Annotatsiya: Ushbu maqolada media savodxonlik tushunchasi yoritilgan bo‘lib, taniqli olimlarning ushbu tushunchaga bergan ta’riflari qiyosiy tahlil etilgan. Qolaversa



Yüklə 20,19 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü20,19 Kb.
#144588
karim


MEDIA SAVODXONLIK VA MEDIATA’LIM: MOHIYAT, AHAMIYAT , ASOSIY TUSHUNCHALAR.
Halimov Karimjon Habib o‘g‘li
UzJoku sport jurnalistikasi 2-bosqich talabasi
karimjonhalimov69@gmail.com
+998940494998
Annotatsiya: Ushbu maqolada media savodxonlik tushunchasi yoritilgan bo‘lib, taniqli olimlarning ushbu tushunchaga bergan ta’riflari qiyosiy tahlil etilgan. Qolaversa, media savodxonlikning jamiyatdagi zaruriyati va ahamiyati haqida ilmiy nazariy qarashlar berilgan. Tahlillarimiz davomida media ta’lim, media o‘rganish va media savodxonlik atamalariga keng to‘xtalib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: media, OAV, media matn, media ta’lim, media o‘rganish, media savodxonlik, media makon.
Kirish
Media savodxonlik - odamlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplami hisoblanadi. Media savodxonlik isteʼmolchilarga axborot va ommaviy dasturlarda tashviqot, senzura yoki biron vaziyatni faqat bir tomondan koʻrsatish kabi holatlarga ommaviy axborot vositalarini nima majbur qilayotganligini tahlil qilish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining egasi, ularning moliyalashtirish modeli kabi tarkibiy elementlarni tushunish imkonini beradi. Boshqacha qilib aytganda, media savodxonlik - bu tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan xabarlar va belgilarga qoʻllay olish qobiliyatidir.
Asosiy qism:
Media savodxonlik ommaviy axborot vositalarini isteʼmolchilar tanqidiy tahlil qila olishlari uchun ularda media savodxonlik koʻnikmalari va odatlarini bolalikdan rivojlantirish kerak boʻladi. Bu koʻnikmalarga ommaviy axborot vositalariga bazaviy darajada kirish, uni muayyan tushunchalar asosida tanqidiy tahlil qilish, shu tahlil asosida baholash va nihoyat, ommaviy axborot vositalarini oʻzi ishlab chiqarish kiradi. Media savodxonligi koʻnikmalarini oʻrganishning ushbu jarayoni media taʼlim deb ataladi. UNESCO tashkiloti tomonidan XXI asrda media taʼlimni targʻib qilish madaniy-maʼrifiy rivojlanishning ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtirof etildi hamda aynan shu yoʻl bilan media savodxonlikni oshirish mumkinligi takidlandi. UNESCO odamlarning tanqidiy fikrlash va toʻgʻri qaror qabul qilish darajasini yaxshilash uchun ommaviy axborot vositalari va media savodxonlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlaydi. Tashkilot, ayniqsa, siyosatchilar, oʻqituvchilar, ommaviy axborot vositalari mutaxassislari, yoshlar tashkilotlari va ushbu sohadagi nochor aholi qatlamlarining salohiyatini oshirishga intiladi, aʼzo davlatlarga milliy ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligi siyosati va strategiyalarini shakllantirishda yordam beradi. Media savodxonlikni oʻrganadigan eng qadimgi tashkilot bu National Telemedia Council (Milliy Telemedia Kengashi) Viskonsin shtatining Madison shahrida joylashgan va Marieli Rou 50 yildan ortiq rahbarlik qilgan. Tashkilot dastlab „Telemedium“ deb nomlanuvchi media savodxonlik jurnalini nashr ettirgan. Bugungi kunda Media savodxonlik bo‘yicha butun dunyo mamlakatlarida keng targ‘ibot va tashqivot olib borilmoqda.
So‘nggi yillarda axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy ma’lumotlar bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko‘payishi media savodxonlikka ega bo‘lish zaruratini yanada oshirdi. An’anaviy tarzda media savodxonlik shaxsning adabiy asarlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni yaratishidan iborat bo‘lgan. Bugun media savodxonlik - axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir. Media savodxon inson o‘ziga bu axborotni kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? degan savolni bera olishi va to‘g‘ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondoshishi lozim. Mazkur savollar nafaqat siz oilangiz davrasida televizor ko‘rayotgan, mashinada radio eshitayotgan yoki internetdagi xabarlarni ko‘rayotgan paytda berilishi, balki har qanday axborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerakdir. Bugungi axboriy muhitni tushunishda mediasavodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Media savodxonlik tushunchasi borasida turli xil fikrlar mavjud bo‘lib, AQShning Jamiyat xususidagi xalqaro entsiklopediyasida qayd etilishicha, «Media savodxonlik» (media literacy) inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas’uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo‘lishi, mediamatnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir. Londonning Qirollik universiteti professori S.Fayrstounning fikriga ko‘ra esa, media savodxonlik harakat bo‘lib, uning asosiy vazifasi insonlarni audiovizual va bosma matnlarning madaniy ahamiyatini tushunish, yaratish va baholashga undashdan iborat. Ingliz siyosatshunosi R.Kibey esa media savodxonlikni turli xil shakllarda ma’lumotlarni uzatish, ularni tahlil etish va baholash deb tushunadi. M.Guetterz esa multimedia savodxonligi o‘z ichiga multimedia hujjatlarini shakllantirishga qaratilgan tillarni bilish, axborotni qayta ishlashga qaratilgan qurilma va usullardan foydalana olish, yangi multimedia texnologiyalarini bilish va ularni baholay olish, mediamatnlarni tanqidiy qabul qilishni oladi, deydi. Fikrimizcha, media savodxonlik yuqorida bildirilgan fikrlar bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan barcha axborotga tanqidiy qarash, ularga xolis yondoshish va har bir uzatilayotgan axborotni saralashda ongli ravishda yondashish hamdir. Media savodxonlikning maqsadi har bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘lsa, asosiy vazifasi insonlar tomonidan iste’mol qilinadigan har qanday axborotning manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanishdir. Shuningdek, odamlarga OAV hamda fuqarolik jurnalistika rolini tushunishga yordam berishdir. Taniqli hind fotojurnalisti Pabak Sarkarning fikriga ko‘ra, mediasavodxonlik sari tashlangan ilk qadam, bu to‘g‘ri savol bera olishdir. Bugungi kunda Internet orqali amalga oshirilayotgan axboriy xurujlar dunyodagi har bir mamlakat milliy xavfsizligi strategiyasining bir qismiga aylandi va u kiberxavfsizlik nomini oldi. Zero, virtual va haqiqiy dunyoning qo‘shilishi, aynan virtual dunyo orqali yoshlar tomonidan haqiqiy dunyoni noto‘g‘ri tushunilishi, turli xil salbiy kuchlar va oqimlar tomonidan bir qarashda ijobiy ko‘ringan, ammo mohiyatan inson ongiga salbiy ta’sir qiluvchi axborotning tarqatilishi ko‘payib borayotganligi hech kimga sir emas.
Xulosa
Ayni paytda media ta’lim asoslarini har bir ta’lim muassasasiga o‘quv dasturiga kiritish, bolalarga maktabgacha ta’lim, umimuy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim jarayonida uning asoslarini interaktiv, turli o‘yinlar shaklida tushuntirish, o‘sib kelayotgan avlod tomonidan shiddatli axborot oqimida zarurini tanlash va unga tanqidiy yondoshgan holda baholay olish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarning kelajakdagi fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlanishiga, jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalarni xolis baholab, to‘g‘ri qaror qabul qila olishiga asos bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Y.Mamatova , S.Sulaymonova - O'zbekiston mediata'lim taraqqiyoti yo'lida- 17-40 betlar

  2. Kompy.info sayti

  3. Azkurs.org sayti

  4. Wikipedia.com

Yüklə 20,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə