Portugaliya



Yüklə 7,8 Mb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#136679
  1   2   3
Portugalya


Portugaliya (Portugal), Portugaliya Respublikasi (República Portuguesa) — Yevropaning janubiy -gʻarbida, Pirenei yarim orolda joylashgan davlat. Atlantika okeanidagi Azor orollari va Madeyra arxipelagini o ʻz ichiga oladi. Maydoni 92,3 ming km². Aholisi 10,53 mln. kishi (2012). Poytaxti — Lissabon shahri Maʼmuriy jihatdan 2 muxtor viloyat, 22 okrug (distrito)ra boʻlingan, shundan 18 tasi materikda joylashgan boʻlib, 11 tarixiy viloyatga birlashgan.
Portugaliya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1976-yil 25-aprelda kuchga kirgan, unga 1982 va 1989- yillarda oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1996-yildan Jorje Sampayyu), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yilga va kupi bilan ikki muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Respublika majlisi (bir pala- tali parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.
Atlantika okeani sohillari payettekislik, qumli, kam parchalangan. Shimolida Meseta yassi togʻligining chekka qismlari joylashgan. Esh-trela togʻi — mamlakatning eng baland nuqtasi (1991 m). Gʻarbida togʻlar dengiz boʻyi pasttekisligiga tik tushadi. Teju daryosi janubida Portugaliya past- tekisligi bor. Eng chekka jan.ni Ser- ra-daalgarvi past togʻlari egallagan.
Volfram, qalay, mis, temir, qoʻrgʻ oshin, uran rudalari, kumir, kaolin, berill, marmar, oltin, kumush konlari topilgan. Iqlimi — subtropik. Oʻrta dengizga xos

Iqtisodiyot


Xoʻjaligi va Sanoati
Portugaliya — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi — 30%, qishloq xoʻjaligi ulushi — 6% atrofida.
20-asr oxirlarida sanoatda mehnatga layoqatli aholining 33% ishladi va yalpi milliy mahsulotning 40% dan koʻprogʻ ini ishlab chiqardi. Temir, volfram, mis, uran, qalay rudalari, kumir, oltin, kumush qazib chiqariladi, dengiz suvidan tuz ajra-tib olinadi. Mayda metallurgiya korxonalarida va Lissabon yaqinidagi Seyshal shahridagi zavodda metall eritiladi. Sanoat ishlab chiqarish qiymatining salkam 30% mashinasozlik va metall ishlash korxonalari ulushiga toʻgʻri keladi. Kemasozlik, avtomobil yigʻuv, velosiped, mototsikl, motorlar, ayrim turdagi stanoklar, roʻzgʻor mashinalari, elektrotexnika va radioelektronika asbob-uskunalari ishlab chiqarish rivojlangan. Kimyo va neft kimyosi korxonalarida oltingugurt kislotasi, mineral o'gʻit, sintetik tola va plastmassa ishlab chiqariladi. Toʻqimachilik (ip va jun gazlama toʻqish), tikuvchilik, oziq,-ovqat (zaytun yogʻi, baliq konservalari, vino ishlab chiqarish) sanoati azaldan eksport uchun ishlaydi.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə