Texnikum bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga suhbat asosida qabul qilish uchun baholash mezonlari



Yüklə 9,07 Kb.
tarix28.03.2023
ölçüsü9,07 Kb.
#103340
Мезон


TEXNIKUM BITIRUVCHILARINI OLIY TA’LIM MUASSASASI BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHIGA SUHBAT ASOSIDA QABUL QILISH UCHUN BAHOLASH MEZONLARI

Suhbat jarayonida bitiruvchilarning har biriga 



  1. Mamlakatda o‘z sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish.

  2. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashda motivasiya (soha kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish ko‘rsatish).

  3. Shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (o‘qishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat, intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi, shuningdek, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari).

  4. Tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi bo‘yicha jami to‘rtta savol beriladi. 

Har bir variantda 4 tadan savollari mavjud bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun 25 ball beriladi. Savollar uchun eng yuqori ball – 100 ballni tashkil etadi. Suhbat natijalari quyidagi mezonlar bo‘yicha to‘plagan umumiy bali quyidagicha baholanadi.
Muayyan ta’lim yo‘nalishi (guruh) bo‘yicha suhbat jarayoni yakunlangach Suhbat komissiyasi a’zolari tomonidan to‘ldirilgan suhbat natijalarini qayd etish varaqlaridagi ballar hisoblab chiqiladi va shu asosida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy shakldagi bitiruvchi bilan o‘tkazilgan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘i (keyingi o‘rinlarda - suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘i) to‘ldirilib, Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘iga asosan Suhbat komissiyasining ishtirok etgan a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtachasi 67 ball va undan yuqori bo‘lganda abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi.
Muayyan ta’lim yo‘nalishi (guruh) bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra suhbatdan o‘tganlar ro‘yxati shu kunning o‘zida abituriyentlarga o‘qib eshittiriladi.
Oliy ta’lim muassasasida suhbatlar o‘tkazilishi davrida belgilangan tartibda apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi.
Abituriyentning bilimi quyidagi mezonlar asosida:





Mezonlar

Baho

Ball

1

Abituriyent mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, tanlagan sohasining mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda soha bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda

A’lo

90-100

2

Abituriyent mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, tanlagan sohasining mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda soha bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda

Yaxshi

79-89

3

Abituriyent olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, sohaning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda soha bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda

Qoniqarli

67-78

4

Abituriyent tanlagan sohasini o‘zlashtirmagan, sohaning mohiyatini tushunmaydi hamda tanlagan sohasi bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda

Qoniqarsiz

0-66

Apellyatsiya shikoyatlari suhbat natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida oliy ta’lim muassasasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozma shaklda qabul qilinadi va appelyatsiya komissiyasi tomonidan murojaat qilganlarning sonidan kelib chiqqan holda bir kundan uch kungacha bo‘lgan muddatda videoyozuv asosida ko‘rib chiqiladi.
Suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch kun muddatda oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik, idoraga taqdim etiladi.
Suhbat komissiyasining suhbat natijalarini qayd etish hamda suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varaqlari uch yil oliy ta’lim muassasasida saqlanadi.
Yüklə 9,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə