Qadimgi Hindistonda xalqaro munosabatlar va diplomatiya



Yüklə 29,5 Kb.
tarix13.10.2023
ölçüsü29,5 Kb.
#127569
Qadimgi Hindistonda xalqaro munosabatlar va diplomatiya-hozir.org


Qadimgi Hindistonda xalqaro munosabatlar va diplomatiya
Qadimgi Hindistonda xalqaro munosabatlar va diplomatiya
Xalqaro munosabatlar va diplomatiya
5-guruh
Axmedov Umid
Reja:
Qadimgi HindistonHind sivilizatsiyasiBudda davri
Milloddan avvalgi 5 ming yil oxiri 4 ming yillikda Hind daryosi vodiysida sun’iy dehqonchilik vujudga kelgan 4 ming yillik oxiri – 3 ming yillik o’rtalarida Hind vodiysida eng qadimgi Hind madaniyati tashkil topdi. M.av. 2 ming yillik o’rtalarida Hindistonda Oriy qabilalari kirib keldi. Oriylar o’zlari bilan temir, ot va tuyani olib kirdilar. M.av. VI asrgacha shimoliy Hindistonda 20 dan ortiq mayda davlatchalar bo’lgan. Davlatchalar o’rtasidagi kurashda Magatha g’olib kelgan.
Magatha davlati Minbasara davrida ancha kengaygan. Ajattashatru davrida esa Gang vohasi markaziy Hindiston markaziy davlaga birlashgan. M.av. 345 yil Nand sulola asoschilaridan biri Ugrase Magathani egallab oldi. M.avv VI-IV asrlarda Panjob viloyatida tarqoqlik hukm surgan.
Yunon – Makedon bosqinchilariga qarshi ozodlik kurashiga Chandra Gupta boshchilik qilgan. U Magatha taxtini egallab m.av. 317 – 298 yillari podisholik qilgan. Manrea davlatiga asos solgan. Poytaxti Patalaputra.
Chandra Guptaning o’g’li Bindusara (293-268) va Ashoka (268-231) davrida Hindiston qudratli davlatga aylandi. M.av. 180 yili Maur sulolasining so’ngi podishosi o’ldirildi. Milodning III asrida Magatha yana kuchaydi. Uning asoschisi Gupta bo’lgan Guptaning nabirasi Chandira Gupta I davrida (320-335) Magatha ancha kuchaydi. Uning o’g’li Samudra Gupta (335-380) Ximolayda Madras va Kanchi shaharlarigacha bo’lgan yerlarni bosib oldi. Chandra Gupta II (380-415) Hind osiyodagi eng kuchli davlatga aylandi. VI asrga kelib Guptalar davlati yana mayda davlatlarga bo’linib ketdi. Shu bilan Hindistonning qadimgi davri tugadi.
Mohenjon-doro – Hind daryosi o’rta qismida joylashgan 270 gektar yer maydoni bu shahardan hom va pishiq g’ishtdan qurilgan binolar va shahar yo’llari topilgan. Yo’llarga g’isht yotqizilgan. Shaharga korizlardan suvlar kelgan va chiqindi suvlar chiqarib tashlangan. Boy kishilarning uylari, ibodatxona, qal’a va boshqa binolar ikki uch qavat qilib qurilgan.
Harappa – Panjob viloyatida joylashgan arxeologlar bu yerdan besh yuzga yaqin yodgorliklar topishgan. Shaharga quvurlar orqali suvlar kelgan kanalizatsiya tizimi bo’lgan. Shaharda suv saqlash uchun pishiq g’ishtadan koriz va quduqlar qurilgan. Umuman aytganda shaharda me’morchilik, zargarlik, kulolchlik, toshtaroshlik qurolsozlik ancha rivojlangan. Harappa va Mohenjon-doroliklar uncha katta bo’lmagan kemalarda daryo va dengizlarda suzganlar. O’z ierogloflariga ega bo’lganlar.
Hindistonning bepoyon hududi, iqlim sharoitlari, re'lefi, joyi va tuprog`i jihatdan bir necha zonaga bo’linadi. Shimoliy-g`arbiy viloyatlar qadimda qalin o’rmonlar bilan qoplangan. Hind vodiysining tuprog`i juda hosildor. Shu yerda eramizdan avvalgi III ming yillikda janubiy Osiyoda eng qadimgi shahar sivilizatsiyasi shakllandi. Hindiston shimoldan va shimoliy-sharqdan Osiyoning boshqa qismidan Himolay tog`lari bilan ajratilgan. Err. avv. II ming yillikda bu yerdan hind-yevropa qabilalari yo’li o’tgan. Hindistonning bepoyon hududi, iqlim sharoitlari, re'lefi, joyi va tuprog`i jihatdan bir necha zonaga bo’linadi. Shimoliy-g`arbiy viloyatlar qadimda qalin o’rmonlar bilan qoplangan. Hind vodiysining tuprog`i juda hosildor. Shu yerda eramizdan avvalgi III ming yillikda janubiy Osiyoda eng qadimgi shahar sivilizatsiyasi shakllandi. Hindiston shimoldan va shimoliy-sharqdan Osiyoning boshqa qismidan Himolay tog`lari bilan ajratilgan. Err. avv. II ming yillikda bu yerdan hind-yevropa qabilalari yo’li o’tgan.
Hind-Gang tekisligining markaziy qismi qadimda «oriy» larning «muqaddas yeri» (Ar'yavarta) deb atalgan. Ikki buyuk daryoning oralig`ida va Gangning yuqori qismida er. avv. I ming yillikning birinchi yarmida veda sivilizatsiyasi shakllandi.
Gang daryosining shimoliy-sharqiy havzasida namlik darajasi juda yuqori va boy tropik o’simliklarga ega. Er. avv. I ming yillik o’rtalarida bu hududda keng miqyosda dehqonchilik ishlari boshlanadi. Er. avv. I ming yillikning ikkinchi yarmida bu yerda Qadimgi Hindistonning eng muhim siyosiy va madaniy markazlari vujudga keldi.
Hind-gang tekisligining Dekan (qadimgi hind tilida «Danishna» - janub) yarim orolidan yassi tog`lar ajratib turadi. Dekan yarim orolida faqat eramizning boshlarida yirik davlatlar paydo bo’ldi. Orolning markaziy qismida Shri-Lanka (Seylon) o’rmonli tog`lik hudud. Orolning geografik o’rnini janubiy Hindiston qirg`og`i bilan muntazam aloqalar shartlab keladi.
Janubiy Osiyoning hozirgi aholisining katta qismi asosiy yevropoid irqiga mansub. Faqat yarim orolnig janubiy qismi va Shri-Lankaning aholisi irqiy belgilariga qarab (badani, sochining qora rangi va boshqalar) avstroloidlarga yaqin turadi. Shimoliy sharqning qator qabilalari janubiy mongoloid irqiga mansub.
Shimolda Hind-Yevropa tillari (hind, bengal va boshqalar), janubda dravid (masalan, tamil.) Dekan va shimoliy sharqiy Hindistonning qator tillari Janubiy –Sharqiy Osiyo, Tibetda va Xitoyda tibet-birma va mund tillari bilan yaqin turadi. Shri-Lanka aholisining ko’pchilik qismi hind-yevropa (singal ) tilida ozchilik qismi dravid (tamil) tilida so`zlashadi.
Ma'lumki, hind-yevropa tillarida so’zlashuvchi oriylar Hindistonga er.avv. II ming yillikda kirib kelganlar. Singallar materikdan Shri-Lankada er.avv. I ming yillikda paydo bo’lganlar.
Janubiy Osiyoda eng qadimgi bo’lgan hind sivilizatsiyasi Hind daryosi vodiysida (hozir asosan Pokiston hududi taxminan er. avv. XXII-XVI asrlar) paydo bo’lib, qadimgi Sharq silizatsiyalaridan paydo bo’lishiga ko’ra uchinchi hisoblanadi.
Hind daryosining g`arbida neolit davrida er. avv. VII-VI ming yilliklarda aholi dehqonchilik bilan shug`ullana boshlaydi. Vodiyda paxsa uyli kichik qo’rgonlar paydo bo’ladi. Dastlabki ikki shaxar markazi Moxenjo-Daro va Xarappa, keyinchalik Chanxo-Daro va Kalibangan qazib ochiladi. Moxenjo-Daro, Xarappa va Kalibangan shaxarlari qurilishi ikki qismli rejaga ega. Shahring bir qismi sun'iy tepalikda qurilib devor bilan uralgan. Bu ma'muriy-diniy ishootlar deb taxmin qilinadi.
Er. avv. II ming yillik oxiri I ming yillik boshlarida Shimoliy Hindistonning ijtimoiy- siyosiy taraqqiyoti jamiyatning «kohinlar», qabila harbiy zodagonlari, kshatriylar to’la huquqli xalq, vayshi jamoani pastki to’la huquqli bo’lmagan aholi qismi shudra (qullar) kabi to’rt qatlamini vujudga keltiradi.
Eramizdan avvalgi I ming yillik o’rtalarida shimoliy Hindiston jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarida keskin o’zgarishlar yuz beradi. Bu o’zgarishlar to’grisida arxeologik va yezma manbalar ayniqsa, budda manbalari boy ma'lumot beradi. Er. avv VI-V asrda tarqalgan yangi Budda dini asoschisi Sidxartka Gautama hozirgi Nepal hududida joylashgan uncha katta bo’lmagan shak'yalarning oligarxik birlashmasining urug`idan kelib chiqqan.
Hind-Gang tekisligida temir qurollarning tarqalishi sun'iy sug`orish inshootlarni qurish va muntazam hosil olish imkoniyatini tug`diradi. Hindistonning shimoliy-sharqida sug`orma dehqonchilik sharoitida asosiy ekin sholi bo’lgan.
Qadimgi hind adabiyotining mashhur yodgorligi «Rigveda»ning minglab madhiyalari va so’nggi veda adabiyotlari oriylarning diniy e'tiqodlari to’g`risida boy ma'lumot beradi.
Qadimgi Hindistonda xudolar pog`onasi mavjud emas. Xudolar samoda yashaydi. Oriylar xudolar tasviriga sig`inganlar. Qurbonlik keltirish, olovga moy quyish, arpa donini tanlash bilan ifodalangan, guyeki qurbonlik tutun bilan samoga ko`tarilib, xudolar qurbonlikdan to`yib yerdagi bandalariga ovqat yuboradilar.
Dastlab ibodatxonalar qurish rasm bo’lmagan. Kohinlar yopiq tabaqa bo’lgan. So’nggi veda davrida koxinlar aloxida toifa, braxmanlar varnasini tashkil qilganlar va boshqa varnalardan mavqelari yuqoriligiga da'vo qilganlar.
Er. avv. I ming yillik o’rtalarida yangi diniy e’tiqodlar vujudga keldi. Ularning eng muhimi budda dinining «Uch qimmat»i edi. Bu Buddaning o’zi, draxma-uning ta'limoti va sangxa-unga e'tiqod qiluvchilar jamoasi hisoblanadi. Budda dinining asoschisi Shaq'ya zodagon urug`idan bo’lgan shaxzoda Sidxartxa Gautama bo’lgan. Uzoq azob chekishlardan so’ng, daraxt soyasida Sidxartxaga yorug`lik ma'rifati tushadi. Shundan so’ng, Sidxartxa ma'rifatli (Budda) bo’ladi.
Qadimgi Hind adabiyoti asarlarining katta qismi veda, epik va budda adabiyotlari an'anaviy janrlarga tegishli bo’lib, asrlar davomida og`zaki shaklda yashab keldi. Aynan muqaddas matnlarni eslab qolish, uzatish va talqin qilish, lingvistika, falsafa va mantiq kabi fanlarning rivojiga sabab bo’ldi. Janubiy Osiyoda Maurilardan so’ng, turli davlatlarni gullab-yashnashi dunyoviy adabiyot-drama, poeziya va proza, me'morchilik hamda tasviriy san'atning noyob yodgorliklarni yaratilishiga sabab bo’ldi. I ming yillikning o’rtalarida (shimoliy Hindiston Guptalar davri) qadimgi janubiy Osiyoda madaniyat taraqqiyotining yakuni bo’ldi.
E’tiboringiz uchun rahmat
http://hozir.org
Yüklə 29,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə