Pedagogika fanlari doktori
F. Turdiyev
– Pedagogika fanlari nomzodi
ISBN 978-9943-08-143-7
© T.Usmonxo‘ja yev, M.Toirova , X.Sag diy ev, T.Sha ripov
«Kichkintoylarga 200 ta harakatli o‘yinlar». «Yangi asr avlodi», 2009-yil.


KIRISH
Bolalar uchun xonada yoki sayr qilish chog‘ida
o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar va mashqlar ularning
harakat faoliyatini oshiradi, o‘rganib-o‘zlashtirganlarini
mustahkamlashga zamin yaratadi va eng muhimi,
tarbiyalanuvchilar sog‘ligini yaxshilaydi.
Harakatli o‘yinlar va mashqlarga avvaliga bolalarning
bir qismi jalb qilinadi. Ularda barcha bolalar ishtirok etishga
intilishlari kerak. Sayrda harakatli o‘yinlar va mashqlarni
o‘tkazishga tayyorlanish unchalik murakkab emas. Buning
uchun bolalar kerakli asbob-anjomlar olib chiqishadi – bir
necha to‘p, tayoqcha – kegli, arqonchalar shular
jumlasidandir. Zarur holatda o‘yinlar yoki estafeta
o‘yinlarini o‘tkazish uchun maydonchada gimnastik
o‘rindiqlar ham o‘rnatish mumkin (kvadrat holatda, ketma-
ket yoki parallel shaklda).
Havo iliq paytlarda o‘yin va mashqlarni sayrning boshi
yoki oxirida o‘tkazsa bo‘ladi. Salqin kunlarda esa aynan
sayr oxirida, ya’ni o‘yinlar va mashqlardan so‘ng o‘tkazish
lozim. Chunki tanasi qizigan bolalar darrov ichkariga kirishi
zarur.
Dastavval mavzusiz o‘yin yoki estafeta o‘tkaziladi (oddiy
yugurish estafetalari). Bolalar ko‘nikmasi hosil qilinishi
uchun uni 3-4 marta qaytarish kerak. Tarbiyachi qonun-
qoidalarning aniq bajarilishini kuzatib boradi: vaqtidan oldin
yugurib ketmaslik, keglini barvaqt urib yuborganda qaytib
joyiga qo‘yish va h.k.
Sog‘ligi tufayli mashg‘ulotdan vaqtinchalik ozod etilgan
bolalar tarbiyachi tomonidan yordamchi yoki hakam sifatida
jalb qilinishi mumkin. So‘ngra bolalarga tanish bo‘lgan
3


4
asosiy harakat faoliyatiga oid mashqlarni bajarish taklif
etiladi: gimnastik o‘rindiqqa chiqish va undan tushish,
gimnastik o‘rindiqdan yurish, sakrash va h.k. Zarur
chog‘larda tarbiyachi yordam tarzida alohida ko‘rsatmalar
berishi kerak.
Shunday qilib, bolalar zalda o‘tkaziladigan jismoniy
tarbiya mashg‘ulotlaridagi harakatlarni o‘rganishadi, ularni
sayr davomidagi o‘yinlar va mashqlar bilan mustah-
kamlashadi.
Keyinchalik bu harakatlar estafeta va o‘yinlar paytida
bajariladi. Asosiy harakat faoliyatiga oid mashqlar 3-4
marta qaytarilgandan so‘ng tarbiyachi harakatli o‘yinlarii
tashkil qiladi. Bolalar faol harakatlanishi uchun o‘yinlar
mazmuni yugurish, sakrash, uloqtirish va boshqa
harakatlarga mos ravishda tanlangan.
Asosiy harakatlanish mashqlari va o‘yinlar paytida
bolalar sayr uchun mo‘ljallangan kiyim kiyishadi, shu bois
tarbiyachi ularning juda isib ketmasligi, terlamasligini
nazorat qilishi zarur. O‘yinda bolalar ancha faol harakat
ko‘rsatsa, qaytarishlar orasidagi tanaffusni biroz uzaytirish
ham mumkin, ya’ni bu orada bolalar yo‘l qo‘ygan xatolarni
muhokama qilishi mumkin bo‘ladi. Ob-havo qulay bo‘lgan
kunlari bolalar faolligini oshirish uchun yaxshi imkoniyat
tug‘iladi. Buning uchun keng va katta bo‘lgan maydonni
tanlash, qaytarishlar orasidagi vaqtni qisqartirish zarur.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida harakatli o‘yinlarni
tashkil qilish va bolalarga o‘rgatishda quyidagi qoidalarga
alohida e’tibor berish lozim:
- yugurish, sakrash, uloqtirish, irg‘itish, ushlab olish,
muvozanatni saqlash va shu kabi jismoniy harakatlarni
tartibli bajarish;
- sabr-chidamga o‘rgatish;
- o‘yinga ruhiy jihatdan tayyorlash;
- o‘z-o‘zini tutish va o‘ziga bo‘lgan ishonchni tarbiyalash;
- qat’iyatlilik ko‘nikmalarini hosil qilish;
- fikr-mushohadaga o‘rgatish;


5
- topqirlik ko‘nikmalarini shakllantirish;
- hozirjavob bo‘lishga tayyorlash;
- o‘yinlarni bolalar bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilishga
yo‘naltirish;
- har bir o‘yinning pedagogik jihatlarini nazardan
qochirmaslik;
- ushbu jarayonda bolalarning jismoniy tayyorgarligi va
yosh xususiyatlariga e’tibor berish;
- birdamlik va hamdardlik xususiyatini shakllantirish.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari bu
ko‘rsatmalardan to‘g‘ri va o‘z o‘rnida foydalanishsa –
maqsadga muvofiq bo‘lardi.


6

Yüklə 238,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə