Biznes rejalshtirish



Yüklə 52,39 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü52,39 Kb.
#180486
  1   2   3
Biznes rejalashtirish


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


IQTISODIYOT FAKULTETI
IQTISODIYOT TARMOQLARI VA SOHALARI SIRTQI TA’LIM YO’NALISHI
BIZNES REJALSHTIRISH” FANIDAN TAYYORLAGAN


MUSTAQIL ISHI

Mavzu: O’zbekiston Respublikasi prezidentining kichik biznesni qo’llab quvvatlashga doir farmonlari va qarorlari.


Topshirdi: Abdullayev Sh.
Qabul qildi: Abdullayeva R.

Toshkent - 2023
Reja:


  1. O’zbekiston Respublikasi prezidentining kichik biznesni qo’llab quvvatlashga doir farmonlari va qarorlari.

  2. Aholini kichik biznesga keng jalb qilishning qo’shimcha chora tadbirlari.

  3. Kichik beznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo’llab quvvatlash.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

O’zbekiston Respublikasi prezidentining kichik biznesni qo’llab quvvatlashga doir farmonlari va qarorlari.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishni kompleks qo‘llab-quvvatlashning “uzluksiz zanjirini” yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Shu bilan birga, iqtisodiyotning yangi texnologiya va innovatsiyalarga asoslangan, sifatli hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchi bo‘g‘ini bo‘lgan o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash instrumentlari yetarlicha yaratilmasdan qolmoqda. Moliya bozorida resurslarning yuqori foiz stavkalari saqlanib qolayotgan sharoitda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishning yangicha va muqobil instrumentlarini yaratishga, xususan tadbirkorlik loyihalariga ulush kiritish va xizmatlar ipotekasini joriy etishga, kafillik yordamini taqdim etishni kengaytirishga ehtiyoj ortmoqda. Biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimida asosiy bo‘g‘inlardan biri bo‘lgan. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining amaldagi tashkiliy-huquqiy shakli tadbirkorlik subyektlariga yetarlicha yordam ko‘rsatish, yangi xizmat turlarini joriy etish, xalqaro moliya institutlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘ jalb etish imkoniyatini bermaydi. Joriy yilning 18-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda Jamg‘arma faoliyatini jahon tajribasi asosida tashkil etish va tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashish bo‘yicha kompleks tizimni yaratish maqsadida:


1. Jamg‘arma Iqtisodiyot va moliya vazirligi ta’sischiligida “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil qilinsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining Kompaniyani jahon tajribasi asosida transformatsiya qilish ishlarini davom ettirgan holda uning faoliyatini quyidagilarga yo‘naltirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin: kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularni kompleks qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha yordam instrumentlarini mustaqil joriy etish, tadbirkorlarning qo‘llab-quvvatlash choralaridan foydalanish imkoniyatini oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining 5-moddasi: Mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida moliyaviy resurslarni, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘larini jalb qilish;
Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ish o‘rinlari yaratish imkonini beradigan davlat, tarmoq va hududiy dasturlar, loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish; Kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi turdagi mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyatiga samarali yangi texnologiyalarni joriy etish, o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlaridan kelib chiqib ularning loyihalariga moliyaviy ko‘maklashish, xizmatlar ko‘rsatish, mahsulot ishlab chiqarish va yetishtirish sohasida “yashil” va energiya tejovchi texnologiyalar hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni keng qo‘llab-quvvatlash.
2. Kompaniya tomonidan 2024-yil 1-martdan boshlab tadbirkorlik subyektlariga quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etilsin: O‘rta tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish loyihalariga: ko‘chmas mulk va asbob-uskunalarning 70 foizi, biroq 10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda mulk sotib olish va yetti yilgacha muddatga qarzdorlik qoldig‘iga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada yillik foiz hisoblash yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan xizmatlar ipotekasi asosida tashabbuskorga berish.
O’zbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyatin to’grisida”gi qonuni:
Kompaniya mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha tijorat banklari bilan tuziladigan vositachilik shartnomalariga asosan belgilangan limit hamda umumiy miqdor va shartlar doirasida kreditlar bo‘yicha kafillik (portfel kafilligi) taqdim etish;
v) 2024 — 2026-yillarda kichik tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada 5 milliard so‘mgacha ajratiladigan kreditlar bo‘yicha asosiy stavkaning 40 foizigacha miqdorda uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga kompensatsiya taqdim etish.
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash instrumentlari va shartlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Kompaniyaga ushbu bandning “a” kichik bandidagi tadbirlarni tashkil etish uchun o‘n yil muddatga besh yillik imtiyozli davr bilan jami 1,2 trillion so‘m, shu jumladan 2024-yil 1-iyulga qadar 600 milliard so‘m hamda 2024-yil yakuniga qadar 600 milliard so‘m miqdorida foizsiz budjet ssudasi ajratsin.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) ulush kiritish va xizmatlar ipotekasi shaklidagi moliyaviy yordamlar Kompaniya tomonidan 24 oydan ortiq faoliyat yuritayotgan hamda bir yil davomida kamida 50 nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan o‘rta tadbirkorlik subyektlari orasida o‘tkaziladigan ochiq tanlov orqali aniqlanadigan loyihalarga taqdim etiladi;
b) Kompaniya o‘zi tomonidan o‘rta tadbirkorlik subyektlari loyihalariga ulushdor sifatida kiritilgan ulushni yetti yil davomida bozor qiymatida loyiha tashabbuskoriga yoki boshqa salohiyatli investorlarga realizatsiya qiladi;
v) “yaxshi” va “a’lo” kredit tarixiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga, ular avval olgan kreditlari bo‘yicha kafillik yordamidan foydalanayotgan bo‘lishidan qat’i nazar qo‘shimcha ajratiladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan umumiy miqdorlar doirasida kafillik taqdim etiladi;
g) Kompaniya tomonidan kompensatsiya:
“1+2” tamoyili asosida avval kredit (lizing)ning dastlabki yiliga taqdim etiladi, keyingi ikki yil davomida tadbirkorlik subyekti tomonidan yaratiladigan yangi ish o‘rinlari soni rejasi bajarilishi va realizatsiya qilingan mahsulot (xizmat) bo‘yicha tushum kamida o‘n besh foizga oshgan taqdirda davom ettiriladi; Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlar hisobiga Iqtisodiyot va moliya vazirligida yuridik shaxs tashkil etmasdan ochiladigan Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamg‘armasi hisobidan to‘lanadi hamda jamg‘arma mablag‘larini boshqarish huquqi kompaniyaga beriladi. 4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi: 2023-2024-yillarda Kompaniya ustav kapitalining 300 milliard so‘m miqdorida shakllantirilishini ta’minlasin; 2024-2025-yillarda xizmat ko‘rsatish, “yashil” va energiya samarador loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlariga moliyaviy resurslarni ajratish maqsadida Kompaniyaga xalqaro moliya institutlaridan 100 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ jalb etsin;
Kompaniya bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari texnik ko‘magi asosida 2024-yil 1-mayga qadar Kompaniyani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqsin; Kompaniyaning resurs ajratish va xizmatlar ipotekasi moliyaviy yordamini ko‘rsatish imkoniyatini kengaytirish va uni zarur mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida Kompaniyaning asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq budjet ssudasini ajratib borsin.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bankning quyidagi takliflari ma’qullansin: Xalqaro moliya institutlari, tijorat banklari va boshqa xususiy investorlarni Kompaniyaning ustav kapitalida ishtirok etishga jalb qilish;


Yüklə 52,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə