O’rta asr sharq falsafasi va uyg’onish davri xususiyatlari



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə1/3
tarix12.12.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#148725
  1   2   3
O’RTA ASR SHARQ FALSAFASI VA UYG’ONISH DAVRI XUSUSIYATLARI

O’RTA ASR SHARQ FALSAFASI VA UYG’ONISH DAVRI XUSUSIYATLARI

NAMANGAN MUHANDISLK-TEXNOLOGIYALARI INSTITUTI, IQTISODIYOT FAKULTETI, LOGISTIKA (yo’nalish bo’yicha) GURUH TALABASI CHIRMASHEVA GAVHAROYNING FALSAFA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

REJA:

  • 1. Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi.
  • 2. Qadimgi Hindistonda falsafiy maktablar.
  • 3. Qadimgi Misr va Bobil falsafiy fikr ildizlari.

1. Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi.

  • Asotiriy yoki mifologik tasavvurlar falsafaning tub ildizlari, ma’naviy manbalaridan biridir. Inson tafakkurining ilk tarixiy bosqichlarida Sharq mifologiyasi dastlabki dunyoqarash shaklining mahsuli sifatida vujudga keldi. Unda insonning uni o‘rab turgan olamga munosabati ifoda etilib, atrof-muhitning sir-asrorlarini bilishga intilish, tabiat qonuniyatlarini anglashda badiiy, obrazli tasavvurlar tizimining naturalistik xarakteri namoyon bo‘ladi. Misol uchun, insoniyat tamaddunining beshigi sanalmish Hindistonda ilk asotiriy tasavvurlar Vedalarda mavjud bo‘lgan. Veda bilim, ta’limot degan ma’noni bildirib, to‘rt qismdan – Rigveda, Yajurveda, Samoveda, Axtarvavedadan iboratdir.

VEDALAR

  • Vedalardagi asotiriy qarashlar juda murakkab tuzilgan. Unga asosan butun dunyo oliy xudo Braxmadan iborat. Braxma dastlab haybatli odam Purushaning tanasini bo‘lib-bo‘lib koinot, yulduzlar, er, samoni yaratdi va o‘zi bir vaqtda u bilan birlashdi. Butun borliq dunyoviy ruh – purusha (erkak boshlang‘ich) material borliq – prakriti (ayol boshlang‘ich)ning birikuvidan iboratdir.

“DAO”

  • Xitoy falsafasi uchun muhim bo‘lgan, shaxsiyatga ega bo‘lmagan dunyoviy qonun bo‘lmish «dao» haqidagi g‘oya shakllantirilgan. Pan-Gu haqidagi afsona, shuningdek inson va tabiat birligi, mirokosmos-inson va makrokosmos-dunyoning birligi, chambarchas bog‘liqligiga ishora qiladi. Bu qarashlar inson bilan bog‘liq barcha sohalar: san’at, adabiyot, meditsina, sport va boshqa sohalarda ham insonga tabiat orqali yo‘l mavjudligini ta’kidlaydi. Xitoy mifologik merosi uning geografik hududi va iqlimi bilan bog‘liqdir. Masalan, bu afsonalarda osmonni ulug‘lovchi, zamirida ko‘proq shamanlik bilan bog‘liq bo‘lgan asotirlar ham, shuningdek tabiiy-ilmiy fikr kurtaklari bilan bog‘liq ma’lumotlarga ham duch kelamiz.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə