Pistia stratiotes



Yüklə 32,23 Kb.
səhifə1/5
tarix23.12.2023
ölçüsü32,23 Kb.
#156917
  1   2   3   4   5
Suvòtlarning oqava suvlarni tozalashda ahamiyati


Oqova suvlarni biologik tozalashning ekologik xavfsiz va iqtisodiy arzon hamda samarali usullarini yaratish suv resurslarini muhofaza qilishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Oqova suvlarni tozalashning turli metodlari mavjud. Hozirgi davrda oqova suvlarni tozalashning biologik metodi, ya'ni, yuksak suv va suv-botqoq o‘simliklari yordamida tozalash tavsiya qilinadi..


Ko‘p yillik ilmiy tadqiqotlarimiz natijasida qishloq xo‘jaligi korxonalari (qoramollarni bo‘rdoqiga boqish komplekslari, parrandachilik) va sanoat korxonalari (kanopni qayta ishlash, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, biokimyo, yog‘-moy korxonalari, pillachilik korxonalari, to‘qimachilik sanoati) va kommunal-xo‘jalik oqova suvlarini organo-mineral moddalardan, og‘ir metallardan, sianidlardan, neft mahsulotlaridan hamda patogen mikroorganizmlardan yuksak suv o‘simliklari — pistiya, eyxorniya va azolla yordamida biologik tozalashning yangi samarali biotexnologiyasi yaratilgan.
Pistiya (Pistia stratiotes L., Araceae ), eyxorniya (Eichhorpia crassipes Solms.,  Poptederiaceae) va azolla (Azolla carolipiapa Willd., sem. Azollaceae) suv betida qalqib o‘suvchi, ko‘p yillik o‘simliklar bo‘lib, tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. Hozirgi paytda mazkur o‘simliklar O‘zbekiston sharoitiga muvaffaqiyatli introduksiya qilingan.
Olib borilgan gidrokimyoviy va mikrobiologik tadqiqotlarimiz natijalariga ko‘ra, turli oqova suvlarni 12-15 sutkada to‘liq biologik tozalashi mumkin. Bu vaqt ichida saprofit mikroorganizmlar soni ming martagacha, ichak tayoqchalari guruhi bakteriyalari esa uch-to‘rt kundan keyin umuman uchramaydi. Suv tarkibidagi mikrofloraning miqdori keskin kamayib, o‘simlik va hayvonlar uchun patogen hisoblangan mikroskopik zamburug‘lar yo‘qolib ketadi. Suvning fizikaviy va kimyoviy ko‘rsatkichlari yaxshilanadi, ya'ni suvning oksidlanishi darajasi kamayadi, suvdagi azot va fosfor ionlari o‘simliklar tomonidan deyarli to‘la o‘zlashtiriladi, suvda erigan kislorod miqdori ko‘payadi, oqova suv tiniqlashadi va qo‘lansa hidi yo‘qoladi.
Pistiya, eyxorniya va azolla yordamida tozalagan suvni texnik maqsadlarda, ya'ni molxonalarni yuvishda, qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda, kanop poyasini ivitishda yoki baliqchilik hovuzlariga va ochiq suv havzalariga chiqarib yuborish mumkin. 

Yüklə 32,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə