Pedagogning maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy
sifatlarni tarbiyalashning amaliy axamiyati va ijtimoiy
zaruriyati
Soxiba Xamidovna Achilova
Qo’qon davlat pedagogika instituti
Annotatsiya:
Hozirgi davrda maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy sifatlarni
tarbiyalash uchun tarbiyachilar o‘z faoliyati davomida quyudagi tamoyillarga
asoslanishi zarur: bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash maqsadiga qaratilganligi,
jismoniy sifatlarni ttarbiyalash jarayoniga yaxlit, majmuaviy va texnologik yondashuv,
bolalarni jismoniy sifatlarni tarbiyalashda integratsion yondashuvning muntazamliligi
davomiyligi va tasirchanligiga erisha olishi lozim.
Kalit so’zlar
: axloqiy sifatlar, ijtimoiy siyosaiy jarayonlar, ta’lim-tarbiya
jarayonlari, individual xususiytlar, o’yin, xissiy irodaviy sifatlar, pedagogic maxorat,
salomatlik, barkamol avlod
The practical significance and social necessity of education of
physical qualities in pre-school children
Sokhiba Khamidovna Achilova
Kokand State Pedagogical Institute
Abstract:
In order to educate preschool children in physical qualities, educators
should be based on the following principles during their activities: focus on the goal of
spiritual and moral education of children, a holistic, complex and technological
approach to the process of educating physical qualities, regularity of an integrated
approach in educating children's physical qualities should be able to achieve duration
and effectiveness.
Keywords:
moral qualities, socio-political processes, educational processes,
individual characteristics, play, emotional volitional qualities, pedagogical skills,
health, mature generation
Kirish
O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati bilan barcha sohalarda har
tomonlama yuksalish yuz berayotgani, tub ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy o‘zgarishlar,
umuminsoniy qadriyatlar tizimida yangilanish, insonning barcha shaxsiy ehtiyojlari,
talablari va manfaatlari birinchi o‘ringa ko‘tarilayotgani, ayniqsa o‘sib kelayotgan
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
963
yosh avlodning ma’naviy-axloqiy va jismoniy imkoniyatlari yanada oshayotgani
bugungi kunda sir emas. Bu esa yoshlarning rivojlamngan davlatlar ta’lim tizimida
erishgan yutuqlaridan foydalangan xolda o’z ta’lim tizimimizda o’zgarishlar qilishga
undamoqda. Shu munosabat bilan yangi insonni tarbiyalashning murakkab va ko‘p
qirrali muammosining muhim yo‘nalishi har bir kishida o‘z sog‘lig‘i to‘g‘risida o‘zi
qayg‘urish madaniyatini singdirishdir Yosh avlod tarbiyasidagi muammolarga bo‘lgan
e’tibor Buyuk Britaniya - The Early Years Foundation Stage - EYFS dasturi,
Germaniya - Hans-Diyeter Schmidt, Sabine Naumann, Heidi Colberg - Schrader
dasturi ni alohida qayd etish lozim. Mazkur tadqiqotlar orqali bolalarnin jismoniy
sifatlarini rivojlantirish va zamonaviy yondashuvlar orqali yuqori natijalarga erishish
maqsad qilinmoqda. Bu kabi joxonning ilmiy asoslangan o’quv dasturlaridan
foydalanish va bolaning xar bir yosh davridagi rivojlanishiga aloxida etibor qaratish
lozim.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida ham bolalar faoliyatida
kuzatiladigan turli ijobiy va salbiy o‘zgarishlarni diagnostika qilish, korreksion ishlarni
amalga oshirish “Ilk qadam” dasturi asosida bosqichma-bosqich olib borish [4],
ijtimoiy institutlar hamkorligini mustahkamlash va bolalarning jismoniy sifatlarini
rivojlantirish,saqlab qolish va mustahkamlashning pedagogik shart-sharoitlarini
takomillashtirish maqsadida amaliy faoliyatlar ham amalga oshirilmoqda.
ADABIYOTLAR TAXLILI
Amalga oshiradigan faoliyatlarimizni olimlarning pdagogik qarashlari va
tavsiyalari asosida amalga oshirishimiz natijalarni ishonchli va samarali bo’lishiga asos
boladi. SH.A.Amonashvilining qarashlarida “Pedagogning shaxsiy sifatlari, ya’ni
bolalarga muhabbat, ularni tushuna olish qobiliyati, optimist bo‘lish va tarbiyaning
ta’sir kuchiga ega ekanligiga ishonishdan iborat bo‘ladi. Pedagogdagi mavjud sifatlar,
tabassum qilish, qat’iyatli bo‘lish, jiddiylik, aqllilik, muloqotchanlik, samimiylik va
hayotni sevishi hammaga yoqish” kabi tushunchalar orqali pedagog ta’lim-tarbiya
samarasiga erisha olishi bilan izohlanadi [33; 3]. Bundan tashqari “Inson salomatligi
haqida g‘amxo‘rlik, ayniqsa bola salo- matligi haqida g‘amxo‘rlik, - deb yozgan edi
V.A. Suxomlinskiy, - bu faqatgina sanitariya-gigiyena me’yor va qoidalari kompleksi,
tartib, ovqatlanish, mehnat qilish, dam olishga qo‘yiladigan talablar yig‘indisigina
emas. Bu avvalo, barcha jismoniy va ma’naviy kuchlarning garmonik to‘kisligi
haqidagi g‘amxo‘rlikdir va garmoniyaning gulchambari - ijod zavqi, quvonchi
hisoblanadi” kabi qarashlarni ham uchratamiz. Demoak xar bir darvrning o’ziga xos
ta’lim tizimi joriy etilganligiga qaramay birinchi navbatda sog’lom turmush tarsi
salomatlik va bolaning jirmoniy mashgulotlarga bo’lgan talabi turadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki bolani xar bir davrdagi rivojlanishi unga tasir
euvchi turli tasirlar masalan jismoniy mashg’ulotlar didaktik vositalar va pedagoglar
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
964
tomonidan bolalarni jismoiy rivojlanishlari uchun tashkil etilayotgan interaktiv
texnologiylar ham ahamiyatli xisoblanadi. Fiziolog olim N.I.Krosnagorskiy fikricha:
“Kattalarning namuna bo‘lishi, atrof-muhit va butun sharoit oliy asab tizimining
rivojlanishida muhim omillar sanaladi. Norozilik, hayajonli, janjalli vaziyatda bolalar
injiqliklarining turli shakllari kelib chiqadi, bolaga har tomonlama vazmin muomala
qilish esa qat’iy, tugallangan xarakter shakllanishining yaxshigina vositasidir”. Biz
bolaga tasir etayotgan kichik detallarni ham unutmagan holda yondashuvlanrni amalga
oshira olishimiz lozim. Bolada shakilanishi kerak bo’lgan xususiyatlarni turli usullar
va vositalar orqali yetkiza olishimiz lozim. Mashg’ulotlar davomida bola jismoniy
tarbiya bilan shug’ullanibgina qolmay o’zida rejimga rioya qilish, jismoniy tarbiya
mashqlari bilan har kuni shug‘ullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan ta’lim
muassasalarida va oilada mustaqil shug‘ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni o‘z
tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan o‘tkazish ko’nikmalarini ham
shakilantiradi. Bolalarda sport mashg‘ulotlariga muhabbat, ularning natijalariga,
sportchilar ning yutuqlariga qiziqish tuyg’ularini shakilanishiga yordam beradi.
Mashqlarni bajarish jarayonida bolalar o’z xarakterlarining ijobiy xususiyatlarini,
uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, ko‘ngil- chanlik va axloqiy fazilatlarini, halollik,
haqqoniylik, o‘rtoqlik hissi, o‘zaro yordam, jamoada shug‘ullanish malakasi, jismoniy
inventarni ehtiyot qilish, topshiriqni mas’uliyat bilan bajarish ko’nikmalariga ham ega
bo’ladilar.
TAXLILLAR VA NATIJALAR
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari jarayonida bolalarning tipologik xususiyatlariga
individual tartibda yondashish pedaagogdan maxoratni talab qiladi. Pedagog kutulgan
natijani olish uchun esa optimal sharoit, chiniqish, faol harakat faoliyati, bolaning
emotsional ijobiy holatini va amalga oshirish jarayonidagi aniq maqsad hisobga
olinishi lozim.
O‘yin jarayonida bolalarda asta-sekin xayol rivojlanadi, o‘zlarini quyoncha va
qushchalar deb his qiladigan bolalarning o‘yin harakatlari bilan mustahkamlanadigan
tasavvuri aniqlashadi va bu quvonchli emotsiyalar bilan kechadi. Bularning barchasi
keyingi kichik guruhlarida ijodiy imkoniyatlarni rivojlantirish uchun asos bo‘lib
xizmat qiladi. “Maktabgacha yoshdagi bola emotsiyalarining rivojlanishi uning
ehtiyojlariga muvofiq faoliyatni tashkil etish bilan bog‘liqdir. Bola uchun muhim
hisoblangan faoliyat faqat uni o‘zlashtirishnigina emas, balki unga nisbatan emotsional
kechinmalarda namoyon bo‘ladigan munosabatni shakllantirishni ham shart qilib
qo‘yadi. Metodlarni tanlash tarbiyachi oldidagi vazifalar, o‘quv tarbiyaviy ishlarning
mazmuni, shuningdek, bolalarning yosh va individual xususiyatlariga bog‘liqdir.
Shunday qilib, tarbiyachi hissiy idrok va harakat sezgilarining yorqinligini
ta’minlovchi ko‘rgazmali metodlardan foydalanadi.
Maslan:
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
965
-
olti yoshli bolalarning fiziologik, psixologik jixatdan o’qishga, maktabga
tayyorgarligi, asosan, nimalarda namoyon buladi?
6 yoshli bola yoshligidan harakatlarga o’rgangan, shuning uchun xam u uncha
katta bo’lmagan xarakat tajribasiga ega bo’ladi. Yana shu narsa ma’lumki, 6-7 yoshli
bolalarning umumiy jismoniy rivojlanishi garmonik ravishda ro’y bera boshlaydi.
Ularda tayanch harakat, yurakqon tomir, nafas olish, ichki sekretsiya bezlari jadal
rivojlanadi. Shuning uchun maktabga tayyorlov guruxiga quyidagi vazifalar qo’yi-
ladi: yil davomida bolalarning yurish va yugurish ko’nikmalarini takomillashtiruvchi
mashg’ulotlar asosiy mshg’ulot turiga aylanadi.
Yuqoridagi kabi xar bir yosh davrining eng muhum tomonlarini ajratib olgan
xolda pedagog maktabgacha talim muassasalarida tarbiyalanayotgan bollarga o’quv va
jismoniy mashg’ulotlarni tuzub chiqishi va aniq maqsadni belgilab olishi lozim. Bu esa
uning kelajakdagi amaliy faoliyatiga qulayliklarni taqdim etadi.
Xulasa
Xulosa o’rnida shuni malum qilamizki maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy
tarbiyalash nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona
mazmunga va o‘rganish predmetiga ega, ayni paytda u 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar
jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini va shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya
jarayonidagi rivojlanishini boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o‘rganadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy sifatlarini tarbiyalash jarayonida “Guruhlar
ishi”, “Kimning xarakati top”, “Rolli o‘yin”, “Ishchanlik o‘yinlari”, “Boira bo‘ylab”,
“Juftliklar ishi”, Suhbat”, “Olti o‘yinchi”, “Galereya bo‘ylab sayohat”, “Samolyotlar”,
„Juftingni top“ kabi interfaol metodlardan foydalanish va qo‘llash muammolariga oid
taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Interfaol metodlar asosida jismoniy
mashg‘ulotlarni najarish orqali biz bollarda turli faoliayt ko’nikmalarni tarbiyalashimiz
va xarakter xususiyatlarda shakillanishi erishishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |