Biznes rejalshtirish


Aholini kichik biznesga keng jalb qilishning qo’shimcha chora tadbirlari



Yüklə 52,39 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü52,39 Kb.
#180486
1   2   3
Biznes rejalashtirish

Aholini kichik biznesga keng jalb qilishning qo’shimcha chora tadbirlari.
Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, jumladan, aholida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning biznes tashabbuslarini moliyalashtirish va loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha yaxlit tizim joriy etish maqsadida: Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilansin: aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini o‘qitish orqali ularning biznes tashabbuslarini moliyaviy va konsultativ qo‘llab-quvvatlash tizimini yo‘lga qo‘yish va “oilaviy tadbirkor – mikrobiznes – kichik biznes – o‘rta biznes” zanjiri asosida ularning faoliyatini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; davlat dasturlari doirasida kichik va o‘rta biznes loyihalarini “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ va boshqa hamkor tijorat banklaridan iborat yaxlit moliyaviy tizim asosida qo‘llab-quvvatlash; tadbirkorlikka o‘qitish, kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish hamda biznes jarayonlarining barcha bosqichlarida doimiy hamrohlik qilishni “Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” MCHJlar va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJda, shuningdek, vakolatli organlar va tijorat banklarining tadbirkorlik yo‘nalishidagi elektron platformalarida (keyingi o‘rinlarda – elektron platformalar) amalga oshirish. 2024-2026 yillar uchun “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ faoliyatining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
a) “Biznesni rivojlantirish banki” ATB bo‘yicha: kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladigan kreditlar qoldig‘ini 1,7 baravarga oshirish orqali kredit portfelidagi ulushini 28 foizdan 43 foizga yetkazish; kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jami 800 million AQSH dollariгaчa miqdorda resurslar jalb qilish; 300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)larni xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqarish; 150 mingta kichik tadbirkorlik sub’ekti faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish;
b) “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bo‘yicha: kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar hajmini 8 trillion so‘mdan 14 trillion so‘mga yetkazish; 150 ta o‘rta biznes korxonasiga ulush kiritish va xizmatlar ipotekasi asosida 300 ta loyihani tadbirkorlik sub’ektlariga sotish;
2024 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar davlat xaridlari maxsus axborot portalida davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperatsiya asosida tashkil qilingan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni (mahsulotlarni) davlat buyurtmachilariga bir moliya yili davomida jami 10 milliard so‘mgacha qiymatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotishga ruxsat berilsin. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan shartnomalarni tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat xaridlari maxsus axborot portalida alohida sahifa tashkil etsin va uni vazirlik va idoralar ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilsin. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov):
Markaziy bank (Turdaliyev), “Biznesni rivojlantirish banki” ATB (Annaqlichev), “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ, Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) va Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Qosimov), bilan birgalikda bir hafta muddatda davlat dasturlarida nazarda tutilgan imkoniyatlar va ularda ishtirok etish shartlari to‘g‘risida taqdimot materiallari va videoroliklardan iborat namunaviy qo‘llanmalar tayyorlab, Respublika komissiyasi a’zolari va hududiy komissiyalarga yetkazilishi hamda elektron platformalarda joylashtirilishini ta’minlasin; manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov va Markaziy bank raisi M.B. Nurmuratov belgilansin.



Yüklə 52,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə