O’zbekistonning jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi



Yüklə 418 Kb.
səhifə1/12
tarix28.11.2023
ölçüsü418 Kb.
#133994
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O\'zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning asosiy shakllari va trendensiyalari

Mundarija




Kirish 2


Kirish


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqeyi sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda.
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o’zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro miqyosda moliya, kredit va valuta munosabatlariga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda.
Tashqi iqtisodiy aloqalarda axborot ta`minoti bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi va eng murakkab jarayonlaridan biridir. Ko’plab omillar ta’sirida tashqi iqtisodiy aloqalar munosabatlari murakkablashmoqda va hozirgi sharoitda o’zining o’ta beqarorligi bilan ahamiyatlidir.
O’zbekiston istiqlolga erishgach, qator davlatlar bilan mustaqil iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’ya boshladi. U taraqqiyotning ustuvor yo’nalishlaridan biri, davlat siyosatining muhim jihati sifatida belgilab olindi. Pirovardida ulkan tabiiy va ilm-fan salohiyati, qudratli eksport imkoniyatlariga ega bo’lgan mustaqil mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o’rni hamda obro’-e’tibori yangi bosqichga ko’tarilib, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy iqtisodiyotni yanada yuksaltirish, eksportbop mahsulotlar turini ko’paytirish, eng muhimi, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvimiz uchun emin-erkin sharoit yaratdi.
Milliy iqtisodiyotimizning eksport salohiyati jadal rivojlanib, tobora raqobatga bardoshli bo’lib bormoqda. Eksport korxonalar faoliyatining eng muhim yo’nalishiga, butun iqtisodiyotimizning rivojlanish natijalarini baholash mezoniga aylandi. Bugungi kunda deyarli ko’pgina tarmoq va korxonalarimiz tashqi iqtisodiy faoliyatga to’liq jalb etilgan bo’lib, tashqi bozorlarni faollik bilan o’zlashtirmoqda. Agentlik tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalari, ixtisoslashtirilgan xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar, xorijiy davlatlardagi Agentlikka qarashli tashkilotlar bo‘lgan savdo va iqtisodiy vakolatxonalar kiradi. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Xorijlik yetakchi olimlarning xalqaro iqtisoiy hamkorlik munosabatlarini tartibga solinishi, uning zaruriyati va ahamiyati borasidagi amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari tashkil etadi.
O’zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish va undagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.


Yüklə 418 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə