239
O’zbekistonda transport kommunikatsiya sohasining rivojlanishi va raqamli
iqtisodiyotning transport kommunikatsiya sohasidagi qo’llanishi istiqbollari
Berdiyev Salohiddin Anvar o’g’li
Tel: +998976080747
E-mail:
salohiddinberdiyev700@gmail.com
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi
Annotatsiya:transport kommunikatsiya sohasining rivojlanishi, raqamli
iqtisodiyotning transport kommunikatsiyasi sohasida qo’llash, O’zbekistonda
transportni rivojlantirish
Kalit so’zlar:Transport, kommunikatsiya, raqamli iqtisodiyot,
affiliate , elektron
biznes, raqamli strategiya.
Davlatimiz rahbarining ma’ruzasida markaziy osiyo mintaqasida tub o’zgarishlar
ro’y berayotgani, BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi tashabbusi bilan muntazam
o’tkazilib kelinayotgan Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari uchrashuvining
navbatdagi yig’ilishlari alohida takidlanadi.O’rnatilgan munosabatlar tufayli keyingi
to’rt yilda O’zbekiston bilan qo’shma davlatlar o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5
barovar oshdi.Bugun Markaziy Osiyo davlatlari oldida muhim strategik vazifa turibdi.
Bu mintaqamizning jahon iqtisodiy , transport va tranzit yo’laklariga chuqur
integratsiyalashuvini ta’minlashdan iborat.Shu munosabat bilan Birlashgan millatlar
Tashkiloti shafeligida transport va kommunikatsiyalarni rivojlantirish mintaqaviy
markazini ochish taklif etildi.Prezident Mintaqaviy qo’shma rejaning 10 yillik yakunlari
va uning istiqbolli yo’nalishlariga bag’ishlangan xalqaro konferensiya o’tkazishni ham
taklif qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Transport va transport
kommunikatsiyalari uyushmasini tugatish to‘g‘risida” 2007-yil 23-oktabrdagi PF-3930-
son Farmonini bajarish yuzasidan:
O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasining tugatilishi
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha,
transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi zimmasiga
quyidagi vazifalar yuklansin:barcha turdagi transportlar — temir yo‘l, havo, avtomobil
va daryo transportining transport tuzilmalari faoliyatini maqbullashtirishga
yo‘naltirilgan o‘zaro harakatini muvofiqlashtirish, respublika hududida va uning
tashqarisida yuk hamda yo‘lovchilar tashish samaradorligini va oqilona tashkil etilishini
ta’minlash; iqtisodiyot tarmoqlari va aholining havoda hamda yerda yuk va yo‘lovchilar
tashishga bo‘lgan doimiy ravishda ortib borayotgan ehtiyojini hisobga olgan holda
Yagona o‘zaro bog‘liq respublika transport tizimini istiqbolli rivojlantirishning
kompleks dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish; transport