Biznes rejalshtirish


Kichik beznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo’llab quvvatlash



Yüklə 52,39 Kb.
səhifə3/3
tarix22.03.2024
ölçüsü52,39 Kb.
#180486
1   2   3
Biznes rejalashtirish

Kichik beznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo’llab quvvatlash.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining (keyingi o‘rinlarda — Biznesni rivojlantirish banki) 2023-yil 1-oktabrdan boshlab “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshirish haqidagi taklifi ma’qullansin. Biznesni rivojlantirish banki dasturni samarali amalga oshirish va uni doimiy ravishda takomillashtirib borish bo‘yicha asosiy tayanch bank etib belgilansin. Dasturni 2023-2026-yillarda amalga oshirish uchun davlat mablag‘lari hisobidan 6 trillion so‘m va xalqaro moliya institutlarining 1,2 milliard AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari yo‘naltirilsin. Belgilansinki, quyidagilar “Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga (keyingi o‘rinlarda — markazlar) onlayn ariza yuborish orqali dasturda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. Kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat ta’lim tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari; oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar. Bunda, dasturda ishtirok etuvchi kichik tadbirkorlik subyektlarini shaffoflik tamoyillari asosida tanlab olish tartib-taomillari 2-ilovaga  muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Markazlar tomonidan tanlab olingan tashabbuskorlar biznes ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘nalishida qisqa va o‘rta muddatli amaliy o‘quv kurslarida o‘qitiladi;
Amaliy o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat olgan tashabbuskorlar Dastur doirasidagi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan foydalanadi. 2023-yil 1-oktabrdan boshlab Dasturda ishtirok etuvchi kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy va konsultativ qo‘llab-quvvatlash choralari etib quyidagilar belgilansin:
a) moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida:
Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki kengaytirish uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘lar uchun revolver tarzda 3 yilgacha muddatga yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 1,5 milliard so‘mgacha kreditlar ajratish va (yoki) asosiy vositalarni sotib olish uchun lizing berish. Bunda, 100 million so‘mgacha kreditlarni garovsiz, 150 million so‘mgacha kreditlarni garov talabi 50 foizgacha pasaytirilgan holda ajratish imkoniyati nazarda tutiladi; qiymati 1,5 milliard so‘mgacha bo‘lgan asosiy vositalarni 7 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan qarzga berish; 24 oydan ortiq faoliyat yuritayotgan va oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 1 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan hamda kamida 10 nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan kichik tadbirkorlik subyektlarining yangi loyihalariga va mavjud ishlab chiqarishni kengaytirishga oid loyihalariga bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer maydonlari, asbob-uskunalar, bino-inshootlar va boshqa ko‘rinishdagi moddiy aktivlar bilan 20 foizgacha, biroq 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan qiymatda ulushdor bo‘lib kirish; innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, yuqori texnologik startap loyihalariga davlat ilmiy dasturlari doirasida 2 milliard so‘mgacha grant mablag‘larini ajratish;
b) konsultativ qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida:
litsenziya, ruxsatnoma va sertifikatlar olish masalalari, bojxona va soliq ma’muriyatchiligi, eksport va import operatsiyalari, shartnomalarni rasmiylashtirish;
davlat xaridlarida ishtirok etish, shuningdek, yer uchastkalari va bino-inshootlarni sotib olish yoki ijaraga olish va loyihalashtirish; tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaldagi imtiyoz va preferensiyalar, mavjud boshqa yengilliklar va imkoniyatlar bo‘yicha ma’lumot va maslahatlar berish.
Dastur ishtirokchilarini moliyaviy va konsultativ qo‘llab-quvvatlash instrumentlari va ulardan foydalanish shartlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Markazlarga o‘zi tomonidan kichik biznes loyihalariga kiritilgan ulushni 7 yil davomida bozor qiymatida loyiha tashabbuskoriga yoki boshqa salohiyatli investorlarga realizatsiya qilish huquqi taqdim etilsin.


Xulosa.

Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanuvchi har bir korxona ko`p sonli va turli muammolarga duch kеlib, ulardan biri xo`jalik yuritish tizimida o`ziga munosib o`rin egallash hisoblanadi. Bu vazifani korxona o`z oldiga aniq va ravshan ishlab chiqarish g`oyasini: nimani, qachon va qancha ishlab chiqarishni bеlgilab qo`ygan holdagina muvaffaqiyatli hal qilish mumkin. Ushbu savollarga bеrilgan ijobiy javob korxonaning qaysi tarmoqqa mansubligi, mulkchilik shakli, kuch-quvvati va boshqa bеlgilaridan qat'i nazar, uning yaratilishi va kеlgusida muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsatishiga asos bo`la oladi. G`oyani rеal voqеlikka aylantirish uchun u korxona mahsulotlari yoki xizmatlariga buyurtmalar olish tizimi bilan kuchaytirilishi lozim. Bеlgilangan ishlab chiqarish faoliyati barcha turdagi - moddiy, mеhnat, moliyaviy rеsurslar, shuningdеk, ishlab chiqarish quvvati bilan ta'minlanishi zarur. Bunda mahsulotni ishlab chiqarishgina emas, balki uning sotilishini ta'minlash, ya'ni sotuv kanallarini izlab topish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Biznеs-rеja invеstitsiyalarni asoslab bеruvchi umumlashtiruvchi hujjatlardan dastlabkisi bo`lib, mahsulotlarning rеjalashtirilayotgan nomеnklaturasi va ishlab chiqarish hajmi, sotuv bozori va xom-ashyo bazasi tavsifnomasi, ishlab chiqarishning еr, enеrgеtika va mеhnat rеsurslariga ehtiyojlari kabi ko`rib chiqilayotgan loyihaning tijorat, byudjеt va iqtisodiy samaradorligiga doir tushuncha bеruvchi bir qator ko`rsatkichlar haqidagi yiriklashtirilgan ma'lumotlardan iborat bo`ladi




Foydalanilgan adabiyotlar.


  1. “Beznes – rejalshtirish” Mahmudov E.X. Isoqov M.YU.

  2. “Beznes – rejalshtirish” Ismanov I. N. Davlyatova G.M.

  3. www. Lex.uz

Yüklə 52,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə