O`zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g`oyani rivojlantirishning ayrim masalalari bo‘tayev Usmonjon Xayrullayevich



Yüklə 325,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü325,41 Kb.
#141882
  1   2
Bo‘tayev Usmonjon Xayrullayevich




O`ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA MILLIY 
G`OYANI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM MASALALARI 
 
Bo‘tayev Usmonjon Xayrullayevich 
O‘zbekiston Milliy universiteti “Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi kafedrasi” 
mudiri, siyosiy fanlar doktori, dotsent 
Sharopova Malika Dilshod qizi 
O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g`oya ma`naviyat 
asoslari va huquq ta`limi yo`nalishi 3-bosqich talabasi 
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida 
milliy g’oyani rivojlantirish uchun qay tartibda ish olib borilishi kerakligi haqida 
muallif o’z fikrlarini bayon etgan. Yurtimizda barcha sohalarda olib borilayotgan tub 
islohotlar O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida o‘z munosib o‘rnini topishi, 
xalqining uzoq kelajakda emas, bugun yaxshi yashashi uchun zarur shart-sharoitlarni 
yaratishga qaratilyotganligi, ayniqsa, biz yoshlar uchun ahamiyatlidir. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-аprel kuni “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi 
bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-
tadbirlar to‘g‘risida” gi farmoyishi qabul qilinganligi ham milliy g’oyani keng targ’ib 
qilish uchun yo’l ochilganligidan dalolat beradi. 
Kirish so`zlar: Millatlararo hamjihatlik, globallashuv, milliy g’oya, jamiyat, 
mafkuraviy tarbiya, demokratiya, milliy qadriyatlar.
Dolzarbligi:
Tarixga nazar tashlaydigan bo`lsam, dunyodagi barcha rivojlangan 
davlatlar o`z tiklanish jarayonida xalqning bir maqsad yo`lida birdamligini, ahil – 
inoqligini va safarbarligini ta`minlashga jiddiy e`tibor qaratgan desam mubolag`a 
bo`lmaydi. Hozirgi paytda globallashuv davrida dunyo maydonida taraqqiyot shiddat 
bilan o`zgarib bormoqda. Hamma jabhalarda keskin kurash va raqobat tobora ayovsiz 
tus olmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan tub 
islohotlar mana shunday muhitda O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida o‘z 
munosib o‘rnini topishi, xalqining uzoq kelajakda emas, bugun yaxshi yashashi uchun 
zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 
Bugungi kunda mamlakatimizni taraqqiy ettirish bo‘yicha qabul qilingan 
Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda 
milliy g‘oyani rivojlantirish dolzarb masalaga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019-yil 8-аprel kuni “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida 
milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”
1
gi farmoyishi qabul qilinganidan buyon o‘tgan vaqt davomida bir qator 
1
Milliy istiqlol g’oyasining amal qilish tamoyillari. Toshkent 2001 y



ishlar qilindi. Xususan, taniqli olimlar, ekspertlar, ijodkor ziyolilardan iborat ishchi 
guruh tomonidan Milliy g‘oya konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi. Respublika 
Maʼnaviyat va maʼrifat markazida vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari 
vakillari, oliy, o‘rta maxsus, umumiy o‘rta taʼlim muassasalari professor-
o‘qituvchilari, adabiyot, sanʼat, madaniyat yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan 
ziyolilar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati 
aʼzolari, olimlar, mutaxassislar ishtirokida “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish 
sari” degan bosh g‘oya asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi 
bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasi muhokamasiga 
bag‘ishlangan ko`plab davra suhbatlari o‘tkazildi. Bu konsepsiyaning asosini milliy 
davlatchiligimizning huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy asoslarini yaratishda 
milliy g‘oya bunyodkor manba bo‘lib hizmat qilishi, sog‘lom fikrlaydigan har bir 
shaxs va fuqaroda milliy g‘urur-iftixor, or-nomusni uyg‘otadigan, o‘zlikni 
anglatadigan, xalqning maqsadi va orzu umidlari ro‘yobga chiqishida beqiyos kuch-
qudrat ekanligi tashkil etadi.
2
O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi yangi bosqichida 
ko‘p millatli xalqimizning yagona milliy g‘oyasi dunyo ijobiy tajribasining nafaqat 
maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy-axloqiy jihatlarini, balki ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy 
sohalardagi, jumladan shaxsning intellektual salohiyatini oshirish va inson kapitalini 
rivojlantirish bilan bog‘liq muhim yutuqlarini ham o‘zida mujassam etadi. Ushbu 
konsepsiyada mamlakatimizda milliy yuksalish g‘oyasi asosida amalga oshiriladigan 
eng muhim vazifalar aks etgan. Milliy yuksalish g‘oyasi yurtimizda tinchlik, fuqarolar 
va millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash, demokratik 
tamoyillarni to‘liq qaror toptirish, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va 
adolat, moddiy va maʼnaviy hayotni barobar rivojlantirish kabi tamoyillarni o‘zida 
birlashtiradi.
3
Prezidentimiz 
Shavkat 
Mirziyoyevning 
Oliy 
Majlisga 
Murojaatnomasida oldimizga qo’ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun 
kuch-qudrat manbai bo’ladigan milliy g’oyani rivojlantirishimiz zarurligi alohida 
ta’kidlandi. 2019-yil 8-aprel kuni Prezidentimizning “O’zbekiston taraqqiyotining 
yangi bosqichida milliy g’oyani rivojlantirish konsepsiyasi” ni ishlab chiqishga doir 
chora-tadbirlar to’g’risidagi farmoyishi qabul qilindi. Bu kosepsiyaning qabul 
qilinishini zarurati shundan iboratki, rivojlangan mamlakatlarda milliy g’oya davlat 
maqsadlarini xalq maqsadlariga uyg’unlashtiradi. “Bir hudud – bir xalq” e’tiqodini 
shakllantirib, mamlakatlar aholisini birlashtirgani umumiy maqsad yo’lida safarbar 
2
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. 
Toshkent — 2001 y.
3
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo 
etamiz,- T, O`zbekiston 2016.b-11 



qilganiga misollar ko’p. Ularning aksarida milliy g’oya milliy qadriyatlarga bog’lab 
singdirilganini ko’rishimiz mumkin.
4
Mamlakatimizda milliy g’oyaga yangi davr, 
millatimiz tarixining yangi bosqichi talablaridan kelib chiqqan real talablar 
qo’yilmoqda. Ilgari milliy g’oyani tushunish va tushuntirishda noqulayliklar uchrab 
turar edi. Masalan, odamlarning quloqlari milliy g’oya davlat va xalq birligi 
tarannumini eshitardi. Lekin ko’zlarimiz hokimliklar, vazirlik va idoralarning oldidagi 
temir panjaralarni ko’rar edi. Xalq davlat organlariga xizmat qilishi kerak, degan 
noto’g’ri qoida amalda edi. Fuqaro hokimiyatga emin-erkin kirolmas, dardini aytolmas 
edi. Chunki amalda xalqdan davlatni ajratuvchi temir panjara bor edi. Endi esa o`sha 
panjaralar yo`q qilindi. Lekin ayrim amaldorlarimiz ongida bu panjara haligacha 
turibdi. Tafakkurdagi temir panjaralarni qo’porib tashlash qiyin kechyapti. Milliy 
g’oya ana shunday vaziyat talablaridan kelib chiqib yangilanmoqda. Ilgari milliy g’oya 
ijtimoiy-gumanitar, ma’naviy-ma’rifiy masala, deb tushunildi. Bugun uning iqtisodiy-
siyosiy poydevori – O’zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi bor. 
Taktikasi – har yilning bosh dasturi, mablag’i, ijrochilari bor. Demak, yangi davrda 
milliy g’oya gumanitar masala bo’lib qolmaydi. Chunki uning natijasiga qaratilgan 
iqtisodiy tizim ishlamoqda. Milliy g’oya ro’yobi uchun demokratik muhit hal qiluvchi 
rol o’ynaydi. Demokratiya – to’g’rilik, rostlik, adolat, qonuniylikning sharti. 
Nohaqdan – haqni, zolimdan – mazlumni, zo’ravondan – ojizni himoya qilishga xizmat
qiladi. 
Shu 
haqda 
jar 
soladi. 
Jamoatchilik 
nazoratini 
ishga 
soladi.
Chunki milliy g’oya aholining bir toifasi emas, hamma yaxshi yashasin, hayotdan rozi 
bo’lsin, deydi. 
5
Mamlakatda adolat, qonuniylik buzilar ekan, demokratiya ham, milliy 
g’oya ham quruq shiorlar bo’lib qoladi. Xalq norozi bo’ladi. Xalq norozimi, demak, 
milliy g’oya o’z bongini urmayotgan, vazifasini bajarmayotgan bo’ladi. Prezidentimiz 
Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan islohotlar milliy g’oya xalqimizning 
kuch-qudratiga aylanishi uchun sharoit yaratdi. Endi gap milliy g’oyani har bir 
o’zbekistonlikning niyatiga va harakatiga aylantirishda. Yaxshi fikr yaxshilikka, 
yomon fikr yomonlikka yo’l ochadi. Milliy g’oyamizning bosh g’oyasi “Milliy 
tiklanishdan – milliy yuksalish sari”. Yuksalish – harakatni talab qiladi. Demak, milliy 
g’oyamiz harakatlar mafkurasi bo’ladi. Milliy g’oya odamlarga islohotlar kim uchun, 
nima uchunligini, ahamiyatini tushuntiradi. Yotganni – o’tqazadi, o’tirganni – 
turg’izadi, turganni – yurgizadi, yurganni – yugurishga undaydi. Tushuntiradi. Chunki 
shularni tushunmagan odamlar birlashmaydi, ko’r-ko’rona, yuzaki ishlaydi. Biri 
4
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy 
g’oyani rivojlantirish konsepsiyasi”, 2019-yil 8-aprel. 
5
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-2021-yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha “Harakatlar strategiyasi” ni tasdiqladi.



ishlasa, ikkinchisi tomoshabin bo’ladi. Tushunganlar birlashib, ixtiyoriy, zavq bilan 
ishlaydi. Natijada hayotidan rozi bo’ladi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat 
markazida “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” va “Yo’l xaritasi” ishlab chiqildi. 
Davlatimiz rahbari “Ma’naviyat – eng ta’sirchan qurolimizdir”, degan qat’iy fikrni 
bildirdi. Bu – bejiz emas. Ma’naviyat va ma’rifat, mafkuraviy tarbiya O’zbekistonning 
turli millat, din, kasb, yoshlarga mansub xalqini g’oyaviy qurollantiradi. Islohotlar 
nima uchun, kim uchun kerakligini xalqqa uning orzulari bilan bog’lab uqtiradi, 
ko’rsatadi. Tushungan xalq – g’oya bilan qurollangan xalqqa aylanadi.
6
Mamlakatimizda demokratik jamiyat qurish, siyosiy sohani erkinlashtirish, uning 
qonuniy huquqiy asoslarini va turmushga tadbiq etishning mukammal mexanizmlarini 
yaratish bir tomondan, milliy istiqlol g`oyasining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ifodasi 
bo’lsa, ikkinchi tomondan, shu asos milliy g’oyalarni xalq ishonchi va e’tiqodiga 
aylantirish va hayotga joriy etishning imkoniyati hisoblanadi. Shu bois aytish kerakki, 
mamlakatdagi siyosiy partiyalar, turli diniy konfessiyalar milliy istiqlol g’oyasi 
asosida kishilarni umumxalq manfaatlari yo’lida mushtarak maqsadlarga safarbar 
etishlari uchun imkoniyatlari mavjud. Milliy istiqlol g’oyasini o’rganishni fuqarolik 
mas’uliyati va burchi ham, unga ishonch va e’tiqodni mustahkam bo’lishini his etishni 
taqozo etadi. Shundagina u xalqni, millatni birlashtirishga, mustaqillikni 
mustahkamlashga va rivojlantirishga xizmat qila oladigan muhim vazifani bajaradi. 
Inson faoliyatida bunyodkorlik yoki tajovuzkorlik kuchini namoyon bo’lishiga sabab 
bo’ladi. Shuning uchun ham har qanday fikr, g’oya, mafkura ham xalqlar taqdiriga bir 
xil ta’sir etmagan. Ular orasida bunyodkor g’oyalar bilan birga, buzg`unchi va 
tajovuzkorlari ham bo’lganligi mafkura tarixidan ma’lum. Bu ham turli ijtimoiy 
kuchlarning «ichki ma’naviy dunyosi» maqsad va muddaolari bilan bog`liq bo’lgan 
o’ziga xos qonuniyatdir. Ularni ham o’rganish, bilish zarur. Bu insonda ezgu 
g’oyalardan yovuz g’oyalarni farqlay olish qobiliyatini shakllantiradi va g’oyani 
g’oyadan, mafkurani mafkuradan farqini anglashga yordam beradi. 
Xulosa qilib aytadigan bo`lsam, bugungi globallashuv jarayoni o’tmishda ham, 
hozir va kelajakda ham milliy g’oyaga bo’lgan zaruratni oshirib boradi. Shuning uchun 
ham bu dunyo qanchalik ma’rifiy taraqqiyot qonunlariga amal qilmasin, inson qalbi, 
ongi va ishonchi, e’tiqodini o’zgartirishga bo’lgan harakat, urinish, doimo saqlanib 
qoladi. Bunday urinish yo’qolgan davrni, inson ongi va qalbini o’z holicha erkin va 
turli xil «mafkuraviy tazyiqchardan xoli holda rivojlanish deb tasavvur etishni» faqat 
orzu qilish mumkin. Turli maqsadlar, manfaatlar bor ekan u turli davrlarda, turli xil 
namoyon bo’lishi tabiiy. Bu qonuniyatlarni fan yo’li bilan o’rganib, oldindan uni 
bashorat qilish o’ta murakkab jarayondir. Chunki, g’oya va mafkura sohasi ishonch va 
e’tiqod, dunyoqarash, manfaatlar tizimi bilan bog’liq. Shunga ko’ra, faqat uning 
6
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 2022-2026-yillarga mo`ljallangan “Harakatlar 
strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asoslangan yettita ustuvor 
yo`nalishdan iborat farmoni



o’zgaruvchanligini oldindan aytish mumkin, xolos. Uni xalqning o’zligiga bo’lgan 
munosabati, o’zligini anglash darajasi, milliy-madaniy merosiga, qadriyatlariga 
bo’lgan munosabatda har bir avlodga nima berayotgani va nimani meros qilib qoldira 
olishi bilan bog`liq qonuniyat mujassamlashgan. Shuning uchun ham milliy g’oyani 
fan sifatida o’rganishni unchalik to’g’ri emas deb hisoblaydiganlar fikriga qo’shilish 
qiyin. Masalan, inson ongi va tafakkurida g’oyaviy bo’shliq vujudga kelishi bilan 
uning dunyoqarashida mustaqil fikrdan ko’ra mutelik qaramlik g’oyalari ustuvor bo’la 
boshlaydi. Demak uni ko’proq o’rganishga bo’lgan ehtiyoj zaruriyatini anglash 
tuyg`usini dalillovchi omillar, uni uzluksiz, doimiy, tadrijiy ravishda hamma vaqt, 
alohida e’tibor beradigan, qolaversa, har bir xalq yoki millatning, mamlakat yohud 
davlatning ertangi istiqboli, dunyo hamjamiyatida o’ziga xos o’ringa ega bo’lishi, 
o’zligini saqlab qolishga bo’lgan ehtiyojning hayotiy falsafasidir. Milliy g’oyada 
o’zligini saqlab qolish maqsadi dunyodan ajralib yashashni, faqat o’z qobigiga o’ralib 
qolishini bildirmaydi. Aksincha, dunyo bilan hamnafas bo’lishga undaydi. Faqat milliy 
ma’naviy qadriyatlariga, merosiga tayangan holda unga hurmat bilan qarashga, o’z 
milliy ma’naviy negizlariga tayanib, undan uzilmaslikni o’rgatadi. Chunki undan 
begonalashish, milliy o’zligidan uzoqlashtiradi, tarixidan, qadriyatlaridan ayri holda 
rivojlanishga sabab bo’ladi. Bu milliy taraqqiyot qonuniyatiga va manfaatlar 
uyg`unligiga ham mos kelmaydi. 

Yüklə 325,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə